Makka va Madina shaharlarini Saudiya Arabistonida “islom iqtisodiyotining faoliyat markazi”ga aylantirish maqsadida mamlakatdagi tegishli muassasalar bilan kelishuv imzolandi.
Mamlakatning SPA rasmiy agentligiga ko'ra, shartnoma Savdo vaziri Majid bin Abdulloh al-Kasabiy ishtirokida Islom hamkorlik tashkiloti va Makka hamda Madina Savdo palatalari, Islom savdo, sanoat va qishloq xo'jaligi palatasi o'rtasida imzolandi.
Uch tomonlama kelishuv Makka va Madina shaharlarini islom olamida moliyaviy va biznes faoliyatlari uchun markazga aylantirishni ko'zda tutadi.
Saudiya Arabistoni Savdo vaziri Kasabiy savdo rivojlanishi va muqaddas erlarni ziyorat qilgan musulmonlarga xizmat ko'rsatish doirasida tarixdan beri Makka va Madina shaharlarida etarli ishchi kuchi mavjudligiga e'tibor qaratdi.
Uch tomonlama hamkorlik dasturi doirasida ko'plab tashabbus va faoliyatlar amalga oshirilishini aytar ekan: "Ikkala muqaddas shaharning ham barcha musulmonlar qalbidan joy olganiga shubha yo'q. Umid qilamizki, yuqoridagi omillar ushbu uch tomonlama hamkorlik orqali ikki shahar o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarini kuchaytirishdan umidvormiz”, dedi Kasabiy.
Azon.uz
Imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘chma seminar bugun respublikamizning Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida tashkil etildi. Qorao‘zak tumanidagi markaziy "Idris eshon" jome masjidida Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin Razov boshchiligida soha xodimlari, mahalla raislari va ziyoratchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, sayyor tadbirda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami tushuntirildi.
Ishchi guruh a’zolari Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarining 5 ta masjidi va 19 ta mahallasiga biriktirildi. Ular o‘zlariga biriktirilgan mahalla hududidan 101 ta muammoli xonadonga kirib, o‘sha yerda yashayotganlarning holidan xabar oldi, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi va suhbatlashdi. Ularning muammolari o‘rganilib, fikr-mulohazalari tinglandi. Imom-xatiblar 10 ta toifaga mansub 101 ta oilaga ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot va amaliy yordam tadbirlarini olib bordi.
Shuningdek, masjidlar atrofida obodonlashtirish va tozalash ishlarini olib borish, ish yuritish, jamoani boshqarish jihatlari ham o‘rganildi.
Ishchi guruh a’zolari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan qavmga, "Tinchlik baxti. Shukronalik. Ilm olish fazilati. Yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish. Missionerlik harakatlarining salbiy oqibatlari" kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qildi.
Tadbir yakunida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlari imom-xatiblarining ma’naviy-ma’rifiy, masjid boshqaruvidagi ishlariga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Tashrif davomida qoziyot qozisi boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Qorao‘zak tumanidagi "Idris eshon" masjidining yangidan qurilayotgan binosining qurilish ishlari bilan tanishdi.
B.ABBAZOV,
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimi