Yetti opa-singillar ota-onalarining ko'magi va daldasi sabab bunga erishdilar.
Ulardan uch nafari o'tgan hafta Misrda o'tkazilgan 30-xalqaro Qur'oni karim musobaqasining «Qur'on oilasi» nominatsiyasida bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Qoriyalar ularning oilasi xalqaro Qur'on musobaqasida oliy unvonni qo'lga kiritganidan juda xursand ekanini bayon etdi.
Qur'on hofizalari, shuningdek, xalqaro Qur'on tadbirini uyushtirgani uchun mamlakatning Avqof vazirligiga o'z minnatdorchiligini izhor etdi.
Misrning 30-xalqaro Qur'on musobaqasi 23-26 dekabr' kunlari mamlakatning yangi ma'muriy poytaxti Masjid Misrning «Dar-ul-Qur'on» markazida bo'lib o'tdi.
Ayni damda “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusidagi xalqaro anjuman qizg‘in davom etmoqda.
Tadbir avvalida Qur’on oyatlari tilovat qilindi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrigini Prezident maslahatchisi Ruslanbek Davletov o‘qib eshittirdi.
Tabrikda Prezidentimiz qatnashchilarni ulug‘ allomalar yurtiga tashrifi va nufuzli tadbirdagi ishtiroki bilan qutlab, buyuk vatandoshimiz asos solgan moturidiylik maktabi va ta’limoti e’tiqod borasida asrlar davomida bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat timsoli bo‘lib kelayotganini alohida qayd etgan.
Shuningdek, mamlakatimizda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy kabi buyuk allomalarimiz nomlari bilan ataladigan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi faoliyat ko‘rsatayotgani, jumladan, Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” va “Kitob at-tavhid” kitoblari ilk marta o‘zbek tiliga tarjima qilinib, keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgani ta’kidlab o‘tilgan.
O‘z navbatida anjuman ishtirokchilariga o‘z hayotini ana shunday ezgu ishga bag‘ishlab kelayotgani, Imom Moturidiy va O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan boshqa ulug‘ allomalarimizning boy ilmiy-diniy merosini o‘rganish yo‘lidagi mashaqqatli mehnati, izlanish va tadqiqotlari uchun samimiy minnatdorlik bildirib, ularga sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatida yangi yutuqlar va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilagan.
Anjuman ishtirokchilari Prezidentimizning tabrigi va iliq tilaklaridan bag‘oyat mamnun bo‘lishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati