Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Yanvar, 2025   |   22 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:43
Peshin
12:40
Asr
15:46
Shom
17:30
Xufton
18:47
Bismillah
22 Yanvar, 2025, 22 Rajab, 1446

Ash'ariy va moturidiylar hamda ularning yo'lidan yurganlar muattila (sifatlarni inkor qiluvchi) hisoblanadilarmi!?

19.01.2023   780   6 min.
Ash'ariy va moturidiylar hamda ularning yo'lidan yurganlar muattila (sifatlarni inkor qiluvchi) hisoblanadilarmi!?

Ha, mujassima va mushabbihalarning nazdida hisoblanadilar, toki Alloh taologa jismiyatni isbot qilmagunlaricha shunday qolaveradilar.

Hulosa gap shuki: Ahli sunna val jamoa Alloh taolo uchun U O'zi uchun va payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam isbot qilgan narsani isbot qiladilar. Lekin ushbu narsani Alloh taoloning murodiga hamda U zotni loyiq bo'lmagan narsalardan poklashlik bilan isbot qiladilar. Ash'ariy va moturidiylikka oid kichik yo katta aqida kitob bor ekan, unda ulamolar mutashobeh nasslar haqida: bu haqda ikki mazhab mavjud, ikkalasi ham haq mazhabdir, deb aytishadi.

  1. Salaflar mazhabi: tafviz va tanzih qilish bilan isbot qilish. Bu mazhabni eng salomat yo'l deb aytishadi. Ya'ni ushbu yo'l sohibi Alloh taologa O'zi u haqda aytmagan va iroda qilmagan gapni aytishdan omonda bo'ladi. Bunga qaramasdan mushabbihalar va mujassimalar ushbu mazhab egalarini muattilalik va zalolat sifati bilan sifatlashadi. Chunki mujassimalar nazdida isbot qilishning ma'nosi uning ikkinchisi yo'q bo'lgan bir narsadir: Alloh subhanahu va taologa jismiyat va tashbehni isbot qilishdir, garchi ular bu isbotlaridan keyin “tashbehsiz”, degan so'zni qo'shib aytsalar ham. Siz ularning nazdida Alloh taoloni maxluqotlarga o'hshatuvchi bo'libgina sifatlarni isbot qiluvchi bo'lishingiz mumkin.
  2. Halaflarning mazhabi : Alloh taoloning sifatlarini Uning zoti va sifatlariga loyiq narslar bilan ta'vil qilish yo'li, ammo bu Allohning murodi deb qat'iy turilmaydi. Chunki iroda qilingan narsaga qat'iy dalil mavjud emas. Ulamolar bu mazhabning yo'lini ahqam deyishadi ya'ni, ommaga agarda “qo'l”, “istivo” va shunga o'xshash narsalarga faqatgina tashbeh va tajsim tushunib qolinishligi qo'rqiladigan bo'lsa. Bu mazhab ushlagan yo'lning hikmati: biz mutashobeh sifatlarni zohiriy ma'nosidan Alloh subhanahu va taologa loyiq bo'lgan ma'noga burish bilan ommani tashbehdan uzoqlashtiramiz. Shu bilan birgalikda mushabbiha va mujassimalar-ning nazdida ushbu ta'vil ham ta'til (sifatlarni inkor qilish) hisoblanadi. Eng ajablantiradigan narsa shuki, mazkur mujassima toifasi qachonki ularning tajsimiga va tashbehiga Qur'oni karim va sunnati mutohharada kelgan nasslar muxolif bo'lib kelsa, ular o'zlarining mazhabiga munosib bo'lgan narsalar bilan ta'vil qilishga shoshadilar va o'zlarining mazhabida qoida bo'lgan “ta'vil bu ta'til (sifatlarni inkor qilish)”, degan gaplarini o'zlarini johillikka solib esdan chiqarganday bo'ladilar.

Masalan: ular Alloh taolo osmonda deb e'tiqod qilishadi, agar ularga “U osmonlaru Yerdagi yakka-yu yagona Allohdirki.”(An'om surasi 3 oyat) oyat ro'baro' kelsa ular ta'vil qilib: “Ya'ni U osmonlaru Yerda ma'bud, ammo Uning o'zi osmonda faqat”, deb aytishadi. Shundoq qilib, Yerda degan so'zni ta'vil qilishadi-da Osmonlarda degan so'zni shundoqligicha qoldirishadi.

Ular Alloh taoloning ikki qo'li bor deb e'tiqod qilishadi, ammo Biz O'z Qo'limiz bilan qilgan narsalarni – chorva hayvonlarini yaratib qo'yganimizni...”, degan oyatda “qo'limiz” jam' bo'lib kelgan bo'lsa; boshqa oyatda “Allohning qo'li ularning qo'llari ustidadir”, birlik ko'rinishida kelsa, ular  “أَيْدِينَا” “qo'limiz” degan so'zni ta'zim va mubolag'a deb ta'vil qilishadi va “يَدَ - yad”ni esa qo'lning jinsi deb ta'vil qilishadi.

Ular Allohning ikki ko'zi bor deb e'tiqod qilishadi, vaholanki shar'iy naarsalarda biron joyida ikki ko'zi bor deb kelmagan, balki “ko'z” so'zi “Buni Mening ko'z oldimda etishtirilishing uchun (qildim)”. (Toha" surasi 39 oyat)ida va “ko'zlar” so'zi “Zotan, siz shak-shubhasiz, Bizning ko'z o'ngimizda (ya'ni, hifzi-himoyamizda)dirsiz... "(Tur" surasi 49 oyat)ida keladi. Bas ular esa yuqorida “qo'l”ni qanday ta'vil qilgan bo'lsalar, “ko'z”ni ham xuddi shunday ta'vil qilishdi. Ular ikki ko'zning Alloh taologa sobit bo'lishini Allohning Olam suratiga ko'ra bo'lishi bilan fahmlab olishdi va “Albatta sizning Robbingiz bir ko'zli emas”, degan hadisi sharifdan dalil keltirishadi.

Va yana ular Alloh taoloning chap va o'ng qo'li bor deb e'tiqod qilishadi va “Uning ikki qo'li o'ngdir” degan hadisdan murod “ikki qo'li bir xilda quvvatli, chap qo'li o'ng qo'lidan zaifroq emas”, deb ta'vil qilishadi.

Va bulardan tashqari yana ko'plab tajsim va tashbehni isbot qiladigan ta'vilotlar borki (Alloh barchamizni bulardan asrasin) ular bu kabi ta'villardan so'ng “tashbehsiz” desalar ham foydasi yo'q.

Aziz o'quvchi, shu gaplarimizni yaxshilab taammul qiling, Alloh barchamizni tajsim va tashbeh illatiga tushib qolishimizdan asrasin!

 

Abul Barakot Nasafiyning “Al e'timod fil e'tiqod” asaridan Ko'kaldosh O'MITM matbuot kotibi Rustam Oxunjonov tarjimasi

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Dunyo ko‘zingizga tor bo‘lib ketganda

21.01.2025   1707   1 min.
Dunyo ko‘zingizga tor bo‘lib ketganda

Dunyo ko‘zingizga tor bo‘lib ketganda ushbu voqeani eslang

Yetti farzandning otasi edi. Uch o‘g‘il, to‘rt qiz. Katta o‘g‘il ikki yoshdan o‘tar o‘tmas vafot etdi. Ikkinchi o‘g‘il bir yarim yoshida vafot etdi. Uchinchi o‘g‘il ham emizikli vaqtida, o‘n yetti oyligida vafot etdi. Katta qizi turmushga chiqdi va lekin 28 yoshida bandalikni bajo keltirdi. Ikkinchi qizi ham turmushga chiqib, 21 yoshida u ham vafot etdi. Uchinchi qizi 27 yoshida vafot etdi. O‘g‘illari Qosim, Abdulloh, Ibrohim, qizlari Zaynab, Ruqayya, Ummu Kulsum hammalarini o‘z qo‘llari bilan yerga qo‘ydilar. Faqatgina, kenja qizlari Fotimagina o‘zlaridan keyin olti oygina yashadi.

Boshingizga biror tashvish yoki g‘am tushsa, yuqoridagi voqeani eslang. Voqea egasini tanigandirsiz?

Allohumma solli va sallim va barik ’ala Sayyidina Muhammad.