Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Avgust, 2025   |   11 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:50
Quyosh
05:22
Peshin
12:34
Asr
17:29
Shom
19:39
Xufton
21:04
Bismillah
05 Avgust, 2025, 11 Safar, 1447

PAQILDOQDAN OGOH BO'LING

28.12.2023   960   6 min.
PAQILDOQDAN OGOH BO'LING

Alhamdulillah, so'nggi yillarda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Paqildoq o'ynashi oqibatida ko'zi ko'r bo'lib qoldi”, “Qo'li kuyib qoldi”, “..uyga o't ketdi” kabi turli ko'ngilsiz voqealar haqidagi xabarlar sezilarli darajada kamaydi. Lekin bu holat bizning xotirjam bo'lishimizga asos bo'la olmaydi.

Har yili dekabr' oyi boshidan ko'chalarda, aholi gavjum joylarda bolalar paqildoq o'ynab, insonlarning tinchini buza boshlaydi. Onda-sonda, u er-bu erda bunday ovozlar hali-hanuz eshitilib tursa-da, tarixning achchiq sabog'idan xulosa chiqarishimiz kerak.

Islom dini ta'limotida o'zgalarga aziyat etkazish, ozor berish qattiq qoralanadi. Qur'oni karimda Mo'min va mo'minalarga, ular biror narsa qilmasalar ham, ozor beradiganlar, batahqiq, o'z ustilariga bo'hton va ochiq oydin gunohni olibdilar”, deb marhamat qiladi (Ahzob surasi, 58-oyat).

Demak, birovga ozor berish – katta gunoh. To aziyat chekkan kishi ozor bergan kishini kechirmaguncha Alloh taolo ham uni mag'firat qilmasligi mo''tabar manbalarimizda keltirilgan.

Shu bilan birga, hadisi shariflarda ham o'zgalarga aziyat berish, qo'rqitish, birovning ustidan kulishning oqibati juda yomon ekani ogohlantiriladi.

Abu Laylo Ansoriydan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir g'azotga chiqqanlarida u zotning sahobalaridan biri hazillashib, bir kishining o'qdonini berkitib qo'ydi. Egasi uni izlab, topa olmay, xavfga tushdi. Uning ustidan kula boshlashgan edi, Nabiy sollallohu alayhi va sallam chiqib: “Nimaga kulyapsizlar?” dedilar. Hazillashib, falonchining o'qdonini berkitib qo'ygan edik, qo'rqib ketdi. Shunga kulyapmiz”, deyishdi. U zot: “Musulmonni qo'rqitish musulmonga halol emas”, dedilar».

Boshqa bir hadisda: Musulmon musulmonlar uning tilidan va qo'lidan salomat bo'lgan kishidir”, deb marhamat qiladilar (Muttafaqun alayh).

Bu arzimas ko'ringan ish sababli insonning boshiga turli kulfatlar yog'ilishi, hayoti xavf-xatarda qolishi va hatto halokatga uchrashi ham mumkin. Rabbimiz Kalomullohda:“O'z qo'llaringiz (baxilligingiz) bilan o'zlaringizni halokatga tashlamangiz” deb marhamat qilgan (Baqara surasi, 195-oyat).

Pirotexnika vositalariga sarflanayotgan mablag'ni xayrli ishlarga yo'naltirsak, deylik, kitob sotib olib, mutolaa bilan shug'ullansak, qanday ham yaxshi: bundan juda katta manfaat topamiz, aqlimiz charxlanadi, dunyoqarashimiz kengayadi, bilimizmiz oshadi, natijada ma'rifatli inson bo'lamiz.

Aksincha, pirotexniki vositalarini sotib olib, odamlar gavjum joyda paqillatsak, odamlarning tinchini buzamiz hamda ularga zarar etkazamiz. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko'ra, pirotexnika vositasi paqillashi oqibatida:

– ruhiy buzilish;

– surunkali asab va qon-tomir tizimi kasalliklari;

  • qandli diabet, homilaga ziyon etish kabi zararlar yuzaga chiqadi. Yaqin masofada paqillasa, karlik yoki umrbod quloq shang'illashi (tinnitus) kasalligiga olib kelishi mumkin.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: Zarar berish ham yo'q, zararlanish ham yo'q”,deganlar (Imom Molik rivoyati).

Pirotexnika vositalari savdosi yoki sotib olish bilan shug'ullanib, tinch aholini qo'rqitayotgan, ayrim insonlarning kasal bo'lishiga sabab bo'lish shar'an man etilgan, qonunan mumkin emas.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 1851-moddasiga muvofiq, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O'zbekiston Respublikasiga olib kirish (O'zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o'tkazish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Jinoyat kodeksining 2501-moddasida esa bunday qilmishlar sodir etganlar uchun uning kim tomonidan sodir etilgani va qanday oqibatlarga olib kelganligiga qarab turli jazo choralari, jumladan, sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo'llanishi ko'zda tutilgan.

Shunday ekan, azizlar, farzandlarimizga bu ishning oqibatlarini batafsil tushuntiraylik, ularga paqildoqlar oqibatida qanchalab sog'lom kishilar nogiron bo'lib qolganini misollar orqali ochib beraylik. Shundagina ko'zlangan maqsadga erishamiz, inshoalloh.

 

Elyor ZIYoVUDDINOV,

Yangi hayot tumani “Niyozmat ota” jome masjidi imom noibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh tutgan yo‘l

04.08.2025   2480   1 min.
Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh tutgan yo‘l

#Imom_Moturidiy

يقول أبو المعين النسفي : "والشيخ الإمام أبو منصور الماتريدى رحمه الله كان من أشد الناس اتباعًا لأبي حنيفة فى الأصول والفروع جميعا"

Abul Mo‘iyn Nasafiy rahimahulloh aytadilar: "Usulda ham, furu’da ham, Imom Abu Hanifa yo‘lini tutgan odamlarning eng mahkami Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahullohdir".  

"At-Tamhid li-qavoidit-tavhid" kitobi (23-bet)

Manba: @AhliSunnaValJamoaUz

INFOGRAFIKA