Har bir davrida adashgan, buzg'unchi toifalar chiqib turishi tarixdan ma'lum. Ularning umumiy belgilari, o'zaro o'xshashliklari mavjud. Keling, ular bilan birma-bir tanishib chiqsak:
1. O'z zamonasining olim va etakchi kishlarini tan olmaydi, o'zlaring xato fikrlariga yopishib oladi, xohishlariga qarshi fikr bildirgan har bir odamni haqorat qiladi, tuhmat uyushtiradi, ilimsizlikda ayblaydi.
2. Ko'rinishda adolat haqida kuyunchaklik qiladi, Islom himoyasiga, musulmonlarga mehribon bo'lishga, jannat bog'lariga kirishga chaqiradi, ammo o'zlari zulm va fasod ishlarni qilishda haddan oshadi.
3. Mavjud musulmon boshliqlarga itoat etmaydi, sulh ahdlarga rioya qilmaydi.
4. Ular Alloh taoloning: "Hukm faqat Allohdandir", oyatini, go'yoki shaxsan o'zlari uchun vahiy bo'lib tushgandek, suiiste'mol qiladi, Hohlagan kishini "kofir" deb e'lon qilishdan qo'rqmaydi.
5. O'zlari o'zboshimchalik bilan "xalifa" saylab olishadi, ammo haqiqiy "halifa" lari kibr va qaysarlik timsoli bo'lgan, qalblariga o'rnashib olgan, vasvasa qilvchi shayton ekanligini idrok eta olmaydi.
6. Musulmonlarning qonini to'kish va mol-mulkiga tajovuz qilishni o'ziga xalol sanaydi.
7. Shar'iy hukumlarni ado etishda o'z havoyi nafslariga ergashib ish yuritadi. Go'yoki rahbarlik va qozilik ularga yuklangandek chegaradan chiqadi. Jihod ma'nosini skistemol qiladi.
8. Qaysarliklari va ilmsizliklari sabab do'stni dushmandan ajrata olmaydi, shuning uchun shayton va ularning malaylari qo'llarida qo'g'irchoqqa aylandi.
Tarixiy manbalardan bu kabi adashgan toifalar ko'p uchragani, ularning kasofatidan Islom olamida ziddiyatlar paydo bo'lgani, hozirda ham "IShID" kabi adashgan toifalarning yovuliklarini ko'rgan jahon afkor ommasida Islom dini haqida noto'g'ri tasavvurlar hosil bo'lishi mumkinligi achinarli holdir. Albatta, Alloh taolo, Payg'ambarlari va Islom dini ular qilayotgan tajovuz va zulmlardan pokdir.
Alloh taolo yurtimizni bunday buzg'unchi oqimlardan omonda qilsin!
Namangan tumani Umarboy xoji masjid imom xatibi Qo'chqarov Nazirjon
Istiqlolimizning 35 yillik bayrami arafasida Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirokida Quvasoy shahrida xayriya tadbir o‘tkazildi. Unda 33 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 43 nafar bolajonga esa o‘quv qurollari va kiyim-kechaklar hadya qilindi.
Tadbirda farzandlar uchun munosib sharoit yaratish ezgulikning eng go‘zal ko‘rinishlaridan biri ekani, bugun yosh avlodning bilimi va kamoli uchun qilingan har bir xayrli amal ertangi kun taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilishi ta’kidlandi.
Bunday tadbirlar, shuningdek, Buvayda tumanidagi «Katta mahalla» masjidi jamoasi tomonidan ham tashkil etildi. Unda ijtimoiy ko‘makka muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlaridan 70 nafariga maktabda ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari tarqatildi. Bolajonlar mustaqillik bayrami hamda boshlanajak yangi o‘quv yili bilan muborakbod etildi.
Ilm va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslar Farg‘ona shahridagi "Xo‘jamberdiboy", So‘x tumanidagi "Sulton Mahmud" masjidi jamoasi tomonidan ham tashkil etilmoqda.
O‘MI Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati