Ayni kunda yurtimizning barcha go'shalarida Mustaqilligimizning 31 yilligi keng nishonlanib, "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida turli tadbirlar, taqdirlovlar bo'lib o'tmoqda. Ana shunday xursandchilik Navoiy viloyati hokimiyati tomonidan tashkil etildi.
Unda bayram munosabati bilan viloyatda ijtimoiy ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, oilaviy ajrimlar va shu kabi salbiy holatlarni oldini olish hamda ko'plab targ'ibot ishlarida faol qatnashgan, xalq mehrini qozongan besh nafar imom-xatiblar e'tirof etilib taqdirlandilar. Ularga hokimlik tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#xabar #elon #modul #magistratura
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi 2025-2026 o‘quv yili uchun Toshkent islom instituti magistratura bosqichi va modul ta’lim tizimiga talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish sanalarini ma’lum qiladi:
Modul ta’lim tizimiga 2025 yil 1 iyuldan 20 iyulgacha;
Magistratura bosqichiga 2025 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha.
Xorijiy davlatlardagi oliy diniy ta’lim muassasalarini tamomlagan va mamlakatimizda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan diplomga ega bo‘lgan abituriyentlar (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari) ham hujjat topshirishlari mumkin.
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining magistratura bosqichiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar Qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
oliy diniy ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi).
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti Modul ta’lim tizimiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar Qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi asl nusxada;
3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);
ish joyi bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilidan tavsiyanoma;
mehnat daftarchasi nusxasi (tasdiqlangan holda).
Eslatib o‘tamiz: Modul ta’lim tizimiga o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarini tamomlagan hamda to‘rt yil va undan ortiq muddat davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom noiblari tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi.
2025-2026 o‘quv yili qabul jarayonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz (https://t.me/qabulmuslimuz) telegram sahifasida kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
MUSLIM.UZ GA OBUNA BO'LING (https://t.me/+PSOPDevNs2Va-wt7) VA ULASHING (https://telegram.me/share/url?url=https://t.me/muslimuzportal)
YouTube (https://www.youtube.com/@Muslimuzz/featured) | Instagram (https://www.instagram.com/muslimuzportali/) | Facebook (https://www.facebook.com/muslimuzportal)