Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Dekabr, 2025   |   4 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:03
Xufton
18:22
Bismillah
24 Dekabr, 2025, 4 Rajab, 1447

Iskandariya universitetidagi nodir Qur'on qo'lyozma

11.01.2023   1056   1 min.
Iskandariya universitetidagi nodir Qur'on qo'lyozma

Iskandariya universiteti muzeyida hijriy  X-asrga oid nodir, zarhal muchaf ommaga namoyish etildi. Oltin bilan bezatilgan ushbu ajoyib qo'lyozma hijriy 939 yilda Usmonlilar sultoni uchun Bashir ibn Abdulloh tomonidan yozilgan.

Qadimda Qur'on qo'lyozmalari podshohlar, sultonlar va oqsoqollarga taqdim etilgan eng qimmatli sovg'alaridan biri bo'lib, ular zarhal qilinib, usta rassomlar tomonidan qoplangan.

1952-yili Misrda ro'y bergan inqilobdan so'ng bu sovg'alar boshqa qimmatbaho qo'lyozmalar qatori muzeylarga o'tkazildi. Hozirda bunday eng boy muzeylardan biri Aleksandriya universiteti muzeyi hisoblanadi. U erda Qur'on qo'lyozmalaridan tashqari hadis ilmi, va ilohiyot ilmiga oid bir qancha tarixiy kitoblar saqlanmoqda.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Rajab - hayo oyi

24.12.2025   47   1 min.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari

MUFTIY MINBARI