Abu Hanifa rahmatullohi alayh asos solgan hanafiylik mazhabi VIII asrning o'rtalarida, keng tarqala boshlab, shu asrning oxirlarida uzoq-yaqin o'lkalarga, jumladan Mavarounnahr etib kelgan edi. Turli shaharlardagi hanafiy markazlarining shakllanishiga Iroq, Huroson maktablarining ta'siri samoqli bo'ldi. Muhammad ibn Hasan Shayboniy (vaf. 805 y.)ning shogirdi Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (150/768 yili tug'ilib, 216/832 yil vafot etgan) Buxoro maktabiga asos soldi.
Uning to'liq ismi sharifi-Ahmad ibn Hafs ibn Zaburqon ibn Abdulloh ibn Buxoriy. U o'z yurtida egallashi mumkin bo'lgan barcha ilmlarni puxta o'zlashtirgach, Bag'dod sari yo'l oladi. U erda Imom Muhammad rahmatullohi alayhidan hanafiylik mazhabi fiqhini o'zlashtirgach, yana o'z yurtiga qaytib keladi. Shu bois, u hanafiylik ta'limotini birinchi bo'lib Movarounnahrga olib kelgan shaxs sifatida ma'lum va mashhurdir.
Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy Buxorada ilmiy va diniy bilimlar rivojiga katta hissa qo'shgan madrasaga asos soladi. Sharqshunos olim Anas Boqiyevich Holidov butun arab saltanati hududida ilk bora Movarounnahr va Hurosonda madrasalar barpo etilganini zikr etib, birinchi madrasa Buxorodagi “Farjak” madrasasi degan fikrni ilgari suradi. Ushbu madrasa 937 yilgi yong'in natijasida yonib ketgan. Shuningdek, Nojiy Ma'rufning tadqiqotiga tayangan holda “Nishopur, Buxoro, G'azna va Bushanjda Bog'doddagi birinchi madrasa barpo etilgunga qadar 33 ta madrasa mavjud bo'lgan”, degan ma'lumotni keltiradi. Buxorodagi Abu Hafs Kabir madrasasi o'z zamonasida mashhur madrasalardan sanalgan. Tarixchi Vamberi o'zining “Tarixi Buxoro” va as- Sa'diy “Tarix ad- duval”nomli asarlarida Imom Abu Hafs Kabir Buxoriyning madrasasi islom olamining turli o'lkalaridagi olimlar va talabalar orzu qilgan eng yaxshi madrasa bo'lganini ta'kidlashgan.
Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir ustozlari silsilasi:
Ustozlari Bag'dodlik alloma Imom Muhammad Hasan Shayboniy hisoblanadi. Abu Tohirxojaning “Samariya” kitobida bu sulola Abu Hanifa Nu'mon ibn Sobitdan boshlab Hazrati Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamgacha tutashgani asoslab berilgan.
Imom Shofe'iyning Abu Hanifa va Abu Hafsga bergan ta'riflari: “Odamlar fiqhda u zotning boqimandalaridir” deganlaridek, Buxoroning barcha olimlari ham Abu Hafs Kabir oldilarida qarzdordirlar. Chunki buyuk muhaddis, hadis ilmining peshvosi Imom Buxoriy u kishining shogirdi bo'lgan. Buxoroning aksar olimlari Abu Hafsdan tahsil olishgan. Abu Hafs Kabir, amir bo'ladimi, oddiy fuqaro bo'ladimi, qanday muammo bilan kelsa, hal qilib berar edi. Oldi-sotdi yoki ibodat masalalarini juda aniqlik bilan echardi. Shu bois odamlar olimni “Hojatbaror imom” deb hurmatlashgan.
Ustozlari haqida ozroq ma'lumot berib o'tsak.
Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir shogirdlari:
Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir rahmatullohi alayh ko'pgina faqihlarni tarbiyalab kamolga etishtirgan. Jumladan, o'g'li Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Hafs (Abu Hafs Sag'ir), Abu Ja'far Rizvon ibn Salim Badokoriy, Abulhasan Muqotil ibn Said Baydariy, Muhammad ibn Hotam Subizug'ukiy, Abu Zahhok Fazl ibn Hasson Sutikaniy, Abu Said Sulaymon ibn Dovud Sharg'iy, Horis ibn Abdulvafo Buxoriy va Muhammad ibn Ahmad ibn Hafs Zaborqon (vaf.264/878y.) kabi ko'plab shogirdlarni misol keltirish mumkin. Abu Solih Toyib ibn Muqotil al- Hunomatiy, Abu Hasan ibn Tolib al- G'ishatiylar u kishidan hadis rivoyat qilishgan. Abulkarim Sam'oniy “al- Ansob”nomli asarida keltirishicha, Abu Hafsning shogirdlari Harojir degan qishloqda ko'p bo'lgan ekan. U tufayli Buxoro shahri Hanafiylikning markazlaridan biriga aylangan. O'sha zamonda Abu Hafs nomli ulamolar ko'p bo'lganligi sababli Axmad ibn Hafs hazratlarini Abu Hafs Kabir (ulug', katta) deb nomladilar.
Imom Buxoriy yoshliklarida Abu Hafs Kabirning oldilarida ilm olganlar. Imom Buxoriyni hadislarning sahihini to'plashga undagan zot ham Abu Hafs Kabirdir. Abu Hafs Kabirning ustozlaridan biri Abul Hasan Nuriy sahih hadislarni to'plashga kirishganlar, lekin oxiriga etkaza olmaganlar.
Shundan so'ng u kishining vasiyatlari bilan Abu Hafs rahmatullohi alayh ham sahihlarni jamlaydilar, lekin u zot Buxoroga kelgan davrda fiqhga ko'proq e'tibor beradilar. Niyatlariga etmaganliklari sababli o'zlarining qobiliyatli shogirdlari Muhammad ibn Ismoil (Imom Buxoriy)ga shu ishni oxirigacha etkazishni buyurdilar. Manbalarda Qayd qilinishicha, Abu Hafs Kabir Buxoriy Imom Buxoriyga dars berib, u kishidagi hadisga bo'lgan muhabbatni bilgach, Imom Buxoriy Haqlarida duo qilib: «Kelajakda Bu kishidan ulug' muhaddis chiqadi!», deb karomat etganlar. Imom Abu Hafs Kabir zamonasining mujaddid olimi sifatida tan olingan. Bu zotning bizgacha etib kelgan noyob asarlari bundan keyin ham musulmonlarga xizmat qilishi shubhasiz.
Islomshunos olim Ashirbek Mo'minovning qayd etishicha, hanafiylik mazhabining Movarounnahrga kirib kelishi va yoyilishi asosan Buxoro orqali amalga oshirilgan.
Abu Hanifa (vaf. 150/767 y.) – Shayboniy (vaf. 189/804-805 y.) – Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Buxoriy (vaf. 217/832 y.) – u zoti sharifning o'g'li Abu Abdulloh Muhammad ibn Abu Hafs Buxoriy (vaf. 274/878 y.) – Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Ya'qub Subazmuniy Buxoriy (340/952) – Abu Bakr Muhammad ibn Fazl Buxoriy (370/981) – Abu Ali Husayn ibn Hidr Nasafiy (vaf. 1032- 33 y.) – Shamsulaimma Abdulaziz ibn Ahmad Halvoniy (448/1056- 57).
Buxoroda faoliyat olib borgan “Sadrush- shari'a”lar va ularning oila a'zolari fiqh ilmini o'z zamonasining mashhur olimlaridan olganlar. Bu silsila Abu Abdulloh ibn Abu Hafs Kabirga etib boradi. Abu Hafs Kabirning shuhrati Buxoroga, qolaversa, butun islom olamiga tarqaldi. Olimlar uning ilmi fazlini baholab, Abu Hafs Kabirni “Muallimi Islom” ya'ni “Islom dinining muallimi”, uning sharofati bilan Buxoroni “Qubbatul islom” (“Islom dinining gumbazi”) va u kishi yashaydigan mahalla darvozasini “Haqroh” (“Haq yo'l”)deb atashgan. Hatto, arab diyori olimlari biron- bir masalaning javobini topishda qiynalib qolishsa, Buxoraga Abu Hafs Kabirning oldiga bir kishini yuborib, o'sha masalaning echimini bilib olishar ekan.
Narshaxiyning yozishlaricha, Buxoro Abu Hafs Kabir tufayli «Qubbatul islom» nomini olgan. U kishining o'g'li Abu Abdullohni (Abu Hafsi Sag'ir deb ham ataganlar) ilmlari shu darajaga etganki, hojilar karvoni Ka'badan qaytayotganda, ularning ulamolari Hoja Imom Abu Hafs yonlariga borib, u kishidan muammo masalalarga javob so'rar ekan.
Shunda Abu Hafs: «O'zing-ku Iroqdan kelyapsan, Nima uchun Iroq olimlaridan so'ramading?» deganda, u olim: «Bu masalada Iroq Olimlari bilan munozara qildim, ular javob bera olmadilar va menga Buxoroga borganda bu muammoni Hoja Imom Abu Hafs yoki u kishining farzandlaridan so'ra!» dedilar.
Buxorodan buyuk, zabardast olimlar chiqqan:
Yuqoridagi naqldan ma'lum bo'lyaptiki, Imom Buxoriy, Abu Ishoq Gulobodiy Buxoriy, Ibn Sino, Abdulxoliq G'ijduvoniy kabi buyuk allomalarning Buxoroda o'sib voyaga etishi behikmat emas, balki Buxoroda allaqachon bunday allomalar uchun ilmu urfoniy zamin hozirlangan edi.
Abu Hafs Kabir r.a. yuqori mansab egalari oldida ham o'ziga xos nufuzga ega bo'lgan. Jumladan, sulton iltifotiga ham muyassar bo'lgan. Zandavistiyning “Ravzatul -ulamo” (“Olimlar bo'stoni”)nomli asrida keltirilishicha, sulton Abu Hafs Kabir Buxoriyga r.a. salla tortiq qilgan. Salla muhim iltifot qilingan kiyimlardan bo'lib, odatda amirlar uni o'zlari tanlagan va yaqin kishilariga sovg'a qilganlar.
Buxoroda Muhamad ibn Tolut ismli bir amir bo'lgan. Bir kuni u vaziri Hashuya unga: “Abu Hafsning oldiga borishing yaxshi emas, sen uning yaqiniga borganingda salobatidan hech bir so'z aytolmay qolasan” – deb javob beradi. Amir esa “har nima bo'lsa ham boraman”, deb vazir bilan birga imomning oldiga boradi. Abu Hafs masjidda peshin namozini tugatgandan so'ng vazir imomning huzuriga kirib, undan: “Amirning kirishiga ruxsat bormi?”, – deb so'raydi. Vazir rozilik javobini olgach, amirni ichkariga taklif etadi. Shunda amir kirib, unga salom beradi va boshqa biron- bir so'z ayta olmaydi. Abu Hafs unga yuzlanib: “Nima ish bilan kelding?”, – deganda, amir gapirmoqchi bo'lib har qancha o'rinsa ham, lekin tili kalimaga kelmaydi.
Bu vaqeadan so'ng Hashuya amirdan: “Hoja Abu Hafs qanday ekan?” – deb so'raganda, amir unga: “Sen aytgandek ekan, uning huzurida hech gap gapira olmay hayronlikka tushib qoldim, necha marta hukmdorning huzuriga borib u bilan so'zlashganman. Hukmdorning haybati meni so'zlashishdan to'xtata olmagan edi, bu erda esa u kishining salobatidan so'z aytolmay qoldim”, – deb javob bergan.
Olim fiqhning turli masalalariga doir ko'p asarlar yozgan. Bulardan “Fatavoi Abu Hafs Kabir”, “Kitabul imon” ayniqsa mashhur bo'lgan. Abdulkarim Sam'oniy aytishicha, Abu Amr Ahmad ibn Abu Bakr al-Huzoiy al-Moxiy: “Men Abu Hafs Kabirning “Kitabul imon” kitoblaridan ta'lim olganman”, degan. Abu Hafs Kabirning fiqhga doir turli masalalar yoritilgan “Al-Ahvo' val ixtilof” (“Havoiy gaplar va kelishmovchiliklar”), “Ar-Raddu alal lafziya” (“Yuzaki qarovchilarga raddiya”) kabi asarlari ham bor.
Abu Hafs Kabir rahmatulloh alayhning bergan fatvolari, uning asaridan olingan iqtiboslar keyingi davr ulamolarining fiqhiy asarlarida keng istifoda etilgan. Jumladan, uning fikrlari Alouddin Buxoriyning “Hayratul- fuqaho”, Mas'ud ibn Mahmud ibn Yusuf Samarqandiyning “Saloti Mas'udiy”, Burhoniddin Mahmudning “Muhitu-l- Burhoniy”, Abu Bakr ibn Mas'ud Kosoniyning “Badoyi'us- sanoyi' fi tartibi-sh- sharoi'”, Abu Muzaffar Muhyiddin Muhammad Avrangzeb (vaf. 1118/1707 y.)ning buyrug'i bilan Shayx Nizomiddin Balxiy boshchiligida 23 nafar faqih tomonidan yozilgan “Fatovoyi Olamgiriy”kabi qator asarlarda uchraydi. Ba'zi asarlarda Abu Hafs haqida alohida bob ajratilgan. Masalan, So'fi Allohyorning “Maslakul- muttaqin” asarida “Hikoyati Hoja Abu Hafs Kabir Buxoriy”, “Bayonoti Abu Hafs Kabir” sarlavhalari ostida ikki bob ajratilgan. Birinchi masnaviy o'ttiz olti misradan iborat.
Bundan tashqari, So'fi Allohyor Abu Hafs Kabir asarlaridan foydalanib, “Farzanlarga nasihat” bobida yaxshi hulq, odob, yaxshi insoniy fazilatlar, haq-huquqini tanish, ota-ona, qarindosh, yor birodarlarga yordam qo'lini cho'zish, ularning xurmatini qozonish, mehnatni ulug'lash kabi otaning nasihatlari bayon qilingan. Ahmad ibn Mahmudning “Mozoroti Buxoro” (“Tarixi Mullozoda”)nomli asarida ham olim haqida alohida bo'lim ajratilgan. Ayrim adabiyotlarda boshqa mualliflarning asarlariga “Abu Hafsning asari”deb yanglish tarzda nisbat berilgan. Masalan, 2017 yilda nashr etilgan “Maslakul muttaqin”ning ilova qismida Abu Hafs kabirning “Kitob al- ahvo val- ihtilof” nomli kitobi ham bo'lgan deyiladi. Yana islom entsiklopediyasida va O'zbekiston Milliy entsiklopediyalarida “Abu Hafs Kabir “Al- Ahvo'- val- ixtilof” (“Havoyi gaplar va kelishmovchiliklar”), “Ar- Raddu ala- lafziya” (“Yuzaki qarovchilarga raddiya”) kitoblarining muallifidir”, degan jumlalarni uchratish mumkin. Vaholanki, Umar Rizo Kahholaning “Mu'jamul- muallifiyn”, Sulton Muhammad ibn Qalandarshohning “Risolayi sultoniy” nomli asarlarida va yana bir qancha tabaqot janridagi kitoblarda bu asarning muallifi Abu Hafs Kabirning o'g'li Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Hafs deb keltiriladi. Abdulkarim Sam'oniy bu kitoblar bilan bir qatorda, Abu Hafs Sag'irning “Kitobul- iymon”nomli asari ham borligini eslatib o'tadi. Biroq, bundan u zotning o'zi ta'lif qilgan biron-bir kitob yo'q ekan-da, deb shoshilinch xulosa chiqarish kerak emas. Zotan, manbalarda Abu Hafs Kabir Buxoriyning qalamiga mansub “Kitobut- taxrij” nomli asarning bo'lganligi qayt etilgan. Masalan, Toshken islom universitening “Manbalar xzinasi”da saqlanayotgan 72- ashyoviy raqamli qo'lyozma va O'zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (bundan keyin O'zFAShI – L,A)ning qo'lyozmalar fondida saqlanayotgan Lutfulloh Nasafiyning (14 asr) “Fiqhi Kaydoniy” kitobiga Sa'duddin Taftazoniy (722/792 – 1322/1392) tomonidan yozilgan sharhning nushalarida bu haqda aniq ma'lumot berilgan: “…ustozning bir asarlari bor bo'lib, Hoja Abu Hafs Kabir uni “Kitobut- taxrij” deb nomlaganlar. Va unda “Tasmiya”ning ma'nosini qo'yidagi jumlalar bilan sharhlaganlar… .Biroq, biz tanishib chiqqan qo'lyozma jamg'armalarining kataloglarida “Kitobut- taxrij” uchramadi.
Ajab emas, kelajakda qo'lyozma jamg'armalari, arxiv va xususiy kutubxonalardan mazkur asarning biron- bir nusxasi yoki olimning qalamiga mansub bo'lgan boshqa asar topilsa.
Abu Hafsning zehnlari bayoni:
Abu Hafs kabirning ijtimoiy hayoti to'g'risidagi turli hikoyalar manbalar orqali bizgacha etib kelgan. Masalan, “Saloti Mas'udiy”da keltirilishicha, Hoja Abu Hafs Kabir Buxoriy, Halaf Ayyub va Hoja Abu Sulaymon Jurjoniylar Muhammad Hasanning shogirdlaridan bo'lganlar. Halaf Ayyub va Jurjoniylar bir yilda yod olgan saboqlarini Abu Hafs bir oyda, ular bir haftada yod olgan narsalarini esa bir kunda yod olar ekanlar. Hoja Abu Hafs yod olgan narsalarini yozmas edilar. Ular nega kitob yozmaysiz degan savolga: “Man shul tariqa ilm o'rganamankim, qog'ozga yozmoqg'a va kitobga hojat qolmagay, men ko'krakka yozarman”, deb javob berardilar. Shunda ular: “To'g'ri aytasiz, ammo, agar sizga ajal etsa, sizdan kitobat mo'minlarga yodgor qolmaydi” – dedilar. Hoja esa ularga: “Mening yo'limda daryo bor qo'rqarmanki, mabodo kemaga suv kirib kitoblarimni ho'l qilib nobud bo'lg'ay”, – deb javob berdilar. Axiri, ular Hojani kitob yozishga ko'ndirdilar. Shundan so'ng, Abu Hafs Kabir kitob yozdilar. Tahsil olib bo'lganlaridag so'ng, uchalovi ham fatvo berishga ijozat olib, o'z yurtlariga qaytdilar. Halaf Ayyub Balxga, Hoja Abu Sulaymon Jurjoniy Samarqandga va Hoja Abu Hafs Kabir kemaga o'ltirib Buxoroga kettilar. Hoja karomat qilganlaridek, kemaga suv kirdi va barcha kitoblar tamom ho'l bo'lib, o'qib bo'lmaydigan darajaga etdi. Abu Hafs yurtiga yaqinlashganda, Buxoroga odam yuborib, ahvolini ma'lum qilishni va u erdan qalam, qog'oz va siyoh keltirishini buyurdilar. Kerakli narsalar keltirilgandan so'ng, barcha kitoblarni qaytadan xatosiz zehnlari samarasi bilan yozdilar. Faqat uch masalada (Bir rivoyatda esa, besh masalada) ixtilof voqe bo'ldi, deya keltiriladi.
U kishining qahatchilikda qilgan tadbirlari bayoni: Yana shu kitobda keltirilishicha, Buxoroda bir yil qahatchilik bo'lib bir xarvor bo'g'doyning bahosi 100 tangaga etishgan ekan. Hoja xazinachilarini chaqirib hamma mollarni chiqarib sotib, puliga bug'doy xarid qilishni buyuribdilar. Buxoro xalqi Hojaga ta'na qila boshladilar. Qahatchilikdan xalqqa tanglik etishganda, Hoja xazinachiga omborlarni ochib bir xarvor bo'g'doyning bahosi 90 tangaga sotishni aytibdilar. Buxoro xalqi kelib bir xarvor bug'doyni 90 tangadan xarid qilibdi, shu tariqa bir xarvor bug'doyning bahosi 90 tangaga qaror topibdi. Hoja yana bug'doy olib, omborlar to'lgandan so'ng 80 tangadan baho qo'yib sotishga buyuradilar. Shu tariqa bug'doyning bahosi 80 tangaga tushadi. Alqissa, shu tadbir bilan bug'doy bahosini to o'n tangaga keltiradilar. Keyin xoja xazinachini chaqirib unga: “Kel ko'raylik, biz qancha foyda ko'ribmiz”, – dedilar. Hazinachi: “Yuz tangalik bug'doy o'n tangaga tushdi ammo, xazina bo'shab qoldi”, – dedi. Hoja: “Sen bilmabsan, oncha xazina oxirat xazinasidir. Biz oxirat xazinasini to'ldirdik”, – dedilar. Bu Hojaning saxovatlaridan biri edi.
Abu Hafs al- Kabir Buxoriyning fazilatlari:
Abu Hafs al- Kabir Buxoriyning jufti haloli ham nihoyatda ilmli ayol bo'lib, faqihga doim qimmatli maslahatlar berar va uning qarashlariga jiddiy munosabatlar bildirardi. Shu bois, bir kuni Abu Hafs ayoliga: “Ey zaifa, teshib o'tadigan yoy otding”, – degan ekan. (Zandavistiy. Ravzatul ulamo. Qo'lyozma. – V.14.). va bu hikoya maslakul – muttaqinda qo'yidagicha keltirlgan. E'tibor bering! Bu u zotning taqvolari qanchalik darajada yuksakligini bildiradi va amalda bu sababdan katta foydalarga ega bo'lganlariga o'zingiz guvoh bo'lasiz.
Hikoyat: Hoja Abu Hafs Kabir pirlari ijozat berib: “Buxoroga borib yo'l ko'rsating va pand nasihat qiling”, – dedilar. Hoja Abu Hafs Kabir xotinlariga maslahat qildilar. Zaifalari aytdilarki: “Yo imom, avval hech narsa egasidan be ijozat edingizmi?” Hoja aytdi: “norasidalik vaqtimda bir kuni otash parastlarning kuchasidan borar edim. Bir gandoni piyozga o'xshash ko'kat bargini olib edim. Seni so'zing bilan u gunohim yodimga keldi”. Hotini aytdi: “Ey xoja, kishining haqqi sizda bordur, so'zingiz haloyiqqa ta'sir qilmas. Bu gunohingiz bilan uyalmaysizmi Buxoroga borib va'z aytaman degani?” xoja bu so'zni eshitib otashparastning ko'chasiga yugurdi. Ko'zidan yoshi oqdi.
Ul gandonaning egasini topib, oziroq yalindi, yolvordiki rozi bo'lgin deb, rozi bo'lmadi. Hoja aytdi: “Ey birodar, o'sha gandona bargi uchun bir tanga berayin”. U qabul qilmadi. Oxiri Hoji: “Yuz tanga beray”, dedi. Shunda u kofir aytdi: “Ey Hoja, bu so'zni senga kim aytdi?” Hoja: “Zaifam aytdi”, dedi. Kofir aytdi: “men ham bu kecha xotinim bilan maslahat qilib javobini aytaman”, dedi. Tarso uyiga borib, xotiniga bu so'zlarni bayon qildi. Hotini: “bir bargi gandona uchun sendek kofirga bunchalik tavallo qilibdi demak uning dini haq ekan. U Hoja yana ertaga kelsa, uni diniga kiraylik”, dedi. Tarsoning ham ko'ngli moyil bo'ldi. Ertasi Hoja bordi. Ikkovlari Hojaning oldida iymon keltirdi. Ularni ko'rib kofirning qarindoshlari hammasi musulmon bo'ldi. Bu taqvolari hamma joyga tarqaldi va butun Buxoro xalqi ul zot bormaslaridan turib iymon keltirdilar.
Imom Abu Hafs aytdilar: “Tahoratim yo'q holida qog'oz bozoridan o'tmadim”. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytdilar: “Yuz tuyaning keynidagi tuyada Qur'on bo'lsa, avvalgi tuyaning jilovini betahorat ushlamadim”.
Hikoyat: bir podshoh shikor qilib, shikoridan adashib bir qishloqqa kirdi. Anda bir uyga tushdi. U uyda tong otguncha rohat qilib uxlamadi. Subhda uy sohibi aytdi: “nima uchun uxlamadingiz?” Podshoh aytdi: “Men qanday rohat qilayki bu uyda kalomulloh bordir”. Uy sohibi aytdi: “Agar menga bildirsangiz o'zga uyga olar edim”. Podshoh aytdi “Hup g'aflat qilmoq uchun “Kalomullohni olg'il”, deyishga sharm qildim. Agar unday desam jonimga jafo bo'lar edi”.
Ey azizlar! Podshoh shunaqa taqvo qilsa, fuqorolari qachon xilof qilur!
Kalomullohni kunlik vazifa qilganlari bayoni: Imom Abu Hafs Kabir bir kecha-kunduzda Qur'on karimni ikki marta xatm qilar, odamlarga dars ham berar edi. Keksayib zaiflashgach, bir marta xatm qiladigan bo'ldi. Yana ham zaiflashib qolgach, to dunyodan o'tguniga qadar, bir kecha-kunduzda Kalomullohning yarmini o'qiydigan bo'ldi. Yetti yoshlarida Qur'oni karimni to'liq yodlaganlar. Alloh taolo u zotni rahmatiga olsin.
Rivoyat qilishlaricha, Imom Abu Hafs Kabir Buxoroda hanafiy mazhabi asosida ta'lim beriladigan ilk madrasani qurdirgan. Bu madrasa hozirgi “Poyi Kalon” mavzeida bo'lgan. Alloma uylaridan madrasaga borishda bozor orqali o'tardilar. Shunda haybatlaridan bozorchilarning shovqin-suroni to'xtab qolardi.
Rivoyat qilishlaricha, Yahyo ibn Nasr shunday degan: “Men Hoja Abu Hafsning xuzurida bo'ldim. U ertalabki namozini o'qib bo'lib, qiblaga qarab o'tirar va bir narsa o'qir edi.
Kun chiqqach, orqasiga qaragan edi, u ilm o'rgatadigan shogirdlari hali kelmagan ekan. O'rnidan turib to'rt rakat namoz o'qidi va mana shu to'rt rakat namozida Qur'oni karimdan Baqara, Oli imron, Niso va Moida suralarini (Qur'ondan 127 betgacha ) qiroat qilib salom berganida ham jamoa hozir bo'lmagan edi. U yana o'rnidan turib, o'n ikki rakat namoz o'qidi va Ra'dgacha qiro'at qildi”. (Qur'ondan 249 betgacha).
Hazrat Abu Hafs ilmiyatidan foydalanib, “Chahor kitob”, Sufi Allohyorning “Maslakul muttaqin” kitoblari yuzaga kelganligi manbalarda takidlanadi.
Hazrati Abu Homid G'azzoliy “Mukoshafat-ul qulub” asarlaridagi “G'iybat-gap-so'z-ig'vo” bobida Abu Hafsning quyidagi gaplarini misol keltiradi: “Birovning ig'vo qilishning gunohi bir Ramazon oyi ro'za tutmaslikning gunohidan yomonroqdir”.(110-bet). Va faqih bu so'zlariga ilova qilib o'shbu so'zni keltiradi:
Kim bir fiqh olimini ig'vo qilsa, qiyomat kuni peshonasida “Bu Allohning rahmatidan umid uzuvchidir!” deb yozilgan holda keladi.
Anas ibn Molik rivoyat qiladi: Alloh rasuli aytdilar: – “Me'roj kechasi bir to'da insonlarni ko'rdim, tirnoqlari bilan yuzlarini timdalab va iflos narsalarni eyardilar. Jabroildan: “Bular kim?” – deb so'radim. Dediki: “Bular dunyoda insonlarning go'shtini eganlar, G'IYBAT qilganlardir!”. (“Mukoshafat-ul qulub” (1), 110-bet).
Ma'lumki, Buxoro Shahrida birinchi bo'lib Qutayba ibn Muslim tomonidan 712 yil masjid bino qilingan. Shuni ta'kidlash lozimki, bu masjid o'sha davrda ham maktab, ham madrasa vazifasini o'tagan.
Imom Buxoriy to'g'ilmasdanoq Buxoro «Qubbatul islom» — islom dinining gumbazi degan nom bilan mashhur bo'lgan. U zot hamma joyi makonni olimi zabardastlarga to'ldirgan bir mahalda to'g'ilganlar.
Abu Bakr Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida yozilishicha, Imom Buxoriyning tug'ilgan yillarida – hijriy sananing 194 yili ya'ni, (shavvol oyining 13 kuni) melodiy 810 yilda (20 iyul') kuniga to'g'ri keladi. Demak bu islom rivojlanishi u kishida katta bir maqsadlarni xosil qiladigan makonga aylangan desak, mubolag'a bo'lmaydi.
Bu vaqtda Buxoro olimlaridan Hoja Imom Abu Hafs Kabirning dovrug'i ham etti iqlimga etib borgan edi.
Hulosa o'rnida:
U zoti sharif hanafiylikning haqiqiy tirik zabardast olimi va tarqatuvchisi edi u kishi tufayli barcha atrofidagi biror shahar boshqa mazhabga qaramasdilar. Chunki hamma mazhablarning asli Abu Hanifadan tarqash sabablarini ko'rsatardi. Imom Shofe'iylar ham u kishining nevara shogirdi hisoblanishini o'sha zamon vakili bo'lib yaxshi tushuntiradilar. O'zlari Imom Shofe'iy bilan zamondosh va bir yilda ya'ni: 150 hijriy yilda to'g'ilganlar.
Buyuklar ahvolini buyuk kitoblar va buyuk ustozlarning qo'lida ta'lim olganlarning e'tirofi ila tushunamiz. Aslida bu ta'rifni biz Sadrush shari'ani ta'rifi bilan yaxshi tushunsak bo'ladi. U zoti sharif Imom Buxoriy rahmatullohi alayh haqlarida shunday deydi: U zoti sharif pirimiz, ustozimiz, maqomi va martabasi va fazilati tengi yo'q muallimimiz, deb keyin u zotning haqqiga yaxshi duolarni qilib juda ham yumshoqlik va muloyimlik bilan hadis aytish qoidalariga to'liq amal qilib, keyin hadisni o'z masalalariga xujjat qilganlarini keltirib o'tadilar. Lekin shuni o'nitmaslik kerakki shunday buyuk muhaddis Ismoil Buxoriy r.a. Abu Hafs Kabir rahmatullohi alayhining buyuk shogirdlaridan hisoblanadi va u zotning buyuk duolari sharofatidan shu martaba va maqomni egallaganlar. Shak yo'qki ulug'lar duosi va sharofati bilan inson umuman etib bo'lmaydigan kirralarni bosib o'tish mumkin. Imom Buxoriy rahimahulloh zamonida u kishidan o'tadigan biror- bir kishi bo'lmagan. U zot aytadilar menga tenglashadigan biror- bir kishi yo'q bo'lsa ham u zot palonchi ustozim mendan ko'ra ilmda yuqori turadi, deb aytgan ekanlar. Bu gaplaridan so'ng u ustozlaridan bu gapni so'raganlarida ustozlari u aslida ilmda mendan yuqorilab ketgan lekin ayrim masalalarda men bilan tenglashganidan shunday, degan deb u zotni o'z ustozlari buyukligini ta'riflagan ekan. Har bir zamonda olimlar ichida etib bo'lmaydigan maqom va martaba bo'ladi, uni olimlar o'zlari ham e'tirof qilib o'z zamonasidagi olimlar bilan o'zlarini taroziga solib kim maqomda qanday natijaga ega ekanliklarini har xil yo'llar bilan aniqlashganlar. Bag'dodlik alloma Imom Muhammad Hasan Shayboniy Abu Hafs Kabir rahimahullohga ijoza bergan. Abu Hafs Kabir hanafiy mazhabi asosida fiqh ilmining sir- sinoatlarini Movarounnahrda, O'rta Osiyoda birinchi marotaba tarqalishida jonbozlik ko'rsatgan zotdir. Bu duoning sharofatidan butun Movarounnahr va qo'shni davlatlarni ilm nuriga to'ldirib tashladi. Bu zot kelmasdanoq taqvolarining natijasidanoq butun Buxora halqi taslim bo'ldi. Bu zotning so'zlari va irshodlari va ko'rsatmalari orqali ular qalbiy kasallariga shifo topishdi. Butun qalbiy kasalliklardan forig' bo'lganlar bu kishiga shogird to'shardi. Bir o'zlari 40 dan ortiq madrasa ta'sis etdi va dars halqalarini paydo qildi. Go'yo u zotga kelgan shogirdlari ana endi haqiqiy hayotda yashayotganlarini aytishardi.
Vafotlari: Abu Hafs Kabir rahmatullohi alayh 216 hijriy yili (832 milodiy) Buxoroda vafot etadilar va hozirgi Hazrati Imom mazeiga dafn etildilar.
Yunusobod Oqtepa” jome masjidi imom
noibi Urol Nazar Mustofo tayyorladi
Manba: oliymahad.uz
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
عَنْ أَبِي أُسَيْدٍ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَلَّمَهُ رَجُلٌ مِنْ بَنِي سَلَمَةَ وَأَنَا عِنْدَهُ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ أَبَوَايَ قَدْ هَلَكَا، فَهَلْ بَقِيَ عَلَيَّ مِنْ بِرِّهِمَا شَيْءٌ؟ فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «نَعَم، أَرْبَعَةُ أَشْيَاءَ: الصَّلَاةُ عَلَيْهِمَا، وَالْاِسْتِغْفَارُ لَهُمَا، وَإِنْفَاذُ عُهُودِهِمَا مِنْ بَعْدِهِمَا، وَصِلَةُ رَحْمِهِمَا الَّتِي لَا رَحْمَ لَكَ إِلَّا مِنْ قِبَلِهِمَا»، فَقَالَ الرَّجُلُ: مَا أَكْبَرَ هَذَا أَوْ مَا أَطْيَبَهُ يَا رَسُولَ اللهِ. قَالَ: «فَاعْمَلْ بِهِ».
Abu Usayddan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Banu Salama qabilasidan bir kishi kelib, gaplashdi. Men u zotning oldilarida edim. U: «Ey Allohning Rasuli, ota-onam o‘tib ketdilar. Zimmamda ularga yaxshilik qilishimdan biror narsa qoldimi?» dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Ha! To‘rt narsa qoldi: ularga duo qilishing, ularga istig‘for aytishing, ikkovlaridan keyin ularning va’dalarini bajarishing va ikkovlari tomonidan senga qarindosh bo‘lganlarga silai rahm qilishing», dedilar.
Shunda haligi odam: «Bu qanday ham ulug‘!» yoki «Qanday yaxshi, ey Allohning Rasuli!» dedi.
«Endi shunga amal qil!» dedilar».
Sharh: Aslida vafot etgan odamning bu dunyoda qilgan amallari asosida oxiratdagi maqomi belgilanadi. Uning zarracha yaxshiligi yoki yomonligi bo‘lsa ham hisobga olinadi. Ammo Alloh taolo Muhammad alayhissalom ummatiga rahm ko‘rsatib, ularning o‘limlaridan keyin ham ortlaridan savob yetib borishiga va ularning oxiratdagi maqom hamda darajalarining ortib borishiga yo‘l ochib qo‘ygan.
Ana shu yo‘llardan to‘rttasi ushbu hadisi sharifda ko‘rsatilmoqda.
Farzand ota-onasi tirikligida ularning xizmatini qilib, roziligini olib, yaxshiliklar qilib o‘tishga targ‘ib qilinadi. Lekin ota-ona vafot etganlaridan keyin ham, ushbu hadisda kelgan ta’limotga binoan, ularga to‘rt xil yaxshilik qilsa bo‘lar ekan.
1. Duo qilish.
Ota-onalarining haqqiga Alloh taolodan yaxshiliklar – jannat, xayr-barakalar so‘rab duo qilish farzandning o‘z ota-onasiga ularning vafotlaridan keyin ham qiladigan yaxshiliklaridandir. Bu duolar ota-onaga borib turadi, ularning a’moli xayrlariga qo‘shilib turadi. Bu bilan farzand ularga tiriklik chog‘larida yaxshilik qilgandek bo‘ladi.
2. Istig‘for aytish.
Ota-onasining gunohini kechishini Alloh taolodan so‘rab, istig‘for aytish. Farzand o‘tib ketgan ota-onasiga Alloh taolodan mag‘firat so‘rab tursa, ularga vafotlaridan keyin ham yaxshilik qilishda davom etgan bo‘ladi.
O‘tib ketgan ota-onasiga mag‘firat so‘raydiganlarning eng yaxshisi namozxonlardir. Namozxon har namozining oxirida, duo qabul bo‘ladigan bir maqomda, salom berishdan oldingi duosida ota-onasiga mag‘firat so‘raydi.
3. Ota-onaning va’dalarini bajarish.
Ota-ona kim bilandir ahd tuzgan bo‘lsa, bergan va’dasi bo‘lsa, majburiyatlari bo‘lsa – shularning hammasini o‘rniga qo‘yib, vasiyatlarini bajarish ham ota-onaning orqasidan qilinadigan yaxshiliklar qatoriga kirar ekan. Bu ishlar bilan ham farzand ularga xuddi tiriklik chog‘larida yaxshilik qilgandek bo‘ladi.
4. Ota-onaning do‘stlari, yaqin kishilari, qarindoshlariga yaxshilik qilish.
Shu yo‘l bilan ham farzand ota-onasiga ular o‘tib ketganlaridan keyin ham yaxshilik qilishi, orqalaridan savoblar yetkazib turishi mumkin ekan. Kim bu ishni muntazam qilsa, ularga tiriklik chog‘larida yaxshilik qilgandek bo‘ladi.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Musulmon farzand ota-onasiga ularning vafotidan keyin ham yaxshilik qilish harakatida bo‘lishi.
2. Ota-onaga ularning o‘limidan keyin ham yaxshilik qilish mumkinligi.
3. Farzand vafot etgan ota-onasi haqqiga duo qilib turishi lozimligi.
4. Farzand vafot etgan ota-onasi haqqiga istig‘for aytib turishi kerakligi.
5. Farzand vafot etgan ota-onasining ahdiga vafo qilishi kerakligi.
6. Farzand vafot etgan ota-onasining do‘stlari, yaqinlari va qarindoshlariga yaxshilik qilib turishi kerakligi.
Bundan tushunib olamizki, ota-ona o‘tib ketsa ham, ularga yaxshilik qilishning eshiklari ochiqdir. Mana shu rivoyatda kelganidek, bolaning zimmasida ota-onaning yana to‘rtta haqqi qolar ekan. Ularni bajarish bolaning vazifasi ekan.
عَنْ هَمَّامٍ قَالَ: قُلْتُ لِكَعْبٍ: أَحْتَسِبُ عِنْدَ اللهِ مَا فَاتَنِي مِنْ بِرِّ الْوَالِدَيْنِ. قَالَ: لَمْ يَفُتْكَ بِرُّهُمَا، اسْتَغْفِرْ لَهُمَا، وَاجْعَلْ لَهُمَا حَظًّا مِنْ صَلَاتِكَ وَصِيَامِكَ وَصَدَقَتِكَ تَكُنْ مِنَ الْأَبْرَارِ، إِنْ شَاءَ اللهُ.
Hammamdan rivoyat qilinadi:
«Ka’bga: «Ota-onaga qilolmay qolgan yaxshiligim uchun ham Allohdan savob umid qilaman», dedim.
«Ularga yaxshilik qilishing o‘tib ketgani yo‘q. Ular uchun istig‘for ayt. Ularga namozingdan, ro‘zangdan va sadaqangdan nasiba ajrat. Inshaalloh, yaxshilik qiluvchilardan bo‘lasan», dedi».
Sharh: Roviy Hammam o‘zini qiynab yurgan masalani Ka’bul Ahborga dilidan chiqarib bayon qildi: «Ota-onamga qilolmay qolgan yaxshiliklarim uchun Allohning O‘zidan sabr so‘rayman», dedi.
Mana shu gap uni doimo qiynar edi. Ota-onasi tirik chog‘ida ularga ko‘ngildagidek xizmat qila olmadi. Ular o‘tib ketganlaridan keyin qadrlarini tushunib yetdi. Endi afsus-nadomat chekmoqda. Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q, degani shu ekan-da. Ota-ona tirik chog‘ida, oldida turganlarida ularning qadrini tushunib yetmabdi. Dunyoning tashvishini qilibdi. Bolam-chaqam, debdi. Mana, endi afsus qilmoqda. Qani edi, hozir ota-onasi tirik bo‘lsalar-u, u kechayu kunduz ixlos bilan xizmatlarini qilib, duolarini olsa. Afsus, afsus! Endi iloji yo‘q. Ular qayta tirilib kelishmaydi. Hammam ularga yaxshilik qila olmaydi. Butun umri afsus bilan o‘tadi.
Ka’bul Ahbor kutilmaganda Hammaning xayolida yo‘q gapni aytib qoldi.
«Ularga yaxshilik qilishing o‘tib ketgani yo‘q. Ular uchun istig‘for ayt. Ularga namozingdan, ro‘zangdan va sadaqangdan nasiba ajrat. Inshaalloh, yaxshilik qiluvchilardan bo‘lasan», dedi».
Ha, ota-onangga yaxshilik qilolmay qolganing yo‘q. Ular vafot etib ketgan bo‘lsalar, hozir ham ortlaridan yaxshilik qilsang bo‘laveradi. Alloh taolo mo‘min-musulmon bandalariga mehribon Zot. U bizga ota-onalarimizga ularning o‘limidan keyin ham orqalaridan yaxshiliklarimiz yetib boradigan eshiklarni ochib qo‘ygan. Buning uchun sen ularning ikkovlariga istig‘for aytib tur. «Allohim, otamni mag‘firat qil, onamni mag‘firat qil, gunohlarini kechir», deb tur.
Ota-onangga namozingda duo qilib tur. Ro‘zangdan ham ularga nasiba ajrat. Savobini ularga bag‘ishla. Ularni yo‘qlab, sadaqa qilib tur. O‘sha sadaqaning savobini ularga bag‘ishla. Bu ishlaring ota-onangga xuddi tiriklik chog‘larida yaxshilik qilganingdek bo‘ladi.
Demak, inson ota-onasining ortidan duo qilish, ularga istig‘for aytish, namozidan, ro‘zasidan, sadaqasidan hosil bo‘lgan savoblarni bag‘ishlab turish bilan ham ota-onalariga qiladigan yaxshiligini davom ettirishi mumkin ekan.
Farzandning ota-onasining o‘limidan keyin ularga yaxshilik qilishi ushbu ikki rivoyatda zikr qilingan narsalar bilan cheklanib qolmaydi. Balki bulardan boshqa ishlar bilan ham ota-onaga ularning vafotlaridan keyin yaxshilik qilish mumkin. Ana shunday ishlardan ba’zilari keyingi boblarda keladi.
«Yaxshilik va silai rahm» kitobi 1-juz.