Saudiya Arabistoni hukumati 2024 yilgi haj ziyoratiga tayyorgarlik ko'rish bilan bir qatorda haj mavsumida musulmon ziyoratchilarni joylashtirish uchun Makka shahrida 166 ta binoga litsenziya berdi.
Haj uy-joy qo'mitasi keyingi oygacha binolar uchun ko'proq arizalarni qabul qiladi. Binolarni ro'yxatga olish jarayoni besh mingtadan oshib ketishi kutilmoqda.
Shuningdek, qo'mita har bir bino egasidan ularning konstruktsiyalarini muhandislik idoralari tomonidan tasdiqlanishini va binoning talabga javob berishiga ishonch hosil qilishini so'radi.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilda 2 millionga yaqin ziyoratchi haj ibodatini ado etgan bo'lsa, bu yil bundan ham ko'proq ziyoratchilar tashrif buyurishi taxmin qilinmoqda.
Pandemiyadan keyin vaziyat barqarorlashgani sababli Saudiya Arabistoni haj mavsumi uchun yangi qoidalarni oshkor qildi.
Saudiya Arabistonining haj vaziri Tavfiq Al-Rabiahning so'zlariga ko'ra, mamlakatlar uchun joylar birinchi kelganlar uchun band qilinadi. Shartnomani muddatidan avval tugatgan mamlakat eng yaxshi joylarni tanlashda ustunlikka ega bo'ladi.
Rasmiylar yuqori sifatli xizmatlar va muammosiz jarayonni ta'minlash uchun mamlakatlarga 2024 yilgi hajga tayyorgarlikni boshlashni taklif qildi.
Shuni ham ta'kidlash joizki, haj ibodatiga vizalar berish 2024 yilning 1 martidan boshlanib, shu yilning 29 aprel' kuni tugaydi. 2024 yilda hajga tayyorgarlik ancha osonlashadi. Onlayn ariza berish tizimi yo'lga qo'yiladi. Bu esa o'z navbatida ziyoratchilarga kerakli ma'lumotlarni yuklash va o'zlariga qulay vaqtda Hajga ro'yxatdan o'tish imkonini beradi.
Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.