Buyuk Britaniyadagi islomiy xayriya tashkiloti NHS ta'minotini ko'paytirish va butun dunyo bo'ylab 150 000 kishining hayotini saqlab qolish uchun bir kun ichida eng ko'p qon topshirish bo'yicha yangi jahon rekordini o'rnatishga harakat qilmoqda.
islam.ru nashriga ko'ra, bu tadbir shu kunlarda GlobalBloodHeroes Day Who Is Hussain musulmon ijtimoiy adolat xayriya tashkiloti tomonidan o'tkazilishi rejalashtirilgan.
23 mamlakatdagi 350 tibbiyot markazida olib borilayotgan kampaniya olti qit'ada 50 ming donorni birlashtirishga harakat qilmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ajoyib zarbulmasal, sen uni doim ko‘z o‘ngingga qo‘y!
Bir kuni chumoli Allohning Baytini haj qilish uchun yo‘lga tushibdi. Unga: “Sen bir chumoli bo‘lsang, hajga qanday bormoqchisan? Yetib bora olmasdan o‘lib ketishing aniqku”, deyishdi. Chumoli: “U holda shu yo‘lda o‘lgan bo‘laman”, dedi.
Sen ham ojizlik qilsangda, osiylik qilsangda, Allohning yo‘lida ushbu chumoli kabi bo‘l!
Istig‘for ayt va Robbingga qayt. Qur’on bilan birga bo‘l va uni tashlab qo‘yma!