Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2025   |   20 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:03
Quyosh
05:31
Peshin
12:33
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:49
Bismillah
14 Avgust, 2025, 20 Safar, 1447

Axloqsiz chalamulla, deyilayotgan shaxs aslida firibgar!

13.10.2022   1611   1 min.
Axloqsiz chalamulla, deyilayotgan shaxs aslida firibgar!

Shu kunlarda ommaviy axborot vositalarida “Kattaqo'rg'onlik chala mulla, o'zini o'qitishga kelgan ayolga tegajog'lik qildi” sarlavhali xabar turli bahs-munozalarga sabab bo'lmoqda.

O'zbekiston musulmonlari idorasi ushbu holat yuzasidan o'rganish ishlarini olib bordi. Natijada, mazkur shaxs Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanida yashovchi, folbinlik, firibgarlik, ichkilikbozlik kabi dinimizda qattiq qoralangan ishlar bilan shug'ullanadigan F.H. ismli fuqaro ekani ma'lum bo'ldi.

Ushbu shaxs hech qanday diniy ma'lumot yoki diniy rutbaga ega emas. Lavhada aytilgan, “al-Buxoriy” nomli madrasa ham O'zbekiston hududida faoliyat olib bormaydi. Arab tili kabi biror o'quv kurslarda o'qish shaxsga hech qanday diniy faoliyat olib borish uchun asos bo'lmaydi.

Demakki, ushbu shaxsga nisbatan “mulla” so'zini ishlatish mutlaqo noto'g'ri, uning dinga va mullalikka umuman aloqasi yo'q. Aksincha, u folbinlik, firibgarlik, ichkilikbozlik kabi illatlarga ruju qo'ygan kimsadir.

Ta'kidlash kerakki, “mulla”, “imom”, “madrasa” kabilar Islom shiorlari hisoblanadi. Alloh taolo islom shiorlarini ulug'lashga targ'ib qilish barobarida ularni hurmatsiz qilishdan qattiq qaytargan. Ayniqsa, turli noloyiq ishlarni “mulla”, “imom”, “madrasa” kabi islom shiorlariga bog'lash esa katta gunohdir.

Hulosa shuki, OAV va ijtimoiy tarmoq yurituvchilari turli voqea-hodisalarni ommani jalb qilish maqsadida, din bilan bog'lab ko'rsatishdan saqlanishlarini so'raymiz. Shuningdek, asossiz xabar tarqatish Islom dini ko'rsatmasiga ko'ra, katta gunoh, qonunchilikda esa javobgarlikka omil ekanini eslatib o'tamiz.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda

13.08.2025   4137   1 min.
Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
 

Bugun, 13 avgust kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan diniy ta’lim, haj-umra, masjidlar holati, oilaviy muammo va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.


Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.


Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda Fuqarolar murojaati tinglanib, aksariyati hal etilmoqda
O'zbekiston yangiliklari