frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Rahbarga itoat bo'lmasa...

30.11.2022   2868   5 min.
Rahbarga itoat bo'lmasa...

Insonlarning haq-huquqlarini himoya qiladigan, zolimdan mazlumning haqini olib beradigan, ular o'rtasida adolat qilib, siyosatini o'tkazadigan bir rahbar bo'lmasa, jamoatda tartibsizlik, nizolar kelib chiqishi tabiiy. Chunki insonlarning fikri bir joydan chiqmasligi haqiqat. Insonlarning fikrlarini tinglab, yagona tizim asosida boshqaruvchi rahbar bo'lmasa, fitna-fasod ko'payib, ular firqalarga bo'linib ketishadi. Natijada haq-huquqlar poymol qilinadi, kuchlilar zaiflarni xo'rlaydi, butun bir ja- miyat inqirozga yuz tutadi. 

Paygg'ambarimiz (sollalloxu alayhi va sallam) ummatlarini Alloh azobidan qo'rqishga-taqvoga chaqirganlaridan so'ng ularni o'zlaridan bo'lgan ish egalariga itoat qilishga buyurdilar. Rahbarning buyrug'i shariatga zid bo'lmasa, unga itoat qilish vojibdir. Alloh taolo bunday marhamat qi­ladi:

“Ey imon keltirganlar! Allohga itoat etingiz, Payg'ambarga va o'zlaringizdan (bo'lmish) boshliqlarga itoat etingiz!” (Niso, 59).

Alloh taolo avvalo O'ziga, so'ngra Paygambar (sollallohu alayxi va sallam)ga, undan so'ng ishboshilarga itoatli bo'lishga buyuryapti. Oyatdagi “ulul-amr” kalimasi “ishboshi”, “buyruk; egasi” degan ma'nolarni anglatadi.

Imom Molik, Ibn Abbos, Zaxdok, Mujohid va Atolarning aytishicha, “ulul-amr”dan murod Kur'on va ilm ahdlari, ya'ni faqihlar va din ulamolari bo'lsa, ikkinchi fikrga ko'­ra amir, boshliq va voliylardir.

Musulmonlar ichidan saylangan (yoki tayinlangan) bosh­liq va rahbarlarga itoat qilib, ularning amrini bajarish vojibdir. Bunta hadislardan bir qator dalillar keltiriladi. Jumladan, Imom Navaviy (raxmatullohi alayh) ushbu oyatdagi “ulul-amr”dan murod “Alloh taolo ularga itoatni vojib qilgan rahbarlar va boshliqlardir”, deganlar. Hofiz ibn Kasir (raxmatullohi alayh) esa ushbu oyat umumiydir, ya'ni barcha boshliqlarga itoat qilish vojibligi to'g'risidadir, deganlar.

Agar ular gunoh ishga buyurishmasa, rahbarlarga bo'ysunish Allohga itoat kilishdir. Ibn Umar (roziyallohu anhu) dan rivoyat kilinadi: Payg'ambar (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar:

“Musulmon kishi (boshlig'i buyurganida) yaxshi ko'rgan yo yomon k)fgan narsada buladimi, gunox; ish bulmasa, buysunishi lozim. Agar boshliq shariat man qilgan ishga buyursa, unga bo'ysunilmaydi”.

Ulamolar: “Inson yoqtiradimi, yo'qmi, qiyin holatdami yoki engillik holatida, nafsiga og'ir keladimi-yo'qmi, rahbarga itoat qilishi vojibdir”, deyishgan.

Boshqa bir hadisda: “Kim menga itoat etsa, Allohga itoat qilibdi. Kim menga osiylik qilsa (bo'ysunmasa), Allohga osiylik etibdi. Kim amirimga itoat qilsa, haqiqatan menga itoat etibdi. Kim amirimga osiylik qilsa, haqiqatan menga osiylik etibdi”, deganlar.

Itoatli bo'lishning bir qancha hikmatlari bor: jamiyat tinchligi va unda tartib-qoidalar o'rnatilishi, fitna va buzg'unchiliklarning oldi olinishi va xokazo...

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar:

“Agar sizlarga boshi mayizdek (qora) habash qul boshliq qilinsa ham, unga quloq solinglar va itoat qilinglar”.

Uboda ibn Somit (roziyallohu anhu) aytadi: “Rasulullox (sollalloxu alayxi va sallam) bizni chaqirdilar, u zotga bay'at (va'da) qildik. Jumladan, yaxshi yoki yomon ko'rgan ishlarimizda, tanglik yo farovon bo'lgan paytlarimizda ham boshliqlarga quloq solish, itoatli bo'lish va ular bilan nizolashmaslikni va'da qildik. “Faqat ularda Alloh dalil-hujjatini bildirgan ochiq kufr sodir bulganini ko'rsangiz, itoat qilmangiz”, dedilar.

Imom Muslim Avf ibn Molik (roziyalloxu anxu)dan ri­voyat qiladi: Rasulullox (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: “Boshliqlaringizning yaxshirog'i sizlar yaxshi ko'rgan va sizlarni ham yaxshi ko'rib, haqingizga duo qiladigani hamda sizlar ham haqqiga duo qiladiganlaringizdir. Rahbarlaringizning yomonrog'i sizlar yomon ko'rgan va sizlarni ham yomon ko'radigani hamda sizlar ularni la'natlaydigan va ular ham sizlarni la'natlaydiganlaridir”. Sahobalar: “Yo Rasululloh ularga qilich bilan qarshi turmaylikmi?’’ deb so'rashdi. Shunda Rasulullox (sollallohu alayxi va sallam): “Ibodatda qoim bo'lishayotgan ekan, unday qilmang. Agar ularda yoqtirmagan biron narsani ko'rsangiz, o'shanigina yomon ko'ring. Lekin itoatli bo'ling!” dedilar.

Demak, fosiq bo'lishsa ham, boshliqlarga Allohga gunoh bo'lmaydigan o'rinda itoat qilish lozim. Ushbu aqida Ahli sunna val jamoani boshqa yot oqimlardan ajratib turadi. Yot bid'atchi toifalar esa boshliqlari zulm yo gunoh ish qilishsa, ularga qarshi qurol ko'tarishni joiz, deb biladi.

Imom Tahoviy (rahmatullohi alayh) “Aqidatut Tahoviya” kitobida: “Rahbarlarimiz va ishboshilarimizga qarshi chiqmaymiz. Agar ular zulm qilsalarda, duoyibad qilmaymiz. Mabodo gunoh ishga buyurishmasa, ularga bo'ysunishni vojib deb bilamiz va haqlariga yaxshilik va ofiyat so'rab, duo qi- lamiz”, deb yozgan.

 “Soxta salafiylarning sayoz saboqlari” kitobidan

Jahongirxon Abrorov – O'zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmat xodimi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ikki ulug‘ ne’mat

14.08.2026   11380   3 min.
Ikki ulug‘ ne’mat

Bismillahir Rohmanir Rohiym

#Mustaqillikning 35 yilligi

 

Mustaqilligimizning 35 yillik to‘yi yaqinlashib, joylarda bayram shukuhi keza boshladi. Bundan dilda shukronalik hissi ortmoqda.

Tarixga nazar tashlansa, hamma davrda ham davlatning rivojlanishi, taraqqiy topishi jamiyatning farovon va osoyishta hayot kechirishiga bog‘liqligi ayon bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam tinchlik-xotirjamlik eng katta ne’mat ekanligini ta’kidlab, bunday deganlar: “Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydi. Ular xotirjamlik va sihat-salomatlik” (Imom Buxoriy rivoyati).

Demak, tinchlik va xotirjamlik Alloh ta’oloning behisob bo‘lgan buyuk ilohiy ne’matlaridan. Shunday ekan, tinchlikning qadriga yetib, uning shukrini ado etish insonning burchlaridandir. Zero, hayotning bir maromda davom etishi, Haq taolo buyurgan ishlar xotirjam ado etilishi uchun ham osoyishtalik lozim bo‘ladi. Alloh taolo ham: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!” deya buyuradi (Baqara surasi, 208-oyat). Tinchlik, salimlik mavzusi o‘ta muhim bo‘lgani bois Qur’oni karim oyatlaridan o‘rin olgan. Zotan, arab tilidagi “salm”, “silm”, “salom”, va “islom” so‘zlari bir o‘zakdan chiqqan, turli ma’nodagi so‘zlar bo‘lsada, aynan bir maqsadga yo‘naltirilgandir.

Bandaga berilgan ne’matlarning qadriga yetishda va uni asrashda, bizga payg‘amlarlarning otasi bo‘lgan, Ibrohim alayhissalom o‘rnak bo‘lib kelgan. U zot o‘z davrida Makkaga tinchlik, uning ahliga rizq so‘ragani so‘zimizning yorqin misolidir: “Ibrohim: “Ey, Rabbim, bu (Makka)ni tinchlik shahri qilgin va uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga ishonuvchilarga (turli) mevalardan rizq qilib bergin” dedi” (Baqara surasi,126-oyat).

Alloh taolo bu orqali Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni o‘tgan payg‘ambarlar hayotidan xabardor qilish barobarida, ular so‘ragan narsalarni ham bildirib, shunga chaqirgan.

Bu ne’atlar bardavom bo‘lishi uchun ham insondan shukr va qadrlash talab etiladi. Tinchlik hukm surib turgan joyga yana tinchlik so‘rab duo qilish esa, muqaddas dinimiz buyuradigan ishlardan. Shunday ekan, inson kim bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zi yashab turgan, Alloh ne’mat qilib bergan Vatani, uning zilol suvlari, havosi, nozi ne’matlari va boshqa barcha sharoitlariga shukr qilib, uni ziyoda bo‘lishini so‘rab duo qilishi lozim.

Bugun dunyoda tinchligi, xotirjamligini yo‘qotganlar qancha. Bularni ko‘rib, eshitib turganlar ibrat olib, xulosalar chiqarib, o‘zlari uchun in’om qilingan tinchlik va xotirjamlikni qadrlab, asrab avaylashi lozim.

Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, xotirjamlikni saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj, hamlalardan, fitna va bo‘htonlardan himoya qilish, g‘arzli va manfur kimsalarning makrlariga uchmasdan, yosh avlodni ham ulardan xabardor qilib, islom ta’limotining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish har birimizning burchimizdir. Bu xususida Alloh taolo bunday degan: “Ezgulik va taqvo (yo‘li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo‘li)da hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir” (Moida surasi, 2-oyat).

Xulosa qiladigan bo‘lsak, dinimizning tinchlik va xotirjamlikka bo‘lgan e’tibori nechog‘lik katta, hamda bag‘rikenglik uning negizi ekani yaqqol namoyon bo‘ladi. Inson o‘zidagi ne’matning qadrini uning ustida mulohaza yuritish, shu ne’matdan o‘zgalar ham bahramand yoki bebahra ekanini o‘ylab ko‘rish bilan biladi. Bu esa Allohga yanada ko‘proq shukr qilishga undaydi.

Ne’matning bardavom bo‘lishi, uning shukri ado etilishiga ham bog‘liq. Yoshi ulug‘ nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ushbu ikki ulug‘ ne’matning mustahkamligini so‘rab duo qilishlari shundan. Alloh taolo yurtimiz tinchligi va xotirjamligini barqaror, bardavom, xalqimiz hayotini bundan-da farovon qilsin.

Isomiddin AHROROV

MAQOLA