Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Avgust, 2025   |   11 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:50
Quyosh
05:22
Peshin
12:34
Asr
17:29
Shom
19:39
Xufton
21:04
Bismillah
05 Avgust, 2025, 11 Safar, 1447

Bekorchidan Hudo bezor

05.01.2024   668   2 min.
Bekorchidan Hudo bezor
 

Inson hayotda o'z o'rnini topishi, baxtli hayot kechirishi, el-yurt ora­sida hurmat-e'tibor qozonishi uchun ti­nimsiz mehnat qilishi zarur. Ammo umr­ni mazmunsiz o'tkazib, biror ezgu ishga qo'l urmay, na o'ziga, na jamiyatga foyda keltirmasdan yashashi juda alamlidir.

Afsuski, bugun yoshlar orasida bekorchilik oqibatida xulqi buzilib, vaqtini isrof bilan o'tkazayotganlar etarlicha. Bejiz xalqimiz: “Bekorchidan Hudo bezor”, demagan. Ko'p hollarda yoshlar internetdan ko'ngilochar vosita sifatida foydalanib, ertayu kech umrini elga sovurmoqda. Turli ma'nisiz o'yinlar domiga sho'ng'ib, o'zlarining salomatliklariga ham jiddiy zarar etkazishmoqda. Axir umr, yoshlik, sog'lik g'animat emasmi? Bularni isrof qilish esa og'ir gunohdir.

Bekorchilik illati qaysi xalqda ildiz otsa, uni zaiflashtiradi, qaysi shaxsda uchrasa, uni xor qilib, obro'sidan ayiradi. Afsuski, ke­yingi paytda ayrim yoshlar ana shu illatga ruju qo'yib, manqurtlikka, og'ir gunohlarga, jinoyatlar sodir etishga mubtalo bo'lmoqda.

Vaholanki, bu haët doimiy harakatda, o'zga­rish, yangilanishda. Aqli raso, mo'min kishi vaq­tini behuda sarflamaydi. Doim dunë hayoti ëki oxirat uchun foydali ishlar payidan bo'ladi.

Shu bois hazrat Umar roziyallohu anhu: “Naf­singni foydali narsalar bilan mashg'ul qil, aks holda, uni zararli narsalar egallab oladi”, deb ogohlantirgan.

Shuning uchun farzandlarimizni bekorchi bo'lib qolishlariga yo'l qo'ymasligimiz, balki ularni bilim olish, kitobxonlik, turli to'garaklar, sport bilan band qilishimiz zarur. Shundagina ular ma'rifatli, mehnatsevar, o'z kasbini puxta biladigan, xalqimizga, dinimizga foydali insonlar bo'lib etishadi.

Odiljon NARZULLAYeV,

Yangiyo'l tumani “Imom Sulton” jome

masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

“Jumadan jumagacha” (03.08.2025)

04.08.2025   1507   1 min.
“Jumadan jumagacha” (03.08.2025)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Videolavhalar