Sayt test holatida ishlamoqda!
16 May, 2025   |   18 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:28
Quyosh
05:04
Peshin
12:24
Asr
17:25
Shom
19:39
Xufton
21:08
Bismillah
16 May, 2025, 18 Zulqa`da, 1446

Rizqning torayishi sabablari

14.01.2023   2631   1 min.
Rizqning torayishi sabablari

Bir kishi Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuning oldiga kelib, rizqining torligidan shikoyat qildi.

Ali roziyallohu anhu:

– Ehtimol sen to'mtoq qalam bilan yozarsan? – dedi. U:

– Yo'q, – dedi. Hazrat Ali:

– Ehtimol siniq taroq bilan soch tararsan? – dedi. Haligi kishi:

– Yo'q, – dedi. Hazrat Ali:

– Ehtimol o'zingdan yoshi katta odamning oldiga tushib yurarsan? – dedi. U:

– Yo'q, – dedi. Ali karramallohu vajhahu: .

– Ehtimol bomdod namozidan keyin kun chiqmasdan uxlarsan? – dedi. U:

– Yo'q, – dedi. Hazrat Ali:

– Ehtimol ota-onangning haqqiga duo qilmay qo'ygandirsan? – dedi. U:

– Ha, – dedi. Shunda Ali roziyallohu anhu:

– Ularni eslab turgin. Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan eshitganman. U zot: “Ota-onaga duo qilishni tark etish rizqni kesadi”, deganlar, – dedi.

Har namozdan keyin ikki daqiqangizni ota-onangizga duo qilishdan qizg'anmang.

Homidjon qori IShMATBYeKOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Kim taqvo qilsa...

13.05.2025   5665   1 min.
Kim taqvo qilsa...

Alloh taolo aytadi: «Kim Allohga taqvo qilsa, U Zot uning yo‘lini ochib qo‘yur. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur. U Zot uning ishida osonlik qilib berur. Uning gunohlarini kechirur va ajrini buyuk qilib berur» (Taloq surasi, 2-5-oyatlar).