Birinchisi, mo''tadil musulmon o'zining imoni bilan mashg'ul bo'ladi. Mutaassib musulmon esa, o'zganing imoni bilan mashg'ul bo'ladi.
Ikkinchisi, mo''tadil musulmon o'zini va o'zgalarni jannatga kiritish harakatida bo'ladi. Mutaassib musulmon esa, o'zganing do'zaxga kirishini isbotlash harakatida bo'ladi.
Uchinchisi, mo''tadil musulmon o'zgalarning xato va kamchiliklarini kechirish uchun uzrga yo'l axtaradi. Mutaassib musulmon esa, o'zgalarni ayblash va obro'larini to'kish uchun xato va kamchiliklarini axtaradi.
(Ali as-Solabiy)