Turkiya poytaxti Anqara shahridagi Yesertepe masjidi qurilish boshlanganidan 11 yil o'tib nihoyat ochilish arafasida. Uning arxitekturasi o'ziga xos bo'lib, 6 qavatdan iborat va u turar-joy binosiga biriktirilgandek bunyod etilgan. Bu haqda islam.ru ma'lum qilgan.
Usmonlilar davri masjidlarining eng yaxshi namunalari joylashgan bir mamlakatda, olti qavatli masjid o'zining g'alati arxitekturasi bilan tanqidga uchradi, dizaynerlar esa qurilgan landshaftning tabiati tufayli uni zarurat sifatida himoya qildilar.
“Tashqi ko'rinishiga ko'ra masjidga o'xshamasa-da, ammo hozir masjidimiz hududimiz uchun eng yaxshi diqqatga sazovor maskanga aylandi”, dedi mahalliy aholi vakili Adnan Ardich Ihlas axborot agentligiga (IHA).
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 16 may kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Tayloq tumanidagi “O‘rta” masjidga bordi. Domla juma namozidan oldin “Kamtarga kamol, manmanga zavol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ma’ruza qildi.
Ma’ruzada insonning ichki kamolotga erishishida kamtarlikning naqadar muhim ekani, manmanlik va kibr kabi xulqlarning inson va jamiyat uchun keltirishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Islom axloq-odobining oliy qoidalari, nafsni tarbiyalash, jamiyatda o‘zaro hurmat va insofni qaror toptirish kabi mavzular keng yoritildi.
Juma namozini o‘qish asnosida yurt tinchligi, el-yurt farovonligini so‘rab duo qildilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati