O'zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasida Yaqin Sharq mintaqasidagi yirik sayyohlik kompaniyalaridan biri «Golden Arrow» rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Muzokaralar chog'ida O'zbekistonga Yaqin Sharq davlatlaridan sayyohlarni jalb qilish, shuningdek, kompaniya vakillarining Toshkentda bo'lib o'tadigan xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etishi masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunlari bo'yicha «Golden Arrow» kompaniyasi rahbariyati O'zbekistonning tarixiy shaharlariga sayyohlarni jalb etish bo'yicha hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning oliy mezoni va xalqimizga xos azaliy qadriyat ekanligining dalolatidir.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan bir guruh faxriylar holidan xabar olindi.
Ziyorat davomida Diniy idora tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, yoshlarga ibrat bo‘lgan ustozlar uylariga borilib, ularga ehtirom bildirildi. Hadyalar ulashildi.
Shu bilan birga, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Abdurashid qori Bahromov, Usmonxon domla Alimov, Abdurazzoq hoji Yunusov, Anvar qori Tursunov kabi marhum ulug‘larimizning xonadonlariga borilib, oila ahllari holidan xabar olindi.
Shuningdek, bunday tadbirlar joylardagi vakilliklar tomonidan ham amalga oshirilib, hech kim e’tibordan chetda qolmadi. Bunday tadbirlar orqali Islom dinida o‘tganlar xotirasiga ehtirom, tiriklarni qadrlash, ustozlar o‘gitlaridan bahramand bo‘lish kabi xayrli an’analar bardavom bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati