Prezident Shavkat Mirziyoev 2 sentyabr' kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimizni xotirlash marosimida qatnashdi.
Hotira tadbirida Islom Karimovning xalqimiz manfaati yo'lidagi xizmatlari yodga olinib, Qur'on tilovat qilindi.
Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham o'tkazildi.
#kun_hikmati
Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytadilar:
“Hilm – ilmning vaziri. Muloyimlik – ilmning otasi. Tavoze’ esa ilmning libosidir”.
– Hilm – qiyinchiliklarga sabrli va matonatli bo‘lib, g‘azabni ichga yutish, odamlar bilan muomalada yumshoq bo‘lishdir. Buning aksi – g‘azab, jizzakilik va serjahllikdir.
– Muloyimlik – yumshoqlik, og‘ir-bosiqlik bilan muomala qilish. Uning aksi – dag‘allik, qo‘pollik, bag‘ritoshlik, qo‘rslikdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, Alloh muloyimdir va muloyimlikni yaxshi ko‘radir”, deganlar.
– Tavoze’ – o‘zini katta tutmaslik. Buning aksi – takabburlik, o‘zini katta sanash, g‘ururlanish.
#hilm #ilm #muloyimlik
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati