Doxa markazidan bir kilometr uzoqlikdagi Qatar etnografik qishlog'ida joylashgan masjid 2022 yilgi jahon chempionatiga kelgan butun dunyo futbol muxlislarining diqqatga sazovor joyiga aylandi.
TRT World xabariga ko'ra, sayyohlar islom dini ta'limotlarini tushunish uchun musulmonlar masjidiga kelishadi, Islom haqida xorijiy tillarni biladigan maxsus tayyorgarlikdan o'tgan voiz imomlar aytib berishadi. Shuningdek, masjid eshiklariga islom dini haqidagi ma'lumotlar aks ettirilgan 30 dan ortiq elektron planshetlar o'rnatilgan.
Bundan tashqari, tashrif buyurgan sayyohlarga maxsus bukletlar tarqatilmoqda.
Qatarning Vaqf va Islom ishlari vazirligi tomonidan Jahon chempionati muxlislarining Islom dini va uning ta'limotlari bilan tanishishiga oid maxsus pavil'on tashkil qilindi, ko'cha-ko'yda esa chempionat muxlislari savobli ishlarning ahamiyatini ifodalovchi hadislarni uchratishadi.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning oliy mezoni va xalqimizga xos azaliy qadriyat ekanligining dalolatidir.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan bir guruh faxriylar holidan xabar olindi.
Ziyorat davomida Diniy idora tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, yoshlarga ibrat bo‘lgan ustozlar uylariga borilib, ularga ehtirom bildirildi. Hadyalar ulashildi.
Shu bilan birga, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Abdurashid qori Bahromov, Usmonxon domla Alimov, Abdurazzoq hoji Yunusov, Anvar qori Tursunov kabi marhum ulug‘larimizning xonadonlariga borilib, oila ahllari holidan xabar olindi.
Shuningdek, bunday tadbirlar joylardagi vakilliklar tomonidan ham amalga oshirilib, hech kim e’tibordan chetda qolmadi. Bunday tadbirlar orqali Islom dinida o‘tganlar xotirasiga ehtirom, tiriklarni qadrlash, ustozlar o‘gitlaridan bahramand bo‘lish kabi xayrli an’analar bardavom bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati