Bugun, 26 dekabr' kuni Farg'ona viloyati vakilligida tadbir bo'lib o'tdi. Unda viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev boshchiligida bir guruh ulamo va ahli ilmlar hamda soha xodimlari jam bo'lishdi.
Tadbirda joriy yil davomida ahli ilmlar tomonidan amalga oshirilgan xayrli ishlar zikr qilinib, kelgusida bundanda katta yutuqlarga erishish, muqaddas dinimiz sofligini asrash yo'lida yanada g'ayratli bo'lish zarurligi qayd etildi.
Tadbirda qatnashgan viloyat hokimi o'rinbosari B.Kuldashev imom-xatiblarga tashakkur bildirib, doimo faol bo'lishga chaqirdi.
Shuningdek, tadbirda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini yanada mustahkamlash, sof Islom ma'rifati, xususan, Hanafiylik mazhabi va Moturudiylik ta'limoti asosida kelajak avlodni tarbiyalash, dinimizga yot bo'lgan soxta aqidalar va radikallashuvni oldini olishda samarali faoliyat olib borgan bir guruh ahli ilmlar taqdirlandilar.






Farg'ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati
Ozarbayjon safari davomida Turkiy davlatlar muftiylari va anjuman ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Ag‘dam, Shusha singari shaharlardagi muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi. Xususan, Boku shahridagi Sayyid Yahyo Bakuviy ziyoratgohi va "Shahidlar xiyoboni"da bo‘ldilar.
Tashkilotchilar iltimosiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ag‘dam shahridagi tarixiy “Juma” masjidida turli davlatlardan kelgan muftiylar, ulamolar va martabali mehmonlarga peshin namozida imomlik qilib berdilar.
Ziyoratlar asnosida ulamolar tomonidan Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, qardosh ellar tinchligi, barqarorligi va birdamligini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati