Saudiya Arabistonida Qur'on qorilari va muazzinlarning eng yirik xalqaro tanlovi uchun arizalarni qabul qilish yakunlandi, deb xabar berdi “IslamNews” sayti
Dunyoning 100 dan ortiq davlatidan kelgan ishtirokchilar 12 million Saudiya riyali, ya'ni taxminan 3,2 million dollarga teng bo'lgan bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. Musobaqa shu kunlarda boshlangan bo'lsa-da, uning yakuni Ramazon oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Ishtirokchilarning chiqishlarini Misr, Liviya, Marokash, Kuvayt va Saudiya Arabistonining malakali hakamlari baholaydi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Vafot etganingizdan keyin nimalar bo‘lishini tasavvur qilasizmi? Bir necha soat o‘tib, siz uchun yig‘layotgan odamlarning yig‘isi to‘xtaydi. Yaqin qarindoshlaringiz ham hayot tashvishlariga ovunadi.
Ko‘p o‘tmay, rahbaringiz o‘rningizga boshqa xodim topadi. Yaqinlaringiz, farzandlaringiz ishga, tirikchilik tashvishiga tushib ketadi.
Bir oy o‘tgandan so‘ng turmush o‘rtog‘ingiz ham sizni kamroq eslay boshlaydi. Ha, odam o‘zi o‘ylaganidan ko‘ra tezroq unutiladi.
Modomiki, odamlar sizni shunchalar tez esdan chiqarar ekan, bu o‘lchovli umringizni kim yoki nima uchun sarflamoqdasiz? Bir umr “Odamlar nima derkin?” deb yashab o‘tmayapsizmi? Yashashdan maqsadingiz nima o‘zi?
Bir lahza tin olib, shular haqda o‘ylab ko‘ring. Bu olamga keltirilish sababingiz haqida mulohaza yuriting. Yaqinlaringizni hayotlik chog‘ida qadrlangki, vaqti yetganda qadr topasiz. Alloh taolo O‘zi rozi bo‘ladigan hammamizga mazmunli hayot, xayrli oqibat nasib etsin!
Akbarshoh Rasulov