Salkam 3 ming yillik tarixga ega qadim va hamisha navqiron Samarqand doimo butun dunyoning e'tiborida bo'lib kelgan. Tarixchilar uni Yer yuzining sayqali deya ta'riflagan bo'lsa, shoirlar u haqda ash'orlar bitishgan. Olimlar o'z asarlarida bu shaharning nomini tilga olib, etti iqlimga mashhur havosi, noniga yuksak baho bergan.
Ana shunday ko'hna Samarqand 14–16 sentyabr' kunlari juda katta tadbirga mezbonlik qilmoqda. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari, hukumat vakilliari, sinchilar, siyosatshunoslar birin-ketin Yer yuzi sayqaliga tashrif buyurishmoqda.
Tashrif arafasida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning «Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o'zaro bog'liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik» sarlavhali maqolasi dunyo matbuotidan muhim o'rin oldi. Ushbu maqola bir nechta chet davlatlarda xorijiy tillarda e'lon qilindi.
Hurmali Yurtboshimiz o'z maqolasida: «ShHT o'z mohiyatiga ko'ra, tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot yo'lida birlashishga, ayirmachilik unsuridan xoli bo'lgan jozibador makonga aylanishi lozim», deya ta'kidladi.
Darhaqiqat, dunyoning 3.5. milliard aholisi yashaydigan davlatlar ushbu tashkilotga a'zo. Demak. Hajon aholisinign yarmi yashaydigan bu tashkilot ham tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot yo'lida birlashishga bel bog'lagan.
Muqaddas dinimizda ham tinchlik yuksak qadrlanadi. Tinchlik – eng bebaho ne'mat. Zero, tinchlik va osoyishtalik barqaror bo'lgan yurtdagina islohotlar kutilgan samarani beradi, odamlar o'z hayotidan rozi bo'lib, kelajagiga ishonib yashaydi. Bugun yurtimizning qaysi hududida bo'lmang, bunyodkorlik ustidan chiqasiz. Bu ham tinchlik ne'matidir.
Alloh taolo Qur'oni karimda bandalariga tinchlik va omonlik ato etuvchi Zot ekanini bayon etib, bunday marhamat qiladi: «U shunday Allohdirki, Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) Podshoh, (barcha ayb-nuqsonlardan) Pok, (bandalariga) tinchlik baxsh etuvchi, Omonlik beruvchi, Kuzatib turuvchi, Qudrat sohibi, Bo'yin sundiruvchi va kibr egasidir. Alloh (mushriklar) keltirayotgan shirkdan pokdir» (Hashr surasi, 23-oyat).
Omonlik va tinchlik Alloh taoloning ulug' ne'mati ekanini har lahza yodimizda saqlashimiz kerak. Chunonchi, bugungi dunyoga teran razm solsak, ayrim hududlarda kuzatilayotgan qonli urushlar, to'qnashuvlar davlatlarning iqtisodini izdan chiqarib, odamlarning sarsonu sargardon o'z yurtlarini tashlab, boshqa joylarga ko'chib ketishiga sabab bo'lmoqda.
Bizku – oddiy bandalar. Hatto payg'ambarlar hm Alloh taolodan tinchlik va ofiyatni so'rashgan. Ibrohim alayhissalom Allohga duo qilar ekan, avvalo, Parvardigordan tinchlikni, so'ngra tavhidni so'ragan. «(Ey Muhammad!) Eslang, Ibrohim aytgan edi: “Ey Rabbim! Bu shaharni (ya'ni Makkani) tinch qilgin, meni va avlodlarimni sanamlarga sig'inishdan yiroq qilgin!» (Ibrohim surasi, 35-oyat).
Yusuf alayhissalom esa ota-onalaridan Misrda tinchlik qaror topgandan so'nggina unga kirishlarini so'radilar: «Bas, (shahar tashqarisida chodirda kutayotgan) Yusufning huzuriga kirganlarida, u ota-onasini o'z bag'riga bosdi va “inshoalloh, Misrga tinch-omon kirgaysiz”, – dedi» (Yusuf surasi, 99-oyat).
Muso alayhissalom qo'rqqan paytlarida, Alloh taolo u zotning qalblariga taskin berib, tinch va xavfu xatardan xoli ekanliklari haqida xabar berdi: «“Asoyingni (erga) tashla!” Bas, qachonki, (Muso) uni ilondek qimirlayotganini ko'rgach, ortiga qaramay qochdi. (Unga deyildi:) “Ey Muso, qayt va qo'rqma! Zero, sen (xavfu xatardan) omonlikdagi kishilardandirsan» (Qasas surasi, 31-oyat).
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Makkani fath etgan kunda uning ahliga rahm-shafqat ko'rsatib, musulmonlar tomonidan ularga tinchlik va omonlik etishini xabar berdilar: “Kim Abu Sufyonning hovlisiga kirsa u omonda, Kimki qurolini tashlasa u omonda, Kim masjidga kirsa u omonda”, – dedilar.
Hudaybiya sulhida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan bir ming besh yuz sahoba bor edi. Makka ahli bilan tinchlik sulhi bitildi. Uning bandida o'n yil urishmaslik, insonlar shu muddat ichida bir birlaridan omonda bo'lishlari qayd etilgan edi. Tinchlik sulhidan keyin juda ko'p insonlar Islom dinini qabul qildilar. Oradan ikki yil o'tib, makkaliklar ahdnomani buzdilar. Makka fathiga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan birga o'n ming sahoba bordi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Hudaybiya sulhida Makka mushriklari tomonidan qo'yilgan barcha injiq talablarni, garchi bu o'zlari va sahobai kiromlarga og'ir botsa ham, qabul qildilar.Chunki bu tinchlik sulhi edi. Bunda Islomning asosiy hadafi (maqsadi) bo'lgan o'n yil urushmaslik bitimi qayd etilgan edi.
Yuqoridagi oyati karimalar va Nabiy alayhissalom davrlarida bo'lgan voqea-hodisalarni kuzatib, barcha ezguliklar, xayrlar tinchlikda ekaniga amin bo'lamiz. O'zi umrimiz sanoqlik yillardan iborat. Shu umrni tinchlik-xotirjamlikda o'tkazishga nima etsin.
Hadisi sharifda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikki ne'mat borki, ko'pchilik insonlar uning qadriga etmaydilar. Ular – sihat-salomatlik va xotirjamlikdir», dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).
Boshqa bir hadisi sharifda: “Kimki o'z uyida tinchlikda, tani sog'lom, bir kunga etadigan taomi bor holda tong ottirsa, unga butun dunyo ne'matlari to'lig'icha berilgandek bo'libdi”, deyilgan (Imom Buxoriy rivoyati).
Shulardan kelib chiqib, O'zbekiston tomon rahbarlik qilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti muhtaram Yurtoshimiz ta'kidlaganidek: “Samarqand ruhi” bundan 20 yil avval mamlakatlarimizning davr talablariga mos, yangi tashkilotni yaratishiga turtki bergan “Shanxay ruhi”ni uyg'un ravishda to'ldirib turadi”.
Bu sammit tashkilotning va tashkilotga a'zo barcha davlatlarning yanada jipslashishiga, yangidan-yangi g'oyalar, tashabbuslar bilan tarixda qolishiga xizmat qiladi, inshoalloh.
Abduqahhor YuNUSOV,
Toshkent shahar bosh imom-xatibi o'rinbosari
Yig‘ilish avvalida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) Bosh kotibi Sulton Rayev Markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov hamrohligida Islom sivilizatsiyasi markazi binosi va majmuaning ikkinchi qavatida joylashgan xalqaro tashkilotlar uchun ajratilgan maxsus joy bilan tanishdi.
Markazda davom etayotgan yig‘ilish doirasida esa TURKSOY va Markaz o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ilmiy kengash a’zolari, ishchi guruh rahbarlari, xalqaro hamkor mutaxassislar va loyihalar ijrochilari ishtirokida o‘tkazilayotgan yig‘ilish doirasida Markaz ekspozitsiyasini boyitish bo‘yicha masalalar muhokama qilinmoqda.
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati