frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Soxta salafiylarning g'oyalari

02.11.2022   2734   1 min.
Soxta salafiylarning g'oyalari

Soxta salafiylarning bir nechta g'oyalari bo'lib, ulardan biri: Qur'on va sunnatda yozilgan qoidalarni so'zma so'z tushunib, ko'r-ko'rona amal qilish orqali boshqa manbalarni botilga chiqaradilar.

Fiqhiy turg'unlik har bir zamon allomasini xavotirga solgan holatdir. Voqelikni inobatga olmaydigan, har masalada harfiy yondashuvni yoqlaydigan toifalar o'z davrida Abu Muqotil Samarqandiyning “al-Olim va-l-mutaallim” kitobida Imom Abu Hanifa va uning shogirdi o'rtasidagi savol-javobda ham tanqid ostiga olinadi. Jumladan, shogird Imom Abu Hanifaga savol beradi:

  • Men turli saviyadagi odamlar bilan muloqotda bo'lib turaman. Ulardan, inshaalloh, mening nazarimda eng past saviyada bo'lganlaridan gapni boshlayman. Menga ularga qarshi dalillarni ayting. “Bu ishga aslo daxl etma. Zero, sahobiylar ham bu ishlarning hech biriga daxl etmaganlar. Ular qilganini qil”, deydigan toifalarni ko'rdim. Ular toshqin daryo ichida turgan, uning sayoz joyini bilmaganidan g'arq bo'layotganga, joyingda tur, sayoz joyni izlama, deyayotgan kishiga o'xshaydilar.

Hakim Samarqandiy esa Qur'on oyatlarining zohiriga qarab hukm olish borasida fikr yuritib, “Qur'ondagi hamma narsani ham zohiriga qarab sharhlash mumkin emas, chunki Qur'onda ko'p o'rinlarda oyatlarning zohiri boshqa ma'noni, botini boshqa ma'noni anglatadi. Allohdan qo'rqing. Qur'onni faqat o'z ra'yingizdan kelib chiqib sharhlamang”, deb bu ishnining shariat ko'rsatmasiga xilof ekanini ta'kidlagan.

    Zayniddin EShONQULOV – O'MI Samarqand viloyat vakili, viloyat bosh imom xatibi (manbalar asosida)

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Ot izini toy bosar

14.08.2026   22981   1 min.
Ot izini toy bosar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».


Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.


Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:


– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.

– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...

– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.

Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.

– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.

– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.


Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.


Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.


Akbarshoh RASULOV