frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Bemazhablik fitnadir

20.01.2023   2452   1 min.
Bemazhablik fitnadir

Muayyan mazhablarga ergashishning go'yoki musulmonlar yaxlitligini buzuvchi amal sifatida tanqid qilinishi. Islom olamidagi etakchi fiqhiy ulamolar hozirgi kunda to'rtta sunniy mazhab asoschilari kabi shar'iy dalillardan hukm chiqara oladigan mujtahid imomlar yo'qligi sababli musulmonlar ushbu imomlardan biriga, ya'ni o'z yurtida keng tarqalgan mazhabga ergashishlari lozimligini aytishadi. Buning sababi shuki, diniy masalalarda etarli bilimlarga ega bo'lmagan odam Qur'on va hadislardan mustaqil shar'iy hukm chiqara olmaydi. Mazhablarda esa shar'iy masalalar islom ta'limoti, xalqning urf-odatlari, qadriyatlari, milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, eng mos ko'rinishda hal qilinadi.

Ekstremistik guruhlar “kimki o'zini biror-bir qavmga o'xshatsa, u o'shalardan” degan hadisni musulmonlarga ahli kitob (yahudiy va nasroniy vakillari) bilan aloqa qilish, ular kiygan kiyim (kostyum-shim, kepka va h.k.)larni kiyish man etilgan, degan ma'noda buzib talqin qiladi. Aslida hadis aqidaviy mazmunga ega bo'lib, unda imon asoslaridan chetga chiqmaslik nazarda tutilgan. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam boshqa din vakillari bilan shaxsan yaxshi aloqada va muomalada bo'lganliklari. Jumladan, ularga hadyalar berib, ular qilgan hadyalarni qabul qilganlar. Boshqa din vakillari tomonidan hadya qilingan kiyimlarni kiyganlar. Bundan ekstremistlar o'z g'oya va faoliyatini asoslash maqsadida Islom manbalaridan iqtiboslar olib, etarli ilm va tajribaga ega bo'lmagan izdoshlarini mutaassibona tarbiyalashda foydalanganligini xulosa qilish mumkin.

 

Yangiqo'rg'on tumani "Shoxo'jaboy" jome masjidi imom xatibi Toxirjon Boltaboyev

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

17.08.2026   21363   1 min.
Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

Bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — diniy soha xodimlarining ilmiy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirishdan iborat.

Musobaqada shahar va tumanlardan jamlangan jamoalar Qur’oni karim, hadisi shariflar, islom tarixi, milliy qadriyatlar va mamlakatimiz qonunchiligiga oid savollar bo‘yicha o‘z bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — “Tafakkur” jamoasi
2-o‘rin — “Ittifoq” jamoasi
3-o‘rin — “Hikmat” jamoasi


G‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari