Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2025   |   10 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:57
Bismillah
08 May, 2025, 10 Zulqa`da, 1446

Bangladeshda O'zbekistonning sayyohlik salohiyati targ'ib qilinadi

10.11.2022   1257   1 min.
Bangladeshda O'zbekistonning sayyohlik salohiyati targ'ib qilinadi

O'zbekiston turizm va madaniy meros vazirining xalqaro turizmni rivojlantirish, ichki va ziyorat turizmi masalalari bo'yicha o'rinbosari Baxtiyor Ibrohimov Best Soursing kompaniyasi rahbari Mehdi Mahbubga Bangladeshdagi Turizm va madaniy meros vazirligining rasmiy vakili sertifikatini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.


Uchrashuv davomida Baxtiyor Ibrohimov Mehdi Mahbubga so'nggi yillarda O'zbekistonda ziyorat turizmi uchun katta imkoniyatlar yaratilgani, jumladan, yangi sayyohlik maskanlari, gastronomiya va ziyorat turizmi sohalarida joylar yuqori salohiyatga ega ekanligini ma'lum qildi. Bundan tashqari, hadis olimlarining ustozi Muhammad Al-Buxoriy va Naqshbandiya tariqatining kamolga etgan ko'plab izdoshlari shu zamindan kelib chiqqanligi alohida qayd etildi.
O'z navbatida, Mehdi Mahbub O'zbekiston xalqining mehmondo'stligi, turizm sohasidagi ulkan salohiyatini hisobga olgan holda ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo'yicha fikr va takliflarini bildirdi.
Uchrashuv davomida Mehdi Mahbub Bangladesh telekanallarida O'zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ'ib qiluvchi Ramazon dasturi loyihasini amalga oshirish, ikki mamlakat o'rtasida havo aloqalarini o'rnatish, bangladeshlik sayyohlar uchun O'zbekiston bo'ylab sayyohlik yo'nalishlarini rivojlantirish va tadbirlarni tashkil etish kabi masalalar bo'yicha o'z takliflarini bildirdi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Faxriylar va marhum ulamolar oilalaridan xabar olindi

08.05.2025   90   1 min.
Faxriylar va marhum ulamolar oilalaridan xabar olindi

Ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning oliy mezoni va xalqimizga xos azaliy qadriyat ekanligining dalolatidir.


9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan bir guruh faxriylar holidan xabar olindi.


Ziyorat davomida Diniy idora tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, yoshlarga ibrat bo‘lgan ustozlar uylariga borilib, ularga ehtirom bildirildi. Hadyalar ulashildi.


Shu bilan birga, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Abdurashid qori Bahromov, Usmonxon domla Alimov, Abdurazzoq hoji Yunusov, Anvar qori Tursunov kabi marhum ulug‘larimizning xonadonlariga borilib, oila ahllari holidan xabar olindi.


Shuningdek, bunday tadbirlar joylardagi vakilliklar tomonidan ham amalga oshirilib, hech kim e’tibordan chetda qolmadi. Bunday tadbirlar orqali Islom dinida o‘tganlar xotirasiga ehtirom, tiriklarni qadrlash, ustozlar o‘gitlaridan bahramand bo‘lish kabi xayrli an’analar bardavom bo‘ladi. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Faxriylar va marhum ulamolar oilalaridan xabar olindi Faxriylar va marhum ulamolar oilalaridan xabar olindi Faxriylar va marhum ulamolar oilalaridan xabar olindi Faxriylar va marhum ulamolar oilalaridan xabar olindi Faxriylar va marhum ulamolar oilalaridan xabar olindi Faxriylar va marhum ulamolar oilalaridan xabar olindi Faxriylar va marhum ulamolar oilalaridan xabar olindi Faxriylar va marhum ulamolar oilalaridan xabar olindi Faxriylar va marhum ulamolar oilalaridan xabar olindi Faxriylar va marhum ulamolar oilalaridan xabar olindi Faxriylar va marhum ulamolar oilalaridan xabar olindi
O'zbekiston yangiliklari