frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Abdulloh ibn Muborak: Dunyoga kelishlari – 3 qism

28.12.2023   1221   2 min.
Abdulloh ibn Muborak: Dunyoga kelishlari – 3 qism

U kishining tug'ilgan sanalari manbalarda turlicha kelgan. Hijriy 118 yoki undan bir yil keyin tug'ilganlar. Boshqa rivoyatda 110 deyilgan. Hatib Bag'dodiy Ibn Muborakdan keltiradilar: “Abdulloh ibn Idris menga yosh haqida eslatdi va mendan necha yoshligimni so'radi. Men unga aytdim: “Ajamlar buni yodlab qolmaydilar, lekin, Abu Muslim chiqqanida qora kiyganimni eslayman, o'shanda yosh bola edim”. U aytdi: “Sen ham qora kiyishga duchor bo'ganmiding?”. Aytdim: “Bundan ham kichikroq edim. Abu Muslim hammani – kattayu kichikni qora kiyishga majbur qilgan edi”. Ko'rinib turibdiki, bu Abbosiylar hukmronligining ilk davrlarida, qora kiyishni o'zlariga shior qilib olganlarida bo'lgan. Halqning barchasini shunga majburlaganlar. Abbosiylar 132 yil paydo bo'lgan bo'lsa, demak tug'ilishlari 110 hijriy bo'ladi”[1].

Lekin manbalar[2]da 118 hijriyda tug'ilganlari etilgan. Buni Ahmad ibn Hanbal ham aytganlar. Vafotlari hijriy 181 yil, 63 yoshlarida bo'lgan.

Hurosonning mashhur shaharlaridan biri Marvda tug'ilganlar. Marvi Shohijon deb atalgan. Bu shahar va uning odamlari haqida o'tgan qismlarda so'z yuritdik.

 N.Saidakbarova,

Toshkent Islom instituti

“Hadis va Islom tarixi” kafedrasi o'qituvchisi.

 

[1] “Tarixi Bag'dod”, 10:154.

[2] “Tahzibut tahzib”, “Tobaqot”, “Al-Bidoya va An-Nihoya”, “Vafayotul ayo'n”, “Siyari a'lomun nubalo”.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi

27.08.2026   4581   1 min.
Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida diniy-ma’rifiy sohada samarali faoliyat yuritayotgan, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash va yoshlarni yot g‘oyalardan asrash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh soha xodimlari taqdirlandi.
 

Tadbirda Qumqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Eshqobilov ishtirok etib, yig‘ilganlarni qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularning el-yurt osoyishtaligi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishdagi xizmatlarini yuqori baholadi.


Marosimda fidoyi soha xodimlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari va bayram esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari