Marokash podshohligining Rabot shahrida Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha Islom tashkiloti (ICESCO)ning xalqaro konferentsiyasi bo'lib o'tmoqda.
Mazkur nufuzli anjumanda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ham ishtirok etmoqda, deya xabar berdia Akademiya Axborot xizmati. Konferentsiya “Musulmon dunyosida taraqqiyotning strategik indikatorlari: Bilim indikatori model sifatida” mavzusidagi 1-maslahatlashuv uchrashuvi bilan o'z ishini boshladi.
Ochilish sessiyasida ICESCO Bosh direktori Salim al-Malikning murojaati tinglandi. O'z navbatida Muhammad al-Maktum fondi ijrochi direktori, professor Jamal bin Huvayreb, hamda UNDP bosh texnik maslahatchisi va bilim loyihasi direktori Hani Turki anjuman ishtirokchilariga murojaat yo'ladi.
Shundan so'ng “Bilim jamiyatlarini qurish va baholashni muhokama etishning eng muhim muammolari bo'yicha” sessiyasi o'tkazildi.
Rasmiy tadbirlardan so'ng Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning siyrati va islom tsivilizatsiyasi xalqaro ko'rgazmasi va muzeyiga tashrif tashkil etildi.
Ta'kidlash joizki, tashkilot 1979-yilda tashkil topgan bo'lib, bosh qarorgohi Marokash davlati poytaxti Rabot shahrida joylashgan. Tashkilot tomonidan a'zo davlatlar o'rtasida ta'lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar hamda dinlar o'rtasida do'stona munosabatlarni o'rnatishga muhim e'tibor qaratib kelinmoqda. Islom olami va dunyo tamadduni rivojida O'zbekiston Respublikasining o'rni beqiyos bo'lgani bois ICESCO tashkiloti bilan o'zaro hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
"Hidoyat" va "Mo‘minalar" jurnallari hamda "Islom nuri" gazetasi orqali xalqimizga ma’rifat ulashilmoqda. Ushbu nashrlarga eng ko‘p obuna tashkil qilgan xodimlar esa har yili taqdirlanadilar.
Bugun 12 may kuni Toshkent shahridagi "Shayx Zayniddin" jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahar imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiligida tashkil etilgan ushbu tadbir "Hidoyat" va "Mo‘minalar" jurnallari hamda "Islom nuri" gazetasiga faol obuna tashkil etgan imom-xatiblar taqdirlandilar va ularga esdalik sovg‘alari ulashildi.
Abu Mas’ud Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, unga o‘sha yaxshilikni qilganning ajridek ajr beriladi", deya marhamat qilganlar. Darhaqiqat, yaqinlarga, do‘stlarga yaxshilik ulashish, ma’rifat tarqatishga dalolat qilish tahsinga sazovor ishdir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati