Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Iyun, 2025   |   3 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:07
Quyosh
04:52
Peshin
12:26
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:46
Bismillah
28 Iyun, 2025, 3 Muharram, 1447

CNN Travel: O'zbekiston 2024 yilda tashrif buyurish uchun eng yaxshi maskan

03.01.2024   1967   2 min.
CNN Travel: O'zbekiston 2024 yilda tashrif buyurish uchun eng yaxshi maskan

CNN Travel O'zbekistonni 2024 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi maskanlardan biri sifatida e'tirof etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Amerika ommabop saytining yozishicha, 2023 yilda xalqaro turizm pandemiyadan oldingi darajasining qariyb 90 foiziga etgan.

Shularni hisobga olgan holda CNN Travel 2024 yilda sayohatlarni rejalashtirishda e'tiborga olish kerak bo'lgan 24 ta eng yaxshi maskanlar ro'yxatini e'lon qildi. Quvonarlisi, ushbu borib ko'rish shart bo'lgan joylar ro'yxatida O'zbekistonning tarixiy shaharlari ham qayd etilgan.

«Pandemiyadan oldin O'zbekiston mamlakatni jahon miqyosidagi sayyohlik markaziga aylantirish uchun bir qator ulkan islohotlarni hayotga tatbiq etayotgan edi, - deb yozgan CNN Travel. -Endi ushbu vazifalarni amalga oshirish vaqti keldi».

Nashrda qayd etilishicha, O'zbekiston 86 davlat fuqarolariga vizasiz kirish imkoniyatini taqdim etgan. Mamlakatning takrorlanmas landshafti va yaxshi saqlangan qadimiy arxitekturasi sayyohlarni kutmoqda.

«O'zbekistonning Hitoy va Hindistondan O'rta er dengizigacha bo'lgan tarixiy savdo yo'li – Buyuk Ipak yo'lida tutgan o'rnini chuqurroq tushunish uchun Samarqand, Buxoro va Hiva shaharlariga, albatta boring, — deb yozadi CNN. - Samarqanddan 3,5 soatlik masofada joylashgan Sentob qishlog'i 2023 yilda YuNYeSKO tomonidan «Eng yaxshi turizm qishlog'i» deb topildi». 

CNN Travel ma'lum qilganidek, poytaxt Toshkentni Samarqand va Buxoro shaharlari bilan bog'lovchi «Afrosiyob» tezyurar poyezdi bilan mamlakat bo'ylab sayohat qilish yanada osonlashdi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Agar bolam tuzalib ketsa...

27.06.2025   5089   1 min.
Agar bolam tuzalib ketsa...

Savol: Farzandim davolanish uchun xorijga ketgan edi. Men agar bolam tuzalib kelsa, tilla taqinchoqlarimni sadaqa qilaman, deb nazr qilgan edim. Alhamdulillah, tuzalib keldi. Sadaqa qilaman, deb tursam, qaynonam, taqinchoqlaringiz toza tilladan, uni menga soting va pulini sadaqa qilaverasiz, deb talab qilmoqda. Nima qilsam, to‘g‘ri ish qilgan bo‘laman?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazhabimizda zakot, fitr sadaqasi, ushr va nazr kabi vojib sadaqalarda, ularning qiymatini berish mumkin. Shu bois siz ham tillangizning o‘zini yoki sotib, pulini sadaqa qilsangiz ham bo‘ladi. Faqat sotishda, bozordagi narxi e’tiborga olinadi. Undan kam narxga sotish mumkin emas.

Kam narxga sotsangiz, tafovutini o‘zingizdan qo‘shib sadaqa qilishingiz lozim bo‘ladi. Masalan, tilla taqinchoqlaringiz narxi nazrni ado qilish kunlarida bozorda 10 million so‘m bo‘lsa, lekin tanishim yoki yaqin insonim deb, 8 millionga sotsangiz, yoniga 2 million qo‘shib, sadaqa qilasiz va shu bilan nazringizdan qutilasiz. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi