Umra ziyoratidan qaytgan ayrimlar xayrli ishlarda ibrat bo'lish o'rniga kutib olishdagi isroflar: eng qimmatbaho avtoulovlarda yurish, ot yo tuyaga minish, ko'cha boshidan poyondozlar solish, marosimni to'yga, ba'zan esa Hudo kechirsin, shouga aylantirish kabilarga O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Munosabat bildirdilar.
Imom Abu Homid G‘azzoliy aytadilar: "Agar Alloh seni mol-dunyodan qisganini, ustingda balo va musibatlarni ko‘paytirganini ko‘rsang, bilginki, sen Uning huzurida azizsan. Uning huzurida darajang bor, seni avliyo va asfiyolari yo‘lida yurg‘izib qo‘ygandir. U seni ko‘rib turgan.
Alloh taoloning: "Robbingning hukmiga sabr qil, albatta sen ko‘z o‘ngimizdasan. Va qoyim bo‘lgan paytingda Robbingni hamdi bilan poklagin", deganini eshitmaganmisan?"