Tokio shahrida Qur'oni karim ma'nolarining yapon tilidagi tarjimasi taqdimoti o'tkazildi.
Tadbirda so'zga chiqqan Turkiya Respublikasi Diyonat ishlari boshqarmasi raisi, doktor Ali Erbosh hazratlari o'tgan asrdan beri musulmon olimlarning Qur'oni karimni olis o'lkalarga etkazish uchun tinimsiz sa'y-harakatlar qilinayotganini ta'kidladi.
Shuningdek, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi hozirgacha Qur'oni karim ma'nolarining 40 ga yaqin tilga tarjima qilinishini nazorat qilayotganini aytildi.
Marosim davomida 2018 yilda Qur'oni karim ma'nolarini yapon tiliga tarjima qilish ishlari boshlangani va ularning nusxalarini imkon qadar ko'proq odamlarga etkazish maqsad qilingani qayd etildi.
Halqaro aloqalar bo'limi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish va takomillashtirishga qaratilgan loyihalar doirasida ishchi guruh rahbarlari bilan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati