Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

Mehr bulog'i

04.01.2024   902   2 min.
Mehr bulog'i

Bir kuni qarasam, kollejning birinchi kursida o'qiydigan o'g'lim o'ychan o'tiribdi. Nima bo'ldiykin desam, ertaga imtihoni ekan. Bolam damingni olaqol desam, “Yo'q, onajon, ertaga falsafa fanidan imtihonimiz bo'ladi, men bu fandan hech qaysi mavzuni tushunmaganman” desa bo'ladimi... yaxshigina asabiylashdim. Nega bu narsani oldinroq aytmaganini so'radim. “Oldinroq aytganingda qo'shimcha darslarga berib bo'lsa ham chorasini ko'rardik” deb urishdim.

G'azabim bosilgach, sal yumshoq ohangda “Bor, kitobingni olib kel, birga tayyorlanamiz” dedim. O'g'lim ko'zlarimga qarab: “Onajon dars tayyorlagim kelmayapti, undan ko'ra ozgina gaplashaylik” dedi. Ertaga imtihon bo'lsa, gaplashib o'tirishga balo bormi deb jerkib bergim keldi-yu, mayli, o'g'lim hech unday demagandi, qani nima gapi bor ekan deb istamaygina rozi bo'ldim.

O'g'lim bilan bir soatdan ko'proq samimiy suhbat qurdik. O'g'limning gaplaridan uni qiynayotgan narsa falsafa fani emas o'zining shaxsiy hayoti, kursdoshlari, o'rtoqlari bilan bog'liq muammolari ekanini, o'g'limning kursdoshlari ichidan bir qizda ko'ngli borligini ham bildim. Ochig'i bu narsalarni bilgach, farzandimdan uzoqlashib qolganimga, u bilan anchadan beri dildan suhbat qurmay qo'yganimga uyaldim. Suhbatlashib bo'lgach, o'g'lim uxlash uchun xonasiga kirib ketdi.

Namoz o'qib o'g'limni uzoq duo qildim. Keyin suv ichgani chiqib o'g'limning chirog'i o'chmaganiga ko'zim tushdi. Honasining qiya ochiq eshigidan mo'ralasam, uxlashga kirib ketgan o'g'lim ovozini chiqarib falsafa kitobini o'qib o'tiribdi. Shunda tushundimki, o'g'lim fanni yaxshi o'zlashtirgan, faqat imtihon oldi uni tushkunlikka tushirgan narsa ichidagi dardlarini aytishga dardkash topa olmagani, tashnaligini mehr bulog'i bilan qondira olmagani ekan. Bu fikrim to'g'riligiga ertasi kuni o'g'limning imtihon natijalarini ko'rganimda amin bo'ldim. Allohga shukrki, o'g'lim hamma fanlaridan ko'ra falsafa fanini yuqoriroq bahoga topshirgan edi.

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining

Farzand tarbiyasida 700 ta saboq” kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Dinshunoslik ekspertizasi va dinshunoslik ekspertiza xulosasi deganda nimalar nazarda tutiladi?

04.08.2025   114   1 min.
Dinshunoslik ekspertizasi va dinshunoslik ekspertiza xulosasi deganda nimalar nazarda tutiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi

Matbuot xizmati

VIDEO