Joriy yilning 9 yanvar' kuni Jidda shahrida joylashgan “Superdome” forumlar saroyida boshlangan Haj va umra xizmatlari konferentsiya-ko'rgazmasida O'zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Saudiya Arabistoni Makka Amiri, Ikki muqaddas masjid xodimi maslahatchisi Shahzoda Holid al-Faysal tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Muzaffar Komilov, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiqjon Toshboyev ishtirok etmoqda.
Ushbu ko'rgazma joriy yilning 12 yanvar' kuniga qadar davom etadi. Mazkur xalqaro ko'rgazma Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumati "Haj-2023" tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko'rish uchun o'tkazilmoqda.
Tadbirda dunyoning turli davlatlaridan vazirlar, muftiylar, haj va umra tadbirlarini tashkil etishga ma'sul Saudiya Arabistonining idoralari va xalqaro kompaniyalar ishtirok etmoqda.
Ko'rgazma doirasida "Haj-2023" mavsumida mehmonxona, ovqatlanish, transport, qurbonlik, Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida xizmat ko'rsatish bo'yicha zamonaviy loyihalar taqdimot qilinadi.
Ushbu tadbir Saudiya tarixida keng jabhada birinchi bor tashkil etilayotgani bilan katta ahamiyatga ega bo'lib, bu orqali Saudiya hukumati haj va umra ziyoratchilariga sifatli xizmat ko'rsatilishini tashkil etish borasidagi maqsadlarni o'z oldiga qo'ygan.
Anjuman doirasida Haj va umra ziyoratchilariga ko'rsatilayotgan xizmatlar haqida o'zbek, arab va ingliz tillarida chop etilgan "O'zbekistonlik ziyoratchilar uchun haj va umra xizmatlari" nomli fotoal'bom ayrim ishtirokchilarga taqdim etildi.







O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etilgan «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» mavzusidagi I ilmiy-amaliy anjumani doirasida sohada alohida o‘rnak ko‘rsatgan ustozlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan har jabhada amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida ilm-fanni taraqqiy ettirish, ajdodlar merosini o‘rganish, diniy ta’limni rivojlantirish va sohaga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibordan mamnunlik kayfiyati hukm surdi.
Diniy idora tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida samarali faoliyat yuritib, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, soha rivojiga munosib hissa qo‘shish hamda dinimizning sofligini asrash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh pedagog va mudarrislar mehnati munosib e’tirof etildi.
Tadbir davomida sohadagi fidokorona va samarali mehnatlari uchun quyidagi ustoz va pedagoglar Faxriy yorliq hamda Umra yo‘llanmalari bilan mukofotlandi:
Shuningdek, anjuman doirasida diniy ta’lim tizimida namunali rahbarlik qilgan, fidokorona pedagogik va ilmiy-faoliyat olib borgan,ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, to‘garaklarni samarali tashkil etishdagi alohida xizmatlari uchun yana 15 nafar rahbar va o‘qituvchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari — televizor, noutbuk va planshetlar bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi taqdirlangan barcha ustoz va xodimlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati