Germaniyaning «Neue Zeiten» jurnalida O'zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsuli Olimjon Abdullayev bilan «Quyoshli zaminimiz yil bo'yi go'zal» sarlavhasi ostida suhbat chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» muxbiri.
Unda Germaniya O'zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikda Yevropa davlatlari orasida etakchi o'rinni egallashi qayd etilgan. Suhbatda mamlakatimizda sayyohlarning xavfsiz va o'zini qulay his qilishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgani ta'kidlangan.
Materialda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar, o'zbek xalqining boy madaniy-tarixiy merosi, respublikadagi mashhur sayyohlik yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. «Germaniyada istiqomat qilayotgan nemis va postsovet jamoatchiligi mamlakatimiz san'ati, madaniyati, me'morchiligi, milliy oshxonasiga katta qiziqish bildirmoqda, sayohatdan doimo unutilmas taassurotlar bilan qaytmoqda», deydi Bosh konsul.
Germaniyadagi «NEUE ZEITEN» oylik axborot jurnali «RusVerlag» nashriyot uyi tomonidan bosma va elektron formatlarda chop etiladi. Jurnal o'z sahifalarida madaniyat, iqtisodiyot, siyosat, sog'liqni saqlash va turizm sohasidagi dolzarb yangiliklarni yoritib boradi. Nashr sahifalarida Markaziy Osiyo, jumladan, O'zbekiston hayotidagi muhim yangiliklar tez-tez e'lon qilinadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning oliy mezoni va xalqimizga xos azaliy qadriyat ekanligining dalolatidir.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan bir guruh faxriylar holidan xabar olindi.
Ziyorat davomida Diniy idora tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, yoshlarga ibrat bo‘lgan ustozlar uylariga borilib, ularga ehtirom bildirildi. Hadyalar ulashildi.
Shu bilan birga, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Abdurashid qori Bahromov, Usmonxon domla Alimov, Abdurazzoq hoji Yunusov, Anvar qori Tursunov kabi marhum ulug‘larimizning xonadonlariga borilib, oila ahllari holidan xabar olindi.
Shuningdek, bunday tadbirlar joylardagi vakilliklar tomonidan ham amalga oshirilib, hech kim e’tibordan chetda qolmadi. Bunday tadbirlar orqali Islom dinida o‘tganlar xotirasiga ehtirom, tiriklarni qadrlash, ustozlar o‘gitlaridan bahramand bo‘lish kabi xayrli an’analar bardavom bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati