Globallashib borayotgan bugungi kunda axborot texnalogiyalari ,ayniqsa internet yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylandi. Jahon axborot tarmog'i shiddat bilan rivojlanib,imkoniyatlari kun sayin kengayib bormoqda.
Ko'pchilik yoshlar internetni ma'lumot olishning asosiy manbai deb qaraydi. Internetga yangiliklardan xabardor bo'lish, do'stlar bilan muloqot qilish, musiqa va kino yozib olish uchun kirayotgan yoshlar, manashu axborot almashinuvi orqali ko'rinmas taxdidlar xujumi ostida qolayotganlarini sezmayapdilar. Natijada esa bazilari bunday xatarlarning qurboniga aylanmoqdalar.
Inson ongiga zimdan xavf soluvchi taxdid bu g'arazli niyatda yolg'on xabarlar yoki buzg'unchi g'oyalarni targ'ib etish orqali yoshlar ongini zaxarlashga qaratilgan xarakatlardir. Bu taxdidlar domiga tushgan kishida kelajakka ishonch susayadi yoki butkul yo'qoladi.
Global tarmoq orqali kelayotgan axborot yoki ma'lumotlarning ko'pchiligi insoniyatni taxlikali yo'llarga boshlashini, bu ma'lumotlar hammasi ham to'g'ri ma'lumotlar emasligini, hali ongi shuuri va e'tiqodi to'liq shakllanib ulgurmagan yoshlar tushunib etmayaptilar. Shuning uchun yoshlarda xabar va ma'lumotlarni tahlil eta olish malakasini xosil qilish zarur. Zero, har qanday xabar xam to'g'ri va xolis bo'lavermaydi. Har bir ma'lumotni tekshirish haqida Alloh taolo shunday deydi: “Ey mo'minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa,sizlar (haqiyqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qovmga aziyat etkazib qo'yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo'lmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko'ringiz” (Hujurot,6).
Internet tarmog'ida aqidaparastlik, behayolik va mas'ulyatsizlikka targ'ib etuvchi saytlar soni ko'payib bormoqda. To'g'ri va sof ekanligi tekshirilgan ma'lumotlar olish uchun yoshlar faqat “UZ” domenidagi saytlardan foydalanishsa ayni muddao bo'lar edi. Extiyotsizlik va beparvolik kishini ma'naviy buzulish va o'zi bilmagan holda e'tiqodiy qullikka olib boradi.
Donolar aytadilarki: Fazilatlilik shundaki, yaramas nopok niyatlardan voz kechish emas, balki ulardan mutlaqo xoli bo'lish kerak.
Shunday ekan jamiyatning barqarorligiga taxdid soladigan, xunrezlik, behayolik, qalloblik, buzg'unchilik kayfiyatidagi global tarmoqdagi sayt va guruhlardan xoli bo'lish darkor.
Namangan viloyati
“Mulla Toji Axmad” masjidi
imom noibi S Kamolov.
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mehr-oqibat, oqibat va xayr-saxovat marafonlari yangicha sur’at va keng yoyilmoqda. Inson qadrini ulug‘lashni bosh maqsad qilgan ushbu ezgu tashabbuslar yurtimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, yolg‘iz va boquvchisini yo‘qotgan farzandlarimizga mehr ulashishga qaratilgan.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan "Imom eshon Muhammad" jome masjidida yolg‘iz va boquvchisini yo‘qotgan farzandlarimiz uchun maktab formasi va o‘quv qurollarini berish tadbiri o‘tkazildi.
Ko‘ngillarga umid, yuraklarga quvonch taratgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Alisher Allaniyazov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin domla Razov va "Vaqf" xayriya jamoat fondi raisi A.Jolovshiyevlar ishtirok etib, 35 bolaga maktab formalari va bayram sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi.
Bunday g‘amxo‘rlik tadbiri farzandlarimizning ko‘zlarida quvonch uchqunini yoqib, ko‘ngillarida cheksiz faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.
"Inson qadri ulug‘langan, mehr-oqibat ustuvor bo‘lgan yurtda doimo taraqqiyot va baraka bo‘ladi."
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti