Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Fevral, 2025   |   15 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:19
Peshin
12:42
Asr
16:13
Shom
17:59
Xufton
19:12
Bismillah
14 Fevral, 2025, 15 Sha`bon, 1446

Qoraqalpog'istonlik diniy soha xodimlari va nuroniylar nukus shahriga sayohat qildi

4.09.2022   1224   4 min.
Qoraqalpog'istonlik diniy soha xodimlari va nuroniylar nukus shahriga sayohat qildi

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yillik bayramini ko'tarinki ruxda o'tkazish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti tashabbusi bilan respublikadagi barcha masjid xodimlari va nuroniylar ishtirokida Nukus shahriga sayohat tashkil etildi. Mazkur sayohatda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Boshlig'ining o'rinbosari R. Saparbayev va Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti qozisi Sh. Bauatdinovlar ham qatnashdi. Sayohat davomida R. Saparbayev yurtimizda katta o'zgarishlar amalga oshirilayotgani, diniy sohada ham ko'plab yutuqlarga erishilayotgani va bularning hammasi inson manfaatlari uchun bo'layotganini ta'kidladi.
Shuningdek, tadbir davomida Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti Sh. Bauatdinov ham so'z olib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasiga qilgan tashrifida xalqning turmush tarzini yaxshilash maqsadida bir qancha engilliklar va imkoniyatlar berilganini qayd etib o'tdi. Hususan, paxta va g'alla maydonlarini qisqartirib, har bir oilaga 2 gektardan er ajratish, yo'llarni tuzatish, elektr, gaz va suvlar ta'minotin yaxshilash, 2022 yil 15 sentyabr'dan e'tiboran Qoraqalpog'iston Respublikasi va Horazm viloyatida yashovchi yoshiga aloqador nafaqaxo'rlar, nogironligi bo'lgan fuqarolar uchun temir yo'l va avia chiptalarni sotish 50 foizlik engillikli tariflar bo'yicha amalga oshirilishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko'mir, suyultirilgan gaz, oziq-ovqat va boshqada zaruratlar uchun 600 ming so'mdan bir martalik yordam pulining ajratilishi va boshqa bir qator engilliklar taqdim etilgan. Albatta, bunday imkoniyatlarni qadriga har bir kishi, ayniqsa yoshlar etishi kerakligi haqida ham aytib o'tildi.
Sayyohlar og'ir hududdan chiqarilgan «Amudaryo, Jaңa bazar va Chimboy guzori» makon fuqarolari yig'inlaridagi amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, jumladan, sport maydonchalari, bolalar o'y maydonchalari, asfal'tlangan yo'llar, yangidan tartilgan ichimlik suv ta'minoti, kutubxona va u erdagi aholining turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi. Sayohat davomida ishtirokchilar «Chimboy guzori» makon fuqarolari yig'inida o'z ishini boshlagan tikuvchilik fabrikasida ham bo'lishdi.
Sayohat ishtirokchilari bunday tadbirni tashkil qilganlarga o'zlarining minnadorchiligini bildirdi va yurtimizning tinchligi va farovonligini tilab duolar qildi.

Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Muloyimlik – ilmning otasi...

11.02.2025   4060   1 min.
Muloyimlik – ilmning otasi...

#kun_hikmati 

Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytadilar:
“Hilm – ilmning vaziri. Muloyimlik – ilmning otasi. Tavoze’ esa ilmning libosidir”.

– Hilm – qiyinchiliklarga sabrli va matonatli bo‘lib, g‘azabni ichga yutish, odamlar bilan muomalada yumshoq bo‘lishdir. Buning aksi – g‘azab, jizzakilik va serjahllikdir.

– Muloyimlik – yumshoqlik, og‘ir-bosiqlik bilan muomala qilish. Uning aksi – dag‘allik, qo‘pollik, bag‘ritoshlik, qo‘rslikdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, Alloh muloyimdir va muloyimlikni yaxshi ko‘radir”, deganlar.

– Tavoze’ – o‘zini katta tutmaslik. Buning aksi – takabburlik, o‘zini katta sanash, g‘ururlanish.

#hilm #ilm #muloyimlik

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ibratli hikoyalar