Abu Ayub al-Ansoriy (roziyallohu anhu) Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlariga yuzlarini barakotlanib qo'yar edilar.
Bu ishni "Soxta salafiy" lar kufr va shirking kattasi deyishadi. Biror bir musulmonni hayoliga ham kelmaydiki, Alloh asrasin Abu Ayub al-Ansoriy shu ishlari bilan Allohga shirk keltirganlarmi..?!
Sahobalardan, Axli ilmlardan bo'lgan biror bir salaf-u, xalaflar bu holatni inkor qilgan emas. Yuzni Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlariga qo'yish tabarruk bo'lsa, shirk amali hisoblanmasa, qo'lni qabrlari tomondagi devordan keyingi panjaraga qo'yish nechun shirk bo'lsin!?
Abdurahmanov Muhammadxon
"Hidoya" o'rta maxsus islom bilim yurti o'qituvchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda tinchlik, mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan,13 avgust kuni Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev boshchiligida tuman bosh imom-xatiblari, otinoyilar, «Haj–2026» ziyoratidan qaytgan hoji otalar va hoji onalar hamda mahalla faollari ishtirokida Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari R.Sobitov ishtirok etdi. Tadbir doirasida «Mustaqillik shukuhi» shiori ostida Urganch shahridagi boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nochor va kam ta’minlangan oilalardan 100 nafariga VAQF jamoat fondi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Bu xayrli amal orqali ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy ko‘mak va samimiy mehr-e’tibor ulashildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakilligi matbuot xizmati