Marokash qiroli Muhammad VI bin Hasan Qatarda o'tkazilgan futbol bo'yicha jahon chempionatidan so'ng Marokash milliy terma jamoasi futbolchilarini qabul qildi. Shu bilan birga qirol bunday xalq qahramonlarini tarbiyalagan onalarni ham taklif etdi. Podshoh futbolchilarning onalari bilan suhbatlashdi, so'ng hamma bilan birgalikda suratga tushdi. Qabul yakunida Marokash milliy terma jamoa futbolchilari o'zlarining 25 million dollar mukofot pullarini kambag'al vatandoshlariga xayriya qilishga qaror qilganini ma'lum qilishdi.
Halqaro aloqalar bo'limi xodimi
I.Ahmedov tayyorladi