Tataristonning Yelabuga tumanida istiqomat qiluvchi pensioner Marsel Sarvarov Naberejniye Chelni shahridagi masjid qurilishi uchun yarim million rubl xayriya qildi. Bu haqda islam.ru avtoshahar axborot siyosati va jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi boshlig'i Rimma Muxametzyanovaning Telegram-kanaliga ta'nib ma'lum qildi.
AiF gazetasining yozishicha, nafaqaxo'r Marsel Sarvarov avtoshaharga kelib, masjid qayerdaligini so'ragan, uni topganidan so'ng yaxshilab ko'zdan kechirib, masjidga moddiy yordam berishga va'da bergan.
Kechga yaqin esa masjid fondiga yarim million pul kelib tushgan.
Umuman olganda, masjid qurilishi fondi 17 million rubldan ortiq mablag' bilan to'ldirildi. Mablag'larni Chelni aholisi va shahar mehmonlari xayriya qilmoqdalar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Madinai munavvara shahridagi «Zamzam Pullman» mehmonxonasida bo‘lib turgan ziyoratchilar bilan suhbatlashdilar. Yurtdoshlarimizdan sog‘liklari, kayfiyatlari, ibodatlarini qanday ado etayotganlari, mehmonxonadagi sharoitlar haqida fikr-mulohazalarini so‘radilar.
Bo‘lajak hojilar ziyorat va ibodatlarni bekamu ko‘st ado etishlari uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlardan nihoyatda mamnunligini bildirishdi. Ayniqsa, mehmonxona Harami sharifga juda yaqinligi yoshi ulug‘ kishilar uchun ham qulay bo‘layotgani, besh mahal namozni Masjidi Nabaviyda ado etishning shukuhi haqida so‘zladilar. Malakali imom-xatiblardan tashkil topgan ellikboshilar, ishchi guruhi, shifokorlar tunu-kun shay turishganini alohida e’tirof etishdi.
Muqaddas zaminda toat-ibodatlarini xotirjam bajarayotgan ziyoratchilar yaqinlari, oila a’zolari qatorida tez-tez el-yurtimiz, davlatimiz rahbari va boshqa mutasaddilar haqlariga duolar qilib, ofiyat va farovonligimiz bardavomligini Allohdan so‘rashmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati