Marokashlik yarim himoyachi Hakim Ziyesh futbol bo'yicha 2022 yilgi jahon chempionatida terma jamoa safida ishtirok etgani uchun bir dirham ham olmayapti. Bu haqda islamnews.ru jurnalist Holid Beydunning xabariga tayanib ma'lumot bergan.
U topgan pullarini Marokashdan Qatarga kelgan futbol muxlislariga va kambag'al oilalarga, shuningdek, jamoa xodimlariga hadya qilmoqda.
“JCh-2022”da Ziyesh to'rtta o'yin o'tkazdi. U Kanadaga (2:1) gol urdi va Bel'giya bilan o'yinda (2:0) golli uzatmani amalga oshirdi. Marokash jamoasi 7 ochko bilan Horvatiya, Belgiya va Kanada bilan guruhda birinchi o'rinni egalladi. 1/8 finalda marokashliklar Ispaniya terma jamoasini penal'tilar seriyasida mag'lub etishdi. Chorak finalda esa Portugaliya terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Shu tariqa, marokashliklar sayyoramizning eng kuchli to'rttaligiga kirishdi - bu Afrika termasining jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasidir.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Dunyoda shunday ishlar borki, Alloh taologa suyukli bo‘ladi. Ulardan biri ko‘ngilni shod etish hisoblanadi.
Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: “Alloh taologa farz ibodatlardan keyin eng maqbul ish – musulmon kishining ko‘ngliga surur (xursandchilik) yetkazishdir”.
Darhaqiqat, o‘zga kishining ko‘nglini olish, uni xursand qilish xayrli amallardandir. Hazrati Alisher Navoiy:
Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay, deya bejiz aytmagan.
Musulmonning ko‘ngliga ozor berish esa, xunuk ishlardandir. Bu haqda xalqimizda: “Dilozordan Xudo bezor”, degan naql bor.
Alloh taolo barchamizni o‘zgalarga ozor berishdan saqlab, Alloh taologa suyukli bo‘lgan ishlarni qilishga muvaffaq aylasin!
Ruhiddin Akbarov,
O‘MIning
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi