frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ko'hna shahar dunyo afkor ommasi diqqat markazida

16.09.2022   1167   7 min.
Ko'hna shahar dunyo afkor ommasi diqqat markazida

Salkam 3 ming yillik tarixga ega qadim va hamisha navqiron Samarqand doimo butun dunyoning e'tiborida bo'lib kelgan. Tarixchilar uni Yer yuzining sayqali deya ta'riflagan bo'lsa, shoirlar u haqda ash'orlar bitishgan. Olimlar o'z asarlarida bu shaharning nomini tilga olib, etti iqlimga mashhur havosi, noniga yuksak baho bergan.

Ana shunday ko'hna Samarqand 14–16 sentyabr' kunlari juda katta tadbirga mezbonlik qilmoqda. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari, hukumat vakilliari, sinchilar, siyosatshunoslar birin-ketin Yer yuzi sayqaliga tashrif buyurishmoqda.

Tashrif arafasida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning «Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o'zaro bog'liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik» sarlavhali maqolasi dunyo matbuotidan muhim o'rin oldi. Ushbu maqola bir nechta chet davlatlarda xorijiy tillarda e'lon qilindi.

Hurmali Yurtboshimiz o'z maqolasida: «ShHT o'z mohiyatiga ko'ra, tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot yo'lida birlashishga, ayirmachilik unsuridan xoli bo'lgan jozibador makonga aylanishi lozim», deya ta'kidladi.

Darhaqiqat, dunyoning 3.5. milliard aholisi yashaydigan davlatlar ushbu tashkilotga a'zo. Demak. Hajon aholisinign yarmi yashaydigan bu tashkilot ham tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot yo'lida birlashishga bel bog'lagan.

Muqaddas dinimizda ham tinchlik yuksak qadrlanadi. Tinchlik – eng bebaho ne'mat. Zero, tinchlik va osoyishtalik barqaror bo'lgan yurtdagina islohotlar kutilgan samarani beradi, odamlar o'z hayotidan rozi bo'lib, kelajagiga ishonib yashaydi. Bugun yurtimizning qaysi hududida bo'lmang, bunyodkorlik ustidan chiqasiz. Bu ham tinchlik ne'matidir.

Alloh taolo Qur'oni karimda bandalariga tinchlik va omonlik ato etuvchi Zot ekanini bayon etib, bunday marhamat qiladi: «U shunday Allohdirki, Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) Podshoh, (barcha ayb-nuqsonlardan) Pok, (bandalariga) tinchlik baxsh etuvchi, Omonlik beruvchi, Kuzatib turuvchi, Qudrat sohibi, Bo'yin sundiruvchi va kibr egasidir. Alloh (mushriklar) keltirayotgan shirkdan pokdir» (Hashr surasi, 23-oyat).

Omonlik va tinchlik Alloh taoloning ulug' ne'mati ekanini har lahza yodimizda saqlashimiz kerak. Chunonchi, bugungi dunyoga teran razm solsak, ayrim hududlarda kuzatilayotgan qonli urushlar, to'qnashuvlar davlatlarning iqtisodini izdan chiqarib, odamlarning sarsonu sargardon o'z yurtlarini tashlab, boshqa joylarga ko'chib ketishiga sabab bo'lmoqda.

Bizku – oddiy bandalar. Hatto payg'ambarlar hm Alloh taolodan tinchlik va ofiyatni so'rashgan. Ibrohim alayhissalom Allohga duo qilar ekan, avvalo, Parvardigordan tinchlikni, so'ngra tavhidni so'ragan. «(Ey Muhammad!) Eslang, Ibrohim aytgan edi: “Ey Rabbim! Bu shaharni (ya'ni Makkani) tinch qilgin, meni va avlodlarimni sanamlarga sig'inishdan yiroq qilgin!» (Ibrohim surasi, 35-oyat).

Yusuf alayhissalom esa ota-onalaridan Misrda tinchlik qaror topgandan so'nggina unga kirishlarini so'radilar: «Bas, (shahar tashqarisida chodirda kutayotgan) Yusufning huzuriga kirganlarida, u ota-onasini o'z bag'riga bosdi va “inshoalloh, Misrga tinch-omon kirgaysiz”, – dedi» (Yusuf surasi, 99-oyat).

Muso alayhissalom qo'rqqan paytlarida, Alloh taolo u zotning qalblariga taskin berib, tinch va xavfu xatardan xoli ekanliklari haqida xabar berdi: «“Asoyingni (erga) tashla!” Bas, qachonki, (Muso) uni ilondek qimirlayotganini ko'rgach, ortiga qaramay qochdi. (Unga deyildi:) “Ey Muso, qayt va qo'rqma! Zero, sen (xavfu xatardan) omonlikdagi kishilardandirsan» (Qasas surasi, 31-oyat).

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Makkani fath etgan kunda uning ahliga rahm-shafqat ko'rsatib, musulmonlar tomonidan ularga tinchlik va omonlik etishini xabar berdilar: “Kim Abu Sufyonning hovlisiga kirsa u omonda, Kimki qurolini tashlasa u omonda, Kim masjidga kirsa u omonda”, – dedilar.

Hudaybiya sulhida  Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan bir ming besh yuz sahoba bor edi. Makka ahli bilan tinchlik sulhi bitildi.  Uning bandida o'n yil urishmaslik, insonlar shu muddat ichida bir birlaridan omonda bo'lishlari qayd etilgan edi. Tinchlik sulhidan keyin juda ko'p insonlar Islom dinini qabul qildilar. Oradan ikki yil o'tib, makkaliklar ahdnomani buzdilar. Makka fathiga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan birga o'n ming sahoba bordi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Hudaybiya sulhida Makka mushriklari tomonidan qo'yilgan barcha injiq talablarni, garchi bu o'zlari va sahobai kiromlarga og'ir botsa ham, qabul qildilar.Chunki bu tinchlik sulhi edi. Bunda Islomning asosiy hadafi (maqsadi) bo'lgan o'n yil urushmaslik bitimi qayd etilgan edi.

Yuqoridagi oyati karimalar va Nabiy alayhissalom davrlarida bo'lgan voqea-hodisalarni kuzatib, barcha ezguliklar, xayrlar tinchlikda ekaniga amin bo'lamiz. O'zi umrimiz sanoqlik yillardan iborat. Shu umrni tinchlik-xotirjamlikda o'tkazishga nima etsin.

Hadisi sharifda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikki ne'mat borki, ko'pchilik insonlar uning qadriga etmaydilar. Ular – sihat-salomatlik va xotirjamlikdir», dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Boshqa bir hadisi sharifda: “Kimki o'z uyida tinchlikda, tani sog'lom, bir kunga etadigan taomi bor holda tong ottirsa, unga butun dunyo ne'matlari to'lig'icha berilgandek bo'libdi”, deyilgan (Imom Buxoriy rivoyati).

Shulardan kelib chiqib, O'zbekiston tomon rahbarlik qilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti muhtaram Yurtoshimiz ta'kidlaganidek: “Samarqand ruhi” bundan 20 yil avval mamlakatlarimizning davr talablariga mos, yangi tashkilotni yaratishiga turtki bergan “Shanxay ruhi”ni uyg'un ravishda to'ldirib turadi”.

Bu sammit tashkilotning va tashkilotga a'zo barcha davlatlarning yanada jipslashishiga, yangidan-yangi g'oyalar, tashabbuslar bilan tarixda qolishiga xizmat qiladi, inshoalloh.

Abduqahhor YuNUSOV,

Toshkent shahar bosh imom-xatibi o'rinbosari

Boshqa maqolalar

Luqmoni Hakimning hikmatli so‘zlaridan

27.06.2025   6064   3 min.
Luqmoni Hakimning hikmatli so‘zlaridan

1. Allohga taqvo qilishni tijorat deb bil, shunda u senga molsiz foyda keltiradi.

2. O‘zingni senga muhtoj bo‘lmagan, lekin sen unga muhtoj bo‘lgan kishining o‘rniga qo‘y.

3. Xarsang toshlarni joyidan ko‘chirish, ongsiz odamga anglatishdan osonroqdir.

4. Jannatni talab qilishda oliy himmatli bo‘l.

5. Allohdan shunday umid qilki, u bilan Uning makridan omonda bo‘lma va Allohdan shunday qo‘rqki, u bilan Uning rahmatidan umidsiz bo‘lma.

6. Men hech qachon sukutdan afsuslanmadim. Agar gap kumush bo‘lsa, sukut — oltin.

7. Hikmat kambag‘allarni podsholarning majlislarida o‘tkazgan.

8. “Yo Robbim, meni mag‘firat qil” — deb ko‘p takrorla, zero Allohning bir soati borki, u vaqtda so‘rovchi rad etilmaydi.

9. Kim yolg‘on gapirsa, yuzining suvini (obro‘yi) ketadi, kimning xulqi yomon bo‘lsa, g‘am-tashvishi ko‘payadi.

10. Allohdan qo‘rq, lekin qalbing fojir bo‘laturib, odamlar seni hurmat qilishlari uchun o‘zingni ularga Allohdan qo‘rqadigan qilib ko‘rsatma.

11. Amal faqat yaqiniy ishonch (e’tiqod) bilangina mukammal bo‘ladi, kimning e’tiqodi zaif bo‘lsa, amali ham zaif bo‘ladi.

12. Yolg‘on gapirishdan ehtiyot bo‘l, zero u pishirilgan chumchuq go‘shti kabi ishtahalidir, lekin ko‘p o‘tmay  egasini ichini yondiradi.

13. Majlisni ko‘zing bilan ko‘rib tanla, agar Alloh zikr qilinadigan majlis bo‘lsa, u yerda o‘tir. Agar olim bo‘lsang, ilming naf beradi, agar johil bo‘lsang, senga o‘rgatishadi, agar Alloh u majlisga rahmatini nozil qilsa, sen ham shu rahmatdan bahramand bo‘lasan.

14. Qarzdorlikdan ehtiyot bo‘l, chunki u kunduzi xorlik va tunda g‘amdir.

15. To‘qlik ustiga ovqat yemagin —  chunki unday taomni yegandan ko‘ra itga tashlagan yaxshiroq.

16. Agar shayton senga shubha va gumon orqali kelsa, uni yaqiniy ishonch va nasihat bilan yeng, agar u tanballik va zerikish tomonidan kelsa, qabr va qiyomatni eslab yeng, agar u xohish va qo‘rquv tomonidan kelsa, unga dunyo tark etiladigan va qoldiriladigan narsadir, deb ayt.

17. Tilingdan chiqqan gaplarga ehtiyot bo‘l, sukut qilgan kishi omonda bo‘ladi, faqat foydasi bor gaplarni gapir.

18. Yuzingni niqoblashdan (ya’ni shubhali qiyofadan) saqlan — chunki, u kechasi odamlarni qo‘rqitadi, kunduzi esa xo‘rlik keltiradi.

19. Men tosh, temir va og‘ir yuklarni ko‘tardim, ammo yomon qo‘shnidan og‘irroq narsani ko‘rmadim.

 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV