Islom dini o'z nomi bilan tinchlik dinidir. Insoniyatga islom ne'matini ato etgan ilohiy vahiy Qur'oni Karimning axloqiy asosi oqibat, rahim-shavqat, mehribonlik, kamtarlik hurmat va tinchlikka asoslanadi.
Bag'rikenglik sifatiga ega bo'lgan Islom dini, insoniyatga Allohning marhamati, ulug' ne'mati bo'lib nozil qilinganligi Qur'oni Karimda bayon qilingan:
“Ana endi bugun, dinimizni kamoliga etkazdim, ne'matimni tamomila berdim va sizlar uchun islomni din bo'lishiga rozi bo'ldim…” Lekin bu Islom dinini noto'g'ri tushungan kimsalar har xil yo'llar bilan yoshlarimizni ijtimoiy tarmoqlarda buzg'unchi g'oyalar bilan hayollarini buzmoqda.
Afsuski bazi yoshlarimiz dunyoqarashi, ong-tafakkuri tor bo'lganligi uchun islom dinini asl moxiyatini to'g'ri tushunmasligi tufayli buzg'unchilarning o'rgimchak to'riga o'zlari bilmagan holda ilinib qolishmoqda. Yoshlarimizning bunday ahvolga tushishlariga biz ota-onalar eng birinchi aybdorlarmiz. Chunki farzandlarimizga to'g'ri tarbiya bermaganligimiz, ular bilan doimo aloqada bo'lmaganligimiz. Islom dini xaqida to'liq va mukammal tushuncha bermaganligimiz biz ota onalarning aybimiz.
Alloh taolo Baqara surasining 205-oyatida: “Alloh buzg'unchilik fasodni sevmaydi” deya marhamat qiladi.
Payg'ambarimiz (alayhissalom) hadislarining birida:
“Qaysi birimiz tongda uyqudan uyg'onganda oilasi tinch, tani sog' va uyida bir kunlik eguligi bo'lsa, bilsinki unda dunyodagi barcha ne'matlar mujassam ekan”.
Tinchlik- bu Islom shioridir. Shunday ekan bu tinchlikning qadriga etaylik. Farzandlarimizga to'g'ri va mukammal tarbiya beraylik. Islom dinini tinchlikka bulgan e'tibori nechog'lik katta, hamda bag'rikenglik uning negizi ekanligini tug'ri tushuntiraylik.
Alloh taolo yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini barqaror aylab, xalqimiz farovonligini bundan ham ziyoda qilsin!
Bahodir domla SUYuNBOYeV
Guliston shahar «At-Termiziy»
masjidi imom-xatibi.
Joriy yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi.
Davlatimiz Rahbari tomonidan har jabhada olib borilayotgan yangilanish va islohotlarga hamohang tarzda Diniy idora tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda jami 700 nafar pedagog va soha mutaxassisi, jumladan, 300 nafar ishtirokchi bevosita anjuman zalida, 400 nafar ishtirokchi esa hududlardan videoselektor orqali qatnashadi.
Anjumandan ko‘zlangan maqsad sohadagi istiqbolli rejalarni muhokama qilish, diniy ta’limda pedagogik va kasbiy mahoratni oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng tatbiq etish hamda diniy ta’limni yangi bosqichga olib chiqishdir.
Dastur doirasida soha rahbarlari ishtirokida tahliliy ma’ruzalar, taniqli professorlar tomonidan mahorat darslari, ilmiy-metodik mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishib, Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati