Yana boshqa bir oyatda, Qur'on va hadisdan hukm chiqara oladigan mujtahidlarga ergashishga targ'ib qilib shunday degan:
وَإِذَا جَاءَهُمْ أَمْرٌ مِنَ الْأَمْنِ أَوِ الْخَوْفِ أَذَاعُوا بِهِ وَلَوْ رَدُّوهُ إِلَى الرَّسُولِ وَإِلَى أُولِي الْأَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ الَّذِينَ يَسْتَنْبِطُونَهُ مِنْهُمْ
Ya'ni: «Qachonki ularga eminlik yoki haq to'g'risida bir ish – xabar etsa, uni har qayoqqa tarqaturlar. Agar uni Rasulga va o'zlaridan bo'lgan ishboshilarga havola qilganlarida edi, ulardan ishning negizini biladiganlari uni anglab etar edilar». (Niso, 83).
Ularning yana bir da'vosi: «Bitta mazhabga ergashib ibodat qilishdan ko'ra, har bir mazhabdagi to'g'ri fikrlarni olib, ibodat qilamiz».
Ularning bu da'vosi kishini fosiqlikka olib boradi. Tasavvur qilib ko'ring, ayol kishiga qo'li tekkan kishining tahorati buzilish yoki buzulmasligi borasida, imom Shofeiy rahmatullohi alayhning «Tahorati buziladi», degan so'zini olmasdan, Abu Hanifa rahmatullohi alayhning: «Tahorati buzilmaydi», degan so'zini olsa, shuningdek, badandan qon chiqish masalasida imom A'zamning: «Tahorati buziladi», degan so'zini olmasdan, Shofeiyning: «Tahorati buzilmaydi», degan so'zini olsa, bunda inson o'ziga qulay yo'llarni qidirib, dinda fosiq bo'lib qolmaydimi?!
Har bir mazhabdan terib, terib amal qilish talfiq ya'ni beqarorlik deyiladi. Bunday yo'lni tutgan inson haromni halolga, haromni halolga, makruhni, mubohga, mubohni makruhga chiqaradigan dini sust insonga aylanadi.
Salafiylarga xos bo'lgan g'oyalarning biri payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning va boshqa buyuk zotlarning qabrlarini ziyorat qilishlikni shirk deb e'tiqod qiladilar. Vaholonki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam “Kim meni vafotimda ziyorat qilsa hayotimda ziyorat qilgan bilan teng” deganlar.
Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda esa: “Qabrlarni ziyorat qilinglar, chunki u o'limni eslatadi” deganlar. (Muslim rivoyati)
Allohim hammalarimizni hidoyatda barqaror qilsin. Ixtilof va zalolatdan hamisha saqlasin.
Abdurahmonov Muhammadxon
"Hidoya" o'rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda tinchlik, mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan,13 avgust kuni Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev boshchiligida tuman bosh imom-xatiblari, otinoyilar, «Haj–2026» ziyoratidan qaytgan hoji otalar va hoji onalar hamda mahalla faollari ishtirokida Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari R.Sobitov ishtirok etdi. Tadbir doirasida «Mustaqillik shukuhi» shiori ostida Urganch shahridagi boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nochor va kam ta’minlangan oilalardan 100 nafariga VAQF jamoat fondi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Bu xayrli amal orqali ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy ko‘mak va samimiy mehr-e’tibor ulashildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakilligi matbuot xizmati