«Bir kishi qalbi bilan tasdiqlagan holda tili bilan “Laa ilaha illalloh” desa, albatta, Alloh taolo unga hajahannamni harom qiladi” deyilgan» (Muttafaqun alayh).
Muso alayhissalom Alloh taologa munojot qilib: “Yo Rabbim! Menga shunday so'zlarni o'rgatki, men doimo shu so'zlar bilan Seni zikr qilayin”, dedi. Alloh taolo: «Ey Muso, Laa ilaha illalloh de, dedi». Muso alayhissalom: “Yo Rabbim! Barcha bandalaring shu kalimani aytadi. Men maxsus bir kalima istayman”, dedi. Alloh taolo: “Ey Muso, etti qavat osmon va ulardagi barcha narsalar: quyosh, oy, yulduzlar, jannatlar, Arsh, Kursi, farishtalar, etti qavat er va ulardagi narsalar, tog'lar, dengizlar, daryoyu anhorlar, dov-daraxtlar, jinlar va hayvonlar tarozining bir pallasiga, “Laa ilaha illalloh” kalimasi ikkinchi pallasiga qo'yilsa, shubhasiz, “Laa ilaha illalloh” kalimasi og'ir keladi», - deb marhamat qildi. (Imom Bag'aviy, “Sharhus sunna”).