Turizmga bo'layotgan qiziqish, sayyohlar oqimining asosiy qismi musulmon mamlakatlaridan ekanligi, “halol turizm”ni rivojlantirish va salohiyatini yuksaltirish maqsadida, SMIIC tashkiloti tomonidan "OIC/SMIIC 9:2019, Halal Tourism Services – General Requirements" standarti qabul qilindi. Ushbu standart SMIIC tashkilotining Turizm va Turizmga oid masalalar (TS 5) texnik qo'mitasi tomonidan ishlab chiqildi.
Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) mamlakatlari orasida Global Muslim Travel Index 2019 reytingiga asosan O'zbekiston ziyorat turizmi bo'yicha dunyodagi kuchlik 10 talikdan o'rin olgan.
Yangi standart xaqidagi qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi havolaga o'tishingiz mumkin- https://www.smiic.org/index.php/en/content/595
Ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning oliy mezoni va xalqimizga xos azaliy qadriyat ekanligining dalolatidir.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan bir guruh faxriylar holidan xabar olindi.
Ziyorat davomida Diniy idora tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, yoshlarga ibrat bo‘lgan ustozlar uylariga borilib, ularga ehtirom bildirildi. Hadyalar ulashildi.
Shu bilan birga, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Abdurashid qori Bahromov, Usmonxon domla Alimov, Abdurazzoq hoji Yunusov, Anvar qori Tursunov kabi marhum ulug‘larimizning xonadonlariga borilib, oila ahllari holidan xabar olindi.
Shuningdek, bunday tadbirlar joylardagi vakilliklar tomonidan ham amalga oshirilib, hech kim e’tibordan chetda qolmadi. Bunday tadbirlar orqali Islom dinida o‘tganlar xotirasiga ehtirom, tiriklarni qadrlash, ustozlar o‘gitlaridan bahramand bo‘lish kabi xayrli an’analar bardavom bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati