Hozirgi kunda ba'zilar farzandlarini o'qitish uchun chet ellarga olib borib, ularni o'zga yurtlarda qarovsiz holda tashlab kelmokdalar. Natijada, farzandlari ilm olishning o'rniga befoyda ishlar, kimligi noma'lum kishilar bilan qimmatli vaqtini behuda sarflamokda. Shuni unutmaslik kerakki, farzand barkamol va el-yurtga xizmat qilishi uchun uning ustozi, avvalo, to'g'ri yo'l da va e'tikodda adashmagan bo'lishi hamda soha mutaxassislari tomonidan e'tirof kilingan shaxs bo'lishi katta ahamiyat kasb etadi.
Agar ustozning o'zi tarbiya va nasihatga muxtoj bo'lsa, undan ta'lim olgan shogirddan yaxshi natija chiqishi juda qiyin. Sir emaski, hozirgi kunda to'g'ri yo'ldan adashgan ustozlardan ta'lim olgan farzandlar, o'z ota-onalarini xurmat qilmasdan: "Ota-onam faqat meni dunyoga kelishimga sabab bo'lgan xolos" deyayotgan bo'lsa, ba'zilari ota-onasini imonsizlikda ayblamoqda. Ba'zilari tug'ilib o'sgan yurtiga qarshi chiqib, bir qancha muammolarga sabab bo'lmokdalar.
Yoshlarimiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib, bilimlarini oshirishmoqchi bo'lishsa, rasmiy saytlarga murojaat qilishsin, rasmiy masjidlar va imom-domlalarimizning kanallariga a'zo bo'lishsin. Zero, ijtimoiy tarmoqlarda g'arazli maqsadlar bilan faoliyat olib boradigan sayt, kanal va shaxslar juda ko'p. Ular jamiyatimiz va yoshlarimiz tarbiyasiga katta tahdid bulib, firqalanish, dinda g'uluvga ketish va mazhabsizlik urug'larini sochmoqdalar.
Aytish joizki, bugungi kunda yoshlar tarbiyasi va kamoloti maqsadida yurtimizda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotganiga o'zingiz guvoh bo'lmoqdasiz. Yoshlar orasida kitobxonlikni oshirish uchun joylar da yangi kutubxonalar tashkil etilayotgani, musobaqa lar o'tkazilayotgani, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun joylarda to'garaklar, texnoparklar ochilayotgani, yosh olimlar uchun berilayotgan turli imtiyozlar shular jumlasidandir. Zero, imon-e'tikodi mustahkam, ilm-ma'rifatli, jismonan sog'lom yoshlar yurtning buyuk kelajagi garovidir.
Hulosa shuki, yoshlarning odob-axloqi, ta'lim-tarbiyasi, ilm-ma'rifati bilan har bir ota-ona va mas'ullar shug'ullansa, kelajakda bizning farzand larimizdan ham Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Horazmiy, Ibn Sino, Farg'oniy, Alisher Navoiy kabi buyuk olimu allomalar chiqadi, inshaAlloh.
Sufiyev Ja'farxon To'raqo'rg'on tuman "Ishoqxon to'ra" jome masjidi imom xatibi
00:00 Xabarlar
00:56 “Network News Pakistan”: 2025 yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyo aholisi uchun eng ommabop sayohat yo‘nalishi bo‘ldi
01:25 “Solombo Times”: O‘zbekistonda “Uchinchi Renessans” g‘oyasini amalga oshirish davlat siyosatiga aylangan
01:57 Saudiya Arabistoni xalqaro qorilar tanlovining ikkinchi kunida 33 nafar ishtirokchi o‘zaro bellashdi
04:45 Toshkentda Malayziya xalqaro halol ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda
05:20 Har bir xonadonga bayramona kayfiyat kirib bormoqda
06:00 Istiqlol shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda
06:34 Xonadonlarga mehr, ko‘ngillarga umid ulashib...
07:08 Bir guruh imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lishdi
07:43 Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi
#yangiliklar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
ISHONCHLI VA RASMIY MANBA
YouTube | Instagram | Facebook