Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Yanvar, 2025   |   20 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:44
Peshin
12:39
Asr
15:43
Shom
17:28
Xufton
18:45
Bismillah
20 Yanvar, 2025, 20 Rajab, 1446

“Ajralib chiqqanlar” isyonchilar

17.01.2023   630   4 min.
“Ajralib chiqqanlar” isyonchilar

Havorijlar Ali roziyallohu anhuning tarofdorlaridan ajralib chiqqan bo'lgan bir guruh hisoblanadi. Ular avvalda Ali roziyallohu anhuga yordam berish uchun to'plangan edilar. Hazrati Ali va Muoviya roziyallohu anhum o'rtalaridagi chiqarilgan hukm shartnomasidan keyin, Ali roziyallohu anhuni  mazkur tahkim voqeasida ayblab,  undan ajralib chiqadi. Shuning uchun ham ularni "Havorijlar", ya'ni ajralib chiqqanlar, isyonchilar deb atashadi. Ushbu guruh tarafdorlari Basra va Kufa aholisidan tashkil topgan edi.[1]

Ular Kufadan chiqib Haruro degan joyga ketadilar. Shuning uchun ba'zilar Havorijlarni "Haruriylar" ham deb atashgan. Ular o'sha paytda 12 ming kishi bo'lishgan. Ular o'zlariga Abdulloh ibn Kavvo va Shabas ibn Rib'iylarni boshliq qilib olishgan[2].

Shundan so'ng xavorijlar Ali roziyallohu anhuga ham, umaviylarga ham barobar qarshi kurash boshlaganlar. Ular kurash davomida o'ziga xos jang uslubini ishlab chiqdilar, ya'ni otliq askarlar to'satdan hujum uyushtirib, xavf tug'iladigan bo'lsa, darrov o'zlarining harbiy manzilllariga, Basra yaqinidagi Bataix degan joyga qaytar edilar. Havorijlar harakati arablar fathi bo'lgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arab musulmonlar hamda mehnatkashlar ommasi manfaatini ifodalashga da'vogar ham bo'lgan[3].

Shunday qilib Havorijlar islomdagi eng birinchi ajralib chiqqan guruh hisoblanadi. Bularni firqa emas guruh deyilishiga sabab, guruh arabchadagi hizb kalimasini ifoda qilib, diniy ma'nodan ko'ra ko'proq siyosiy ma'noga dalolat qiladi. Bularni siyosiy  guruh deyilishiga sabab, albatta ular siyosiy fikrda bo'lganlar.

Havorijlar xalifa ma'lum bir tayinlangan, chegaralangan qavmdan bo'lishligi shart emas, balki har bir musulmon halifa bo'lishga salohiyatli hisoblanadi, modomiki, unda iymon bo'lsa, ilm bo'lsa va insonlar unga bay'at berayotgan paytda qo'yilgan shartlarda qoim tursa, u xalifa bo'lishga haqli bo'ladi deyishadi. Halifa Fors, Turk yoki Habash bo'lsa ham bo'laveradi. Faqatgina Arablarning Qurayshlaridan bo'lishi shart emas deyishadi.

Havorijlarni Ali roziyallohu anhu qanoatlantirish va ularni qaytarishlik uchun bir necha bor xarakat qiladilar. Lekin, natija chiqavermagach, Ali roziyallohu anhu ularni butunlay qirib tashlashlikni maqsad qiladi va ularga urush ochadi. Lekin, Ali roziyallohu anhu umrining oxirgi kunlarida xavorijlar haqida bir gap aytgan: "Mendan keyin xavorijlarga urush ochmanglar. Bas, kimki xaqni talab qilsa xato qilgan hisoblanmaydi. Lekin, botilni iroda qilib uni talab qilgan kimsa xato qilgan hisoblanadi", deb aytganlar.

VIII asrning ikkinchi yarmiga kelib xavorijlar o'z rahbarlari nomi bilan ataluvchi bir necha guruhlarga: azrakiy, ibodiy, sufuriy kabilarga bo'linib ketdilar. Olimlarning fikricha, xavorijlarning 20 ga yaqin guruhlarga bo'linishi hamda umaviy va abbosiy xalifalar VII – IX asrlarda ularga qarshi keskin kurash olib borishi natijasida ularning aksariyati qirib tashlandi, qolganlari Shimoliy Afrikada o'z davlatini vujudga keltirdilar. Ular xalifalikdagi ko'pgina qo'zg'olonlarda qatnashganlar. VII asrning 80 yillarida Iroqda umaviy xalifasiga qarshi ko'tarilgan 20 ming qo'shinga ega bo'lgan azrakiylar qo'zg'oloni 15 yil davom etdi, 14 yil (869 - 883) davom etgan azrakiy Ali ibn Muhammad boshchiligidagi qora qul – zinjiylarning Quyi Iroq va Ho'zistondagi daxshatli qo'zg'olonlari nihoyat tor-mor etildi. Hozirda xavorijlarning ibodiy sektasi Mag'rib mamlakatlarida Jazoir, Tunis, shuningdek O'mon va Tanzaniyada uchraydi[4].

 

TII Modul' ta'lim shakli talabasi,

Samarqand shahar Ho'ja Nisbatdor jome masjidi

imom-xatibi Boboxon Boboxonov

 

[1] Hulafoi roshidin 120- bet.

[2] Al-Farqu baynal firoqi. 51-bet.

[3] Islom yo'nalishlar, mazhablar, oqimlar. 29-bet.

[4] Islom yo'nalishlar, mazhablar, oqimlar. 29-30-betlar.

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Videolar

Solih bandalar

19.01.2025   11156   31 min.
Solih bandalar

 

To‘liq video

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov