Bismillahir Rohmanir Rohiym
Shayx Abdulloh Qosir rahimahulloh aytadilar: “Qur’onni xatm qilgan inson uch milliondan ortiq savobga erishadi deyiladi. Oqil kishi shunday amalni tark qilish mumkinmi?”.
Doktor Sa’d Xaslon dedilar: “Qur’oni karimning harflarining adadi 323 ming 671ta deyiladi. Ibn Abbos roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda kelishicha, “Kimki (Qur’ondan) bir harf o‘qisa, unga o‘nta hasanot bitiladi”.
Bu shuni anglatadiki, kim Qur’onni bir marta to‘liq xatm qilsa, unga 3 milliondan ortiq (aniqrog‘i 3.236.710ta) hasanot bitilishi umid qilinadi. Bunga esa Alloh muvaffaq qilgan bandagina erisha oladi”.
Imom Jaloliddin Suyutiy “Al-itqon fi ulumil Qur’an” asarida Qur’oni karimda 323.015 ta harf borligini rivoyat qilgan. Imom Kisoiy va ba’zi qiroat ulamolari Qur’oni karimda 322.604 ta harf bor deb hisoblashgan.
Imom Qurtubiy bu borada turlicha rivoyatlarni keltirib, harflar soni 321.000 dan 340.000 gacha deb ko‘rsatgan.