Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2025   |   20 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2025, 20 Zulqa`da, 1446

Namozning kishi salomatligiga ta'siri

10.01.2023   1128   1 min.
Namozning kishi salomatligiga ta'siri

AQShning Binggempton universitetida o'tkazilgan tadqiqot namoz harakatlari umurtqa pog'onasining pastki qismidagi og'riqlarni engillashtirishini isbotladi. Olimlarning fikricha, muntazam namoz o'qish umurtqa pog'onasiga terapevtik muolajalar kabi kuchli ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, orqa miyadan tashqari, qon bosimi va yurak urish tezligini barqarorlashtirishga yordam beradi, tarang mushaklarni bo'shashtiradi.

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, pastki umurtqa pog'onasiga eng katta ta'sir tiz cho'kib sajda qilingan paytda bo'ladi.

Namozning salomatlikka foydasi haqidagi qiziqarli xulosa olimlarni uni qismlarga bo'lib o'rganishga undadi va bunday xulosaga kelishdi.

Tik turish vaznni teng taqsimlaydi, ruku pastki orqa va son mushaklarini cho'zadi va yuqori tanaga qon oqimini yaxshilaydi, sajda bo'g'inlarning elastikligini oshirib, boshga qon oqimining ko'paytirib, qon bosimini barqarorlashtirishga yordam beradi, shuningdek, xotira va konsentratsiyani yaxshilaydi.

Takroriy sajda esa tananing nafas olish, qon aylanish va asab tizimlarini tozalashga yordam beradi, ovqat hazm qilishni ham bir me'yorga keltiradi, chunki ovqat oshqozon ichida yuqoriga va pastga harakatlanadi.

Tadqiqot umurtqa pog'onasidagi og'riqlarga bag'ishlanganligi sababli, namoz ulardan aziyat chekadigan bemorlarga samarali vositalardan biri sifatida tan olindi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Haj qilish uchun yo‘lga tushgan chumoli

16.05.2025   3086   1 min.
Haj qilish uchun yo‘lga tushgan chumoli

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ajoyib zarbulmasal, sen uni doim ko‘z o‘ngingga qo‘y!

Bir kuni chumoli Allohning Baytini haj qilish uchun yo‘lga tushibdi. Unga: “Sen bir chumoli bo‘lsang, hajga qanday bormoqchisan? Yetib bora olmasdan o‘lib ketishing aniqku”, deyishdi. Chumoli: “U holda shu yo‘lda o‘lgan bo‘laman”, dedi.

Sen ham ojizlik qilsangda, osiylik qilsangda, Allohning yo‘lida ushbu chumoli kabi bo‘l!

Istig‘for ayt va Robbingga qayt. Qur’on bilan birga bo‘l va uni tashlab qo‘yma!