frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Fitnaning Qur'on va Sunnatdagi ma'nolari

19.10.2022   2634   12 min.
Fitnaning Qur'on va Sunnatdagi ma'nolari

Fitna so'zi Alloh taoloning kitobi Qur'oni karimda bir nechta ma'nolarda kelgan. Ahli ilm ulamolar ularni yig'ib, o'n beshtagacha etkazganlar. Ba'zilar o'n bitta ham deyishgan.

  • Sinov va imtihon ma'nosida.“Ankabut” surasining 2-oyatida:

أَحَسِبَ النَّاسُ أَن يُتْرَكُوا أَن يَقُولُوا آمَنَّا وَهُمْ لَايُفْتَنُونَ

 “Odamlar: “iymon keltirdik” deyishlari ila imtihon qilinmay tark etilishlarini o'yladilarmi?” degan. Oyatdagi “Laa yuftanuun” so'zi imtihon, sinov ma'nosida kelmoqda[1].

  • To'g'ri yo'ldan to'sish ma'nosida. “Moida” surasi 49-oyatda

وَأَنِ احْكُم بَيْنَهُم بِمَاأَنزَلَ اللّهُ وَلاَ تَتَّبِعْ أَهْوَاءهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَن يَفْتِنُوكَ عَنبَعْضِ مَا أَنزَلَ اللّهُ إِلَيْكَ فَإِن تَوَلَّوْاْ فَاعْلَمْ أَنَّمَا يُرِيدُ اللّهُ أَن يُصِيبَهُمبِبَعْضِ ذُنُوبِهِمْ وَإِنَّ كَثِيراً مِّنَ النَّاسِ لَفَاسِقُون(49)

         “Ular orasida Alloh nozil etgan narsa ila hukm yurit. Ularning xohishlariga ergashma va ular seni Alloh senga nozil qilgan narsada fitnaga solishlaridan hazir bo'l”[2] , deyilgan. Imom Qurtubiy oyatdagi “an yaftinuka” so'zini “seni yo'ldan to'sadilar” deb tafsir qilganlar.

  • Azob ma'nosida. Hahl surasi 110-oyat.

ثُمَّ إِنَّ رَبَّكَلِلَّذِينَ هَاجَرُواْ مِن بَعْدِ مَا فُتِنُواْ ثُمَّ جَاهَدُواْوَصَبَرُواْ إِنَّ رَبَّكَ مِن بَعْدِهَا لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ {110}

Oyatdagi “futinu” so'zi “uzzibuu”, ya'ni azoblanganlar ma'nosida kelgan.

  • Shirk . Alloh taolo Baqara surasi 193-oyatda

وَقَاتِلُوهُمْ حَتَّى لاَ تَكُونَ فِتْنَةٌ وَيَكُونَالدِّينُ لِلّهِ فَإِنِ انتَهَواْ فَلاَ عُدْوَانَ إِلاَّ عَلَى الظَّالِمِينَ {193}

“Fina bosilib, butun din Alloh uchun bo'lgunga qadar ular bilan urushingiz! Agar tinsalar, u holda zolimlardan boshqaga nisbatan adovat qilishlik (Islomda) yo'q”,[3] deb marhamat qilgan. Ibn Kasir oyatdagi “fitna” so'zini “shirk” deb, tafsir qilganlar.

  • Kufr ma'nosida. Oli Imron surasi 7-oyatda

فَأَمَّا الَّذِينَ في قُلُوبِهِمْ زَيْغٌ فَيَتَّبِعُونَ مَا تَشَابَهَمِنْهُ ابْتِغَاء الْفِتْنَةِ وَابْتِغَاء تَأْوِيلِهِ وَمَا يَعْلَمُ تَأْوِيلَهُ إِلاَّ اللّهُ

“Ammo dillarida og'ish bor kimsalar odamlarni fitnaga solish va o'z talqiniga muvofiq ma'nolar berish uchun uning (Qur'onning ) mutashobih oyatlariga ergashadilar”[4] deyilgan.

  • Gunoh va ma'siyatga tushib qolish. Bunga misol Alloh taoloning Hadid surasining 14-oyatidagi

 يُنَادُونَهُمْ أَلَمْ نَكُن مَّعَكُمْ قَالُوا بَلَى وَلَكِنَّكُمْ فَتَنتُمْأَنفُسَكُمْ وَتَرَبَّصْتُمْ وَارْتَبْتُمْ وَغَرَّتْكُمُ الْأَمَانِيُّ حَتَّى جَاء أَمْرُاللَّهِ وَغَرَّكُم بِاللَّهِ الْغَرُور

Ularga (munofiqlar): “Biz siz bilan birga emasmidik?!” – deb nido qilurlar. Ular: “Huddi shunday. Lekin sizlar Allohning amri kelguncha o'zingizni o'zingiz fitnaga duchor qildingiz, ko'z tikib kutdingiz, shubha qildingiz va sizlarni xomxayollar g'ururga ketkazdi. Sizlarni Alloh haqida aldamchi aldab qo'ydi”[5] degan so'zi. Imom Bag'aviy oyatdagi “fatantum anfusakum” jumlasini “O'zlaringizni nifoqqa tashladingiz va shahvat va ma'siyatlarni qilish bilan halok qildingiz”, deb tafsir qilganlar.

  1. Qatl qilish va asir olish. Alloh taolo Niso surasi 101-oyatida:

إِنْ خِفْتُمْأَن يَفْتِنَكُمُ الَّذِينَ كَفَرُواْ إِنَّ الْكَافِرِينَ كَانُواْ لَكُمْ عَدُوّاً مُّبِيناً {101}

“Agar kufr keltirganlar sizlarni fitna qilishidan qo'rqsangiz” degan. Bundan murod, kofirlarning mo'minlar namozda sajda holatida turganlarida ularni qatl qilish yoki asir olish uchun hamla qilishlaridir. Ibn Jarir mana shu gapni aytganlar. Ya'ni bundan “Agar kufr keltirganlar sizlarni o'dirish yoki asirga olishidan qo'rqsangiz” degan ma'no kelib chiqadi.

  • Insonlarning ixtilof qilishi va o'zaro qalblarining birlashmasligi.
  • Junun ya'ni jinnilik. Alloh taoloning Qalam surasi 6-oyatida:

وَيُبْصِرُونَ فَسَتُبْصِرُ {5} بِأَييِّكُمُ الْمَفْتُونُ {6

“Bas,   tezda ko'rasan va ular ham ko'rurlar. Sizlardan  qaysingizda majnunlik borligini”[6] degan so'zi. Bu oyatdagi “maftun” so'zi “majnun” ma'nosida kelgan.

  • Olov bilan yondirish. Buruj surasining 10-oyatida:

إنَّ الَّذِينَفَتَنُوا الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ ثُمَّ لَمْ يَتُوبُوا فَلَهُمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَلَهُمْعَذَابُ الْحَرِيقِ

“Albatta, mo'min va mo'minalarni fitna qilib, so'ngra tavba qilmaganlarga, ana o'shalarga jahannam azobi va kuydiruvchi azob bor”[7], deb marhamat qilingan.

  • Zalolat ma'nosida. Moida surasi 41-oyatida:

وَمَن يُرِدِ اللّهُ فِتْنَتَهُ فَلَن تَمْلِكَ لَهُ مِنَ اللّهِ شَيْئا

 “Kimniki Alloh (fitnada) sinashni istasa, Siz uning uchun Allohdan hech narsaga ega bo'la olmaysiz”[8], degan. Bu oyatdagi fitna so'zi “zalolatga ketish “ ma'nosida kelgan. Buni Abu Hayyon aytganlar. 

  • Hujjat va uzr ma'nosida. An'om surasi 23-oyatida:

 ثُمَّ لَمْ تَكُن فِتْنَتُهُمْ إِلاَّ أَن قَالُواْ وَاللّهِرَبِّنَا مَا كُنَّا مُشْرِكِينَ {23}

 “So'ngra ularning fitnasi (uzri) faqat:”Robbimiz – Allohga qasamki, (biz)mushrik bo'lmaganmiz!”[9] – deyishlari bo'lur.

  • Uqubat ma'nosida. Nur surasi 63-oyatida:

فَلْيَحْذَرِ الَّذِينَ يُخَالِفُونَ عَنْ أَمْرِهِأَن تُصِيبَهُمْ فِتْنَةٌ أَوْ يُصِيبَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ {63}

“(Payg'ambarning) amriga xilof ish tutadigan kimsalar o'zlariga biror kulfat etib qolishidan yoki alamli azob etib qolishidan saqlansinlar”, deyilgan. 

  • Bemorlik ma'nosida. Tavba surasi 126-oyatida:

أَوَلاَ يَرَوْنَأَنَّهُمْ يُفْتَنُونَ فِي كُلِّ عَامٍ مَّرَّةً أَوْ مَرَّتَيْنِ ثُمَّلاَ يَتُوبُونَ وَلاَ هُمْ يَذَّكَّرُونَ {126}

         “Ko'rmaydilarmi, (ular) har yili bir yoki ikki marta sinovga uchramoqdalar. (Shundan) so'ng (ham) na tavba qiladilar va na eslatma oladilar”[10], deyilgan.

 Ibn Hajar rahmatullohi alayh aytadilar: “Fitna so'zidan nima iroda qilingani kalomning siyoqi va uning qarinalaridan bilinadi”. “Zodul maod” kitobining muallifi o'zlarining kitoblarida quyidagilarni aytganlar: “Ularni mana shunday bir-birlariga fitna qildik” yoki Muso alayhissalomning oyatdagi “Bu faqat sening fitnangdir. U bilan xohlagan kishingni adashtirasan va xohlagan kishingni hidoyat qilasan” degan so'zi kabi Alloh taolo O'ziga izofa qilgan yoki Allohning Rasuli Unga izofa qilgan fitna bu boshqa ma'nodadir. Bular Alloh taoloning O'z bandalarini yaxshilik va yomonlik, ne'mat va musibat bilan imtihon qilishi ma'nosidadir. Bular boshqa turdagi fitnalar , mushriklarning fitnasi esa boshqa xil. Mo'minning moli, farzandi va qo'shnisidagi fitnasi boshqa xil. Ali va Muoviya o'rtasidagi, Jamal ahli o'rtasidagi kabi  Islom ahli orasida sodir bo'lgan fitnalar esa boshqa xildagi fitnalardir”.

         Yuqorida aytib o'tganimizdek, balo-musibatlar, o'ldirishlar, azoblar kabi ishlardan bo'ladigan fitnalar Alloh taolo tarafidan ham banda tarafidan ham bo'lishi mumkin ekan. Lekin bu erda tushunishimiz kerak bo'lgan bir narsa bor. U ham bo'lsa Alloh tarafidan bo'lgan fitna qanday bo'ladi-yu, banda tarafidan bo'lgan fitna qanday bo'ladi? Agar fitna Alloh tarafidan bo'ladigan bo'lsa, bu Alloh O'zi biladigan hikmatga ko'ra bo'ladi. Lekin Allohning amrisiz banda tarafidan bo'ladigan bo'lsa, bu malomatga sabab bo'ladigan fitnadir. Alloh taolo Qur'onda “Fitna urushdan ashaddiyroqdir” deb, insonni  mazammat qilgan fitna mana shudir.

 

Shermuhammad domla Boltayev,

Horazm viloyati, Shovot tumani Yusuf Hamadoniy

jome masjidi imom-xatibi

 

 

[1]Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Qur'oni karim va uning o'zbek tilidagi ma'nolar tarjimasi – T.: “Sharq” 2011. 396-b

[2] Shayx Abdulaziz Mansur, Qur'oni Karim ma'nolarining tarjimasi – T. “Toshkent Islom Universiteti”, 2001. 78-b

[3] Shayx Abdulaziz Mansur, Qur'oni Karim ma'nolarining tarjimasi – T. “Toshkent Islom Universiteti”, 2001. 30-b.

[4]Shayx Abdulaziz Mansur, Qur'oni Karim ma'nolarining tarjimasi – T. “Toshkent Islom Universiteti”, 2001. 47-b.

[5]Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Qur'oni karim va uning o'zbek tilidagi ma'nolar tarjimasi – T.: “Sharq” 2011. 539-b

[6] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Qur'oni karim va uning o'zbek tilidagi ma'nolar tarjimasi – T.: “Sharq” 2011. 564-b.

[7]Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Qur'oni karim va uning o'zbek tilidagi ma'nolar tarjimasi – T.: “Sharq” 2011. 590-b.

[8]Shayx Abdulaziz Mansur, Qur'oni Karim ma'nolarining tarjimasi – T. “Toshkent Islom Universiteti”, 2001. 113-b.

[9]Shayx Abdulaziz Mansur, Qur'oni Karim ma'nolarining tarjimasi – T. “Toshkent Islom Universiteti”, 2001. 145-b.

[10]Shayx Abdulaziz Mansur, Qur'oni Karim ma'nolarining tarjimasi – T. “Toshkent Islom Universiteti”, 2001. 237-b.

 

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Saudiya matbuoti: O‘zbekiston madaniy-gumanitar, turizm sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

24.08.2026   26247   1 min.
Saudiya matbuoti: O‘zbekiston madaniy-gumanitar, turizm sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

Saudiya Arabistonining nufuzli OAVda O‘zbekistonning madaniy-gumanitar, turizm va sport sohalaridagi xalqaro hamkorligi hamda mamlakatda bo‘lib o‘tadigan yirik tadbirlarga bag‘ishlangan tahliliy maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, Saudiya Arabistonining “Amwaj” nashrida joriy yilning 24–29 avgust kunlari Toshkentda “Islom sivilizatsiyasi: yangicha nigoh, yangi kashfiyotlar” mavzusida xalqaro mediaforum o‘tkazilishi keng yoritildi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadigan ushbu yirik tadbirga yetakchi xorijiy jurnalistlar va xalqaro ekspertlar to‘planishi qayd etilgan. Forum dasturi yalpi majlislar, talabalar uchun mahorat darslari, mediaturlar va Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qilishni o‘z ichiga oladi hamda O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligini nishonlashga bag‘ishlanadi.

Shuningdek, nashrda Samarqandda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan birinchi O‘zbekiston–Gruziya turizm forumi ham yoritilgan. Ta’kidlanishicha, tadbir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Tomonlar qo‘shma sayyohlik mahsulotlarini yaratish, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni kengaytirish va turizmning yangi turlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan. Gruziyadan kelayotgan sayyohlar oqimining sezilarli darajada oshgani va O‘zbekiston turizm sohasining umumiy ko‘rsatkichlari yuqori ekani qayd etilgan.

“Saudi Press Agency” axborot agentligi Jidda shahrida Saudiya Arabistoni Islom ishlari, da’vat va irshod vazirligi hamda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi o‘rtasidagi Anglashuv memorandumiga doir ijro dasturi imzolangani haqida xabar berdi.

Ushbu hujjat mo‘tadillik tamoyillarini mustahkamlash, ekstremizmga qarshi kurashish, voiz va imomlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish, Qur’oni Karim ma’nolarini o‘rganish va yoyish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari