frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Makka fathidan keyin "hijrat" yo'q

01.11.2022   2696   3 min.
Makka fathidan keyin

Muqaddas dinimizda musulmonlar avvaliga Habashistonga , keyinchalik Muhammad alayhissalom boshchiligida Makka shahridan Madina shahriga hijrat qilganlari ma'lum. Va mana shu keyingisi dinimizdagi ulug' xodisa sifatida qamariy yil hisobining boshlanish sanasi sifatida tanlangan. Agar biz mazkur hijratlarda musulmonlar o'z yashab turgan erlaridan boshqa yurtlarga ketishga jonlari, e'tiqodlari va mol-mulklariga nisbatan xatarning o'ta kuchayganligi oqibatida hijrat sodir bo'lgan.

Hijrat ikki turga bo'linadi. Birinchisi yurtni tark etish va ikkinchisi gunohlarni tark etishdir.

Ibn Mas'ud rivoyat qilgan xadisda aytiladi: “....Rasululloh alayhissalom: “Makka fatxidan so'ng hijrat yo'q......” dedilar” (Imom Buxoriy rivoyati.)

Mazkur xadisni o'zidan oldin kelgan barcha xijrat to'g'risidagi xadislarni bekor ya'ni nasx qiluvchi ekanligini ulamolarimiz ta'kidlaganlar. Bundan ma'lum bo'lishicha yurtni tark etish bekor qilindi. Yana bir xadisda: “Rasululloh alayhissalom aytganlar: “Qo'li va tili bilan o'zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir. Alloh taolo man etgan narsalardan qaytgan kishi Hudo yo'lida xijrat qilgan kishidir” deganlar” (Imom Buxoriy rivoyati.) Ulamolar xadisni sharg'lab undagi “xijrat” dan murod “tark qilishdir” deganlar. Mana shu turdagi hijrat bugun ham mavjudligi xadisdan ma'lum bo'lmoqda.

Bugungi kunda aqiydaparastlar hijrat masalasida Qur'onnning “Niso” surasi 97- oyatini dalil qiladi: “O'ziga zulm qiluvchi xolda joni olinayotganlarga farishtalar: “Nima qilayotgan edinglar?” -derlar. Ular: “Yer yuzida bechora edik”, derlar. “Allohning eri keng edi-ku, xijrat qilsangiz bo'lmasmidi?” derlar. Ana o'shalarning joyi jahannamdir u qanday ham yomon joy!”.

Vaxolanki, ulamolar mazkur oyat avval islomni qabul qilib, Makkada yashab kelgan bo'lsada, Badr jangida Makkaliklar safida turib, musulmonlarga qarshi jangda ishtirok etganlar xaqida nozil bo'lganligini ta'kidlaydilar.

Shuningdek ulamolarning fikriga ko'ra, yuqoridagi oyat zajr, ya'ni qo'rqitish ma'nosidagi matn bo'lib, bunday matnlardan xulosa qilish uchun asl xukmlarga qaytiladi. Ya'ni asl xukm bo'yicha musulmonlar xech qachon do'zaxda abadiy qoladigan kofir bo'lmaydi.

Ibn Umar roziyallohu anhdan rivoyat qilingan xadisda aytiladi: “Rasululloh alayhissalom xuzurlariga bir kishi kelib: “Ey Allohning Rasuli, men ota-onamni yig'lagan xolda tashlab, xijrat qilish uchun sizning xuzuringizga keldim,- dedi. U zot alayhissalom esa “Ota-onang oldiga qaytib, ularni qanday yig'latgan bo'lsang, shunday kuldirgin, -deb javob berdilar.”

Yuqoridagi dalillardan musulmonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Islom dinining beshta arkoni emin-erkin bajarib kelinmoqda. Jannatmakon yurtimizga ko'z tegmasin. Halqimizni birdamlikda xayot kechirishini bardavom aylasin.

Namangan tumani Umarboy xoji jome' masjidi imom xatibi Qo'chqarov Nazirjon

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

24.08.2026   39988   1 min.
O‘zbekiston Prezidenti Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo o‘qildi.

Majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyini o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari